O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus



Yüklə 472 Kb.
səhifə31/61
tarix12.12.2022
ölçüsü472 Kb.
#74159
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61
O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Tovush to'lqinlari
M a z m u n i: tovush to'lqinlarining xarakteristikalari; tovushning tezligi; tovushning intensivligi; tovushning qattiqligi va boshqa xarakteristikalari; tovush to'lqinlari uchun Dopier effekti; ultratovushlar.
Tovush to'lqinlari. To'lqinlar odam qulog'iga yetib borganda quloq pardasini majburiy tebrantiradi va odam tovushni eshitadi. Odamda tovush sezgisini uyg'otuvchi chastotasi 16 — 20.000 Hz oralig'ida bo'lgan elastik to'lqinlarga tovush to 'lqinlari deyiladi.
v < 16 Hz va > 20.000 Hz chastotali to'lqinlar insonning eshitish organlari tomonidan qabul qilinmaydi. v< 16 Hz chastotali to'lqinlarga inf ratovush va v > 200000 Hz chastotali to'lqinlarga ultratovush to 'lqinlari deyiladi. Bundan tashqari, tovush to'lqinlarining quvvati odamda sezgi uyg'otish uchun yetarli bo'lishi kerak. Tovush to'lqinlari ham barcha to'lqinlar kabi muhitda tarqaladil va bo'shliqda tarqala olmaydi. Shuning uchun ham vakuumdan tovush uzatilmaydi.
Tovush to'lqinlari qanday to'lqinlar? Gazlarda va suyuqliklarda tovush to'lqinlari faqatgina bo'ylanma bo'lishi mumkin. Chunki bu muhitlar faqatgina siqilish (cho'zilish) deformatsiyasiga nisbatangina elastiklik qobiliyatiga ega. Qattiq jismlar esa ham siqilish (cho'zilish), ham siljish deformatsiyalariga nisbatan elastik bo'lganliklari uchun ularda tovush to'lqinlari ham bo'ylanma, ham ko'ndalang bo'lishi mumkin.
Tovushning tezligi. Bahorda avval chaqmoq chaqnashini, keyin esa momaqaldiroq tovushini eshitamiz. Bu hodisa tovushning tezligi yorug'likning tezligidan juda kichik ekanini ko'rsatadi.
Tovushning T= 273 К da havodagi tezligi v = 331 m/s ga teng. To'lqinlarning tarqalish tezligi muhitga va haroratga bog'liq. Bu xususiyat tovushning tarqalish tezligiga ham xosdir. Masalan, tovushning suvdagi tarqalish tezligi
ν =1450 m/s, po'latda esa vρ — 5000 m/s.
Tovushning intensivligi (tovushning kuchi). Tovushning intensivligi deb, tovush to'Iqinlarining tarqalish yo'nalishiga perpendikular bo'Igan birlik yuzadan birlik vaqtda olib о 'tiladigan energiyasi bilan aniqlanadigan kattalikka aytiladi.
To'lqin energiyasi to'lqin amplitudasi va chastotasining kvadratlariga to'g'ri proporsional. Shuning uchun ham to'lqin intensivligi to'lqin amplitudasi, chastotalarining kvadratiga to'g'ri proporsional deyiladi.
Shuni qayd etish kerakki, inson qulog'ining sezuvchanligi turli chastotalar uchun turlichadir. Kishida tovush tuyg'usini uyg'otish uchun har bir chastotaga mos ma'lum minimal intensivlik mavjud. Agar intensivlik o'sha chegaradan oshib ketsa, tovush eshitilmaydi va quloqda og'riq qo'zg'atadi. Shunday qilib, har bir to'lqin chastotasi uchun eng kichik (eshitish bo'sag'asi) va eng katta (og'riq sezish bo'sag'asi) tovush intensivligi mavjuddir.

Yüklə 472 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin