O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus


Molekulaning xarakteristikalari



Yüklə 472 Kb.
səhifə35/61
tarix12.12.2022
ölçüsü472 Kb.
#74159
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61
O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Molekulaning xarakteristikalari.
Molekulaning kattaligi
Mazmuni: molekulaning o'lchamlari va massasi; modda miq­dori; Avogadro soni va Avogadro qonuni; normal sharoit; molekular massa; Loshmidt soni.
Molekulalarning o'Ichamlari. Molekulaning o'lchamlari juda kichik bo'lgani uchun ularni oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin emas. Eng katta molekulalar elektron mikroskop yordamida suratga olingan. Eng nozik tajribalarning ko-rsatishicha, ikki atomli kislorod molekulasining chiziqli kattaligi 4·10-l0m atrofida. Umuman, molekulalarning chiziqli kattaligi 10‾8 ÷ 10‾10 m bo'ladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, molekula o'z navbatida atomlardan tashkil topadi. Atomlar esa yadro va lining atrofida harakatlanuvchi elektronlardan iborat bo'ladi.
Molekulaning massasi. Alohida molekulalarning massalari juda kichik bo'lib, maxsus asbob — massa-spektrometrlar yordamida aniqlanadi. Masalan, suv molekulasining massasi 3·10-26kg atrofida. Shuning uchun ham fizikada, molekulalar massalarining absolut qiymatlari bilan emas, balki o'lchamsiz nisbiy kattaligi bilan ish ko'riladi, chunki bu hisob-kitobni ancha osonlashtiradi. Xalqaro kelishuvlarga asosan etalon, ya'ni birlik atom massasi mo sifatida uglerod I2C izotopi (atomar) massasining 1/12 qismi qabul qilingan.
Shuningdek, nisbiy atom massani aniqlash uchun esa atom massasining absolut qiymati mat ni birlik atom massasi m0 i bo'lish kerak.
Modda miqdori. Moddalar ulkan iniqdordagi molekulalardan tash­kil topganligi va o'z navbatida turii moddalar molekulalari massalari­ning teng emasligi ularni solishtirishda katta qiyinchiliklar tug'diradi. Aynan shu qiyinchilikni yengish maqsadida tarkibida bir xil NA ta molekula bo'lgan modda miqdori tushunchasi kiritiladi. Modda miqdori — moddadagi molekulalar sonining 0,012 kg ugleroddagi molekulalar soni NA ga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikdir: v = N/NA. Uning SI dagi birligi [v]=l mol. 1 mol — 0,012 kg uglerodda qancha mole­kulalar bolsa, shuncha molekulalari bo'lgan modda miqdoridir.

Yüklə 472 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin