Teng ta'sir etuvchi kuch va kuchning tashkil etuvchilari. Jismning faqat bitta kuch ta'siri ostidagi harakati kamdankam uchraydi. Ko'p hollarda jismga bir vaqtning o'zida bir nechta kuch ta'sir qiladi. Bu kuchlarni o'zining ta'sir natijasi bilan o'sha kuchlarga teng kuchli bo'lgan bitta kuch bilan almashtirish mumkin. Bu bitta kuchga shu kuchlarning teng ta'sir etuvchisi deyiladi.
Teng ta'sir etuvchi kuch bilan almashtirilgan kuchlar uning tashkil etuvchilari deyiladi.
Berilgan tashkil etuvchi kuchlarga muvofiq teng ta'sir etuvchini topish kuchlarni qo'shish deyiladi. Kuch vektor kattalik bo'lganligi sababli kuchlarni qo'shish ham vektorlarni qo'shish kabi bajariladi. Kuchlar ta'sirining mustaqillik prinsipi. Agar moddiy nuqtaga bir paytda bir nechta kuch ta 'sir etayotgan bo 'Isa, unda har bir kuch go 'yoki boshqa kuch moddiy nuqtaga ta 'sir etmaganidek, Nyutonning ikkinchi qonuniga muvofiq tezlanish beradi. Bu qoidaga kuchlar ta 'sirining mustaqillik prinsipi deyiladi. TARQATMA SAVOLLAR 1. Jism oladigan tezlanish massaga va kuchga bog'liqmi?
2. Nyutonning ikkinchi qonuni nimaga asoslangan?
3. «Harakat miqdori» tushunchasini kiritish nima uchun kerak?
4. Harakat miqdori va uning yo'nalishi.
5. Kuch impulsi nima?
6. Kuchlar ta'sirining mustaqillik prinsipi nimaga asoslangan?
7. Kuchlarning teng ta'sir etuvchisi.
8. Kuchning va impulsning SI dagi birliklari.
9. Markazga intilma kuch.
10. Markazga intilma kuchga misollar keltiring.
11. Markazdan qochma kuch.
MAVZU: Grаvitаtsiya mаydоni vа butun оlаm tоrtishish qоnuni REJA: 1.Grаvitаtsiya mаydоni vа butun оlаm tоrtishish qоnuni.
2.Birinchi vа ikkinchi kоsmik tеzliklаr.
3.Jismning bir nеchа kuchlаr tа’siridаgi hаrаkаti.
4.Kuchni tаshkil etuvchilаrgа аjrаtish vа burchаk оstidа tа’sir etuvchi kuchlаrni qo’shish.
5.Jismning muvоzаnаt shаrti.
YAKKA SAVOLLAR 1. Jism oladigan tezlanish massaga va kuchga bog'liqmi?
2. Nyutonning ikkinchi qonuni nimaga asoslangan?
3. «Harakat miqdori» tushunchasini kiritish nima uchun kerak?
4. Harakat miqdori va uning yo'nalishi.
5. Kuch impulsi nima?
6. Kuchlar ta'sirining mustaqillik prinsipi nimaga asoslangan?
7. Kuchlarning teng ta'sir etuvchisi.