Reaktiv harakat. Impulsning saqlanish qonuni ko'plab texnik masalalarni yechishga imkon beradi. Bunga eng yaxshi misol reaktiv harakatdir. Mr massali raketa uchish maydonchasiga keltirib qo'yilgan. Raketa tinch holatda, ya'ni vx = 0. Demak, impulsi ham nolga teng. Endi yonish bo'lmasidagi yonilg'i yoqiladi. Yonish bo'lmasida yuqori bosimgacha qizigan gaz oqimi raketa soplosidan D, tezlik bilan otilib chiqadi. Natijada raketa vr tezlik bilan harakatlana boshlaydi. Raketa soplosidan otilib chiqadigan gaz massasi m raketa massasi Mdan juda kichik (m « M), harakat boshlangandan keyin ham raketaning massasi o'zgarmay qolaveradi, deb hisoblaylik .
Endi raketa — gaz — yonilg'i yopiq sistemasi uchun impulsning saqlanish qonunini yozamiz va bunda, yonish bo'lmasidagi yonilg'i yonguncha sistema impulsi nolga tengligini e'tiborga olamiz.
Mvr + mv1 = 0.
Bundan Mvr = -mv{ yoki raketa tezligining moduli uchun |vr|=m\M v1
ifodani hosil qilamiz.
Yopiq sistemada jismlarning bir qismi tezlik bilan ajralganda ikkinchi qismiga qarama-qarshi yo'nalishda tezlik berilishiga asoslangan harakatga reaktiv harakat deyiladi.
Energiya, ish va quvvat
Mazmuni: energiya; mexanik ish; quvvat; ish va quvvat birliklari.
Energiya. Energiya — turn'shakldagi harakatlar va o'zaro ta'sirlaraing universal o'lchovidir (u yunoncha energeia — ta'sir so'zidan olingan). Materiya harakatining shakliga qarab, energiya ham turlicha bo'ladi. Masalan, mexanik, issiqlik, elektromagnit, yadro energiyalari va hokazolar. O'zaro ta'sir natijasida bir turdagi energiya boshqasiga aylanadi. Lekin bu jarayonlarning barchasida, birinchi jismdan ik-kinchisiga berilgan energiya (qanday shaklda bo'lishidan qat'iy nazar) ikkinchi jism birinchisidan olgan energiyaga teng bo'ladi.
Nyutonning ikkinchi qonunidan ma'lumki, jismning mexanik harakatini o'zgartirish uchun unga boshqa jismlar tomonidan ta'sir bo'lmog'i kerak. Boshqacha aytganda, bu jismlar o'rtasida energiyalar almashuvi ro'y beradi. Mexanikada ana shunday ener- giya almashuvini tavsiflash uchun mexanik ish tushunchasi kiritilgan va u fizikada A harfi bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |