Temperatura shkalasi. 1960- yilda bo'lib o'tgan o'lchovlar va tarozilar bo'yicha XI bosh konferensiyaning qaroriga muvofiq temperaturaning ikkita shkalasidan foydalaniladi. Termodinamik temperatura shkalasida (T) temperatura kelvinlarda (K) va xalqaro amaliy temperatura shkalasida (t) temperatura selsiy graduslarida (°C) o'lchanadi. Termodinamik temperatura va xalqaro amaliy temperatura shkalalari quyidagi munosabat yordamida bog'langan:
T= 273,15 + t.
Termodinamik va xalqaro amaliy temperatura shkalalarida haroratning masshtab birliklari teng, ya'ni termodinamik shkaladagi 1 К temperaturalar farqi, xalqaro amaliy shkaladagi 1°C temperaturalar farqiga mos keladi: 1°C birligi = 1 К birligi.
Absolut nol temperatura. Xalqaro amaliy shkalada temperaturani aniqlashning tayanch nuqtalari sifatida, normal atmosfera bosimida suvning muzlash va qaynash temperaturalari olingan. So'ngra bu oraliq teng yuzga bolinib, temperatura shkalasi hosil qilingan. Bunday shkala birinchi bo'lib shvetsiyalik olim Selsiy (1742-yilda) taklif qilganligi uchun unga Selsiy shkalasi ham deyiladi. Temperaturaning termodinamik shkalasi esa ingliz olimi Kelvin tomonidan taklif qilingan. Bu shkalaning boshlanish nuqtasi sifatida nol gradus Kelvin 0 K= —273,15 °C qabul qilingan. Bu temperaturada ideal gazning bosimi nolga teng bo'ladi, ya’ni molekulalari harakatdan to'xtaydi. 0 К dan pastki temperatura bo’lishi mumkin emas va shu bilan birga bu temperaturaga yetishib hum bo'lmaydi. 0 К absolut nol temperatura deyiladi.
Molekulalararo o'zaro ta'sir kuchlari va energiyasi M a z m u n i: molekulalararo o'zaro ta'sir kuchlari; molekulalararo o'zaro ta'sir kuchlarining ular orasidagi masofaga bog'liqligi; molekulalararo o'zaro ta'sir energiyasining ular orasidagi masofaga bog'liqligi; moddaning agregat holatlari. Molekulalararo o'zaro ta'sir kuchlari.Bizga ma'lumki, qattiq jism va suyuqliklarning molekulalari bir-birlariga katta kuch bilan tortilib turishadi. Aks holda ular bar tomonga uchib ketgan bo'lishardi. Xuddi shuningdek, ularni siqishning mumkinemasligi molekulalararo itarishib kuchlarining mavjudligini ko'rsatadi. Molekulalararo o'zaro ta'sir kuchlari tabiatiga ko'ra elektromagnit xarakteriga ega va shu bilan birga elektroneytral molekulalar orasida vujudga keladi.