O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus


Garmonik tebranishlar va ularning xarakteristikalari. Prujinali va matematik mayatniklar



Yüklə 472 Kb.
səhifə28/61
tarix12.12.2022
ölçüsü472 Kb.
#74159
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61
O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Garmonik tebranishlar va ularning xarakteristikalari. Prujinali va matematik mayatniklar
Mazmuni:garmoniktebranishlar;garmonik tebranishlar tenglamasi; garmonik tebranishlar davri va chastotasi, prujinali mayatnik, matematik mayatnik.
Garmonik tebranishlar. Garmonik tebranish deb, fizik kattalikning vaqt o'tishi bilan kosinus (sinus) qonuniga muvofiq ro'y beradi­gan tebranma harakatiga aytiladi.
Garmonik tebranishlar eng sodda tebranishlar hisoblanadi va quyidagi ikki sababga ko'ra ular batafsil o'rganiladi: birinchidan, tabiatda va texnikada uchraydigan tebranishlarning aksariyati garmonik tebranishga yaqindir; ikkinchidan, turli murakkab tebranishlami ham garmonik tebranishlarning yig'indisi sifatida qarash mumkin.
Garmonik tebranish tenglamasi. S kattalikning garmonik tarzda o'zgarishi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
S=A cos(ω0t+φ)
Bu yerda: A — tebranish amplitudasi; ω0 — siklik chastota; φ-tebranishning boshlang'ich fazasi; (ω0t+φ) — tebranish fazasi deyilib, tebranuvchi nuqtaning muvozanat vaziyatidan chetlanishl burchagi bilan xarakterlanadi. Kosinus + 1 dan - 1 gacha qiymatlarni qabul qilgani uchun 5 kattalik + A dan — A gacha qiymatlarni qabul qiladi.
Tebranuvchi nuqtaning tezligi tezlanishi ko'rinishida yozish mumkin. Unga garmonik harakatning differential tenglamasi deyiladi.
T kattalik tebranish davri
v tebranish chastotasi deyiladi.
Chastotaning SI dagi birligi — gers (Hz). U nemis fizigi G.Gers sharafiga shunday nomlangan. 1 Hz chastota deb, 1 sekundda 1 marta tola takrorlanadigan davriy jarayonning chastotasiga aytiladi.
Garmonik tebranma harakat qilayotgan nuqtaning to'la mexanik energiyasi uning kinetik va potensial energiyalarining yig'indisiga teng I va o'zgarmas kattalik
Endi garmonik tebranma harakat qilayotgan ba'zi qurilmalar bilan tanishaylik.Ularning eng soddalari prujinali va matematik mayatniklardir.

Yüklə 472 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin