O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus


Molekular fizika va termodinamika



Yüklə 472 Kb.
səhifə34/61
tarix12.12.2022
ölçüsü472 Kb.
#74159
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61
O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Molekular fizika va termodinamika, fizikaning. jismlardagi makroskopik jarayoiilar, ular tashkil topgan ulkan miqdordagi atomlar va molekulalarning xaotik harakati va o’zaro ta'sirlariga bog;liq deb o'rganadigan bo'limlaridir. Bu jarayonlarni o'rganish uchun ikki xil usuldan foydalaniladi: birinchisi — molekular-kinetik usul, uning aso­sida molekular fizika yotadi; ikkinchisi esa termodinamik usul, uning asosida termodinamika yotadi.
Molekular fizika — fizikaning moddalarning tuzilishi va xossalari ular tashkil topgan molekulalarning uzluksiz-betartib harakatlarining natijasidir deb hisoblanuvchi tasawurlar asosida o'rganuvchi bo'limidir. Molekular fizikada o-rganilayotgan jarayonlar juda ko'p miqdordagi zarralar harakatining natijasidir. Shuning uchun ham makroskopik sistemaning xossalari shu sistema zarralari harakati xarakteristikalarining (tezlik, energiya va hokazo) o'rtacha qiymatlari bilan aniqlanadi. Misol uchun jismning temperaturasi u tashkil topgan molekulalarning betartib harakati bilan aniqianadi. Lekin istalgan onda molekulalarning o'rtacha tezliklari haqida gapirish mumkin bolsada, bitta molekulaning temperaturasi haqida gapirish ma'noga ega emas.
Termodinamika — fizikaning termodinamik muvozanat holatida bo'lgan makroskopik sistemalarning umumiy xossalari va bu holatlar o'rtasidagi o'tish jarayonlarini o'rganadigan bo'limidir. U tajriba natijalarini umumlashtirish asosida topilgan fundamental qonunlar — termodinamika qonunlariga tayanib ish koradi.
O'tkazilgan ko'plab tajribalar va nazariy xulosahir molekular-kinetik nazariyaning asosida yotuvchi quyidagi uchta qoidaning yaratilishiga olib keldi:
Barcha moddalar juda kichik zarralar — atomlar va molekulalardan tashkil topgan. O'z navbatida ular ham yanada kichikroq zarralardan (elektronlar, protonlar, neytronlar) tashkil topgan. Moddalarning atomlari va molekulalari doimo uzluksiz xaotik harakat holatida.
Istalgan moddaning zarralari orasida o'zaro ta'sir — tortishish va itarish kuchlari mayjuddir. Bu kuchlar elektromagnit tabiatga ega.

Yüklə 472 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin