O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus



Yüklə 472 Kb.
səhifə36/61
tarix12.12.2022
ölçüsü472 Kb.
#74159
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61
O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Avogadro soni. Yuqorida aniqlanganidek, istalgan moddaning 1 molida bir xil sondagi molekulalar mavjuddir. Bu son Avogadro doimiysi deyiladi. Endi Avogadro doimiysi nimaga tengligini aniqlaylik. Buning uchun modda miqdori ta'rifidan foydalanamiz, ya'ni 0,012 kg uglerodda NA ta molekula bor.
Avogadro qonuni. Istalgan moddaning bir molidagi molekulalar soni teng ekan. Endi bir mol qancha hajmni egallaydi degan savol tug'iladi. Bu savolga Avogadro (1776- 1856) qonuni javob beradi: bir xil temperatura va bir xil bosimda istalgan gazning bir moli bir xil hajmni egallaydi. Normal sharoitda bu hajm teng.
Normal sharoit. Normal sharoit: bosim normal atmosfera bosimi p=101325 Pa = 760 mm.sim. ust. va temperatura T=273,15K yoki t— 0 °C bo'lgan sharoit.
Molekular massa. Ko'pincha molekular massa (M) tushunchasidan foydalanishga to'g'ri keladi. Molekular massa bir mol moddaning massasi kabi aniqlanib, molekula massasining Avogadro soniga ko'paytmasi kabi aniqlanadi.
CI da molekular massaning birligi — kg/mol:
Istalgan miqdordagi moddaning massasi m ni topish uchun uning molekulyar massasi M va undagi modda miqdori (mollar soni) v ni ko'paytirish kerak.
Loshmidt soni. Normal sharoitda 1 m3 gazdagi molekulalar Loshmidt soni bilan aniqlanadi. Ma'lumki, 1 mol gazda NA ta molekula mavjud va 1 mol gaz normal sharoitda VQ hajmni egallaydi. Unda normal sharoitda istalgan gazning 1 m3 da
nL=MA\V0=6,o2·10²³mol1\22,4·10‾3mol‾1·m3 =2,7·102m‾3
ta molekula mavjud bo'ladi.
Ideal gaz va uning parametrlari
Mazmuni: ideal gaz tushunchasi; gaz parametrlari; gazning bosimi;Dalton qonuni; temperatura, temperaturani o'lchash, temperatura shkalasi, absolut nol temperatura.
Ideal gaz. Mexanikadagi kabi molekular fizikada ham hisoblashni osonlashtirish uchun xizmat qiladigan ideallashtirilgan model — ideal gaz tushunchasidan foydalaniladi. Ideal gaz deb quyidagi shartlarni bajaradigan gazga aytiladi:
1) gaz molekulalarining xususiy hajmi gaz egallab turgan idishning hajmiga nisbatan e'tiborga olmasa bo'ladigan darajada kichik;
2) gaz molekulalari orasida o'zaro ta'sir kuchlari mavjud emas;
3) gaz molekulalarining o'zaro va idish devorlari bilan urilishlari absolut elastik.
Shuni ta'kidlash kerakki, real gazlar (kislorod, geliy) ham normal sharoitga yaqin sharoitlarda va yuqori temperatura, past bosimda o'z Kossalari bilan ideal gazlarga juda o'xshab ketadi. Bundan tashqari, molekulalarning xususiy hajmlari va o'zaro ta'sirini hisobga oluvchi tuzatish kiritish bilan ideal gaz qonunlaridan real gaz qonunlarini hosil qilish mumkin.

Yüklə 472 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin