O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus



Yüklə 472 Kb.
səhifə44/61
tarix12.12.2022
ölçüsü472 Kb.
#74159
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61
O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Bolsman doimiysi. Ba'zan ideal gaz holat tenglamasining boshqacharoq ko'rinishidan foydalaniladi. Buning uchun Bolsman doimiysi deyilguvchi kattalik kiritiladi.
Ideal gaz molekular-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi
Mazmuni: molekulaning idish devoriga beradigan impulsi; molekular-kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi; molekula o'rtacha kvadratik tezligining temperaturaga bog'liqligi; molekula kinetik energiyasining temperaturaga bog'liqligi.
Molekulaning idish devoriga beradigan impulsi. Tajriba uchun bir 1 atomli ideal gazning betartib harakatini kuzatamiz. Molekulalar bir-birlari bilan qariyb to'qnashmaydi, idish devorlari bilan to'qnashishlarini esa absolut elastik deb hisoblaymiz. Idish devoridan biror ΔS elementar yuzani ajratib olamiz va unga ko'rsatiladigan bosimni hisoblaymiz. Bosimning ta'rifiga ko'ra yuzaga ta'sir etayotgan kuchni topish uchun sirt olayotgan kuch impulsini hisoblaymiz.
Molekular-kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi. Absolut elastik urilgan molekula tezligining moduli o'zgarmaydi, yo'nalishi skarisiga o'zgaradi. Shuning uchun ham molekula impulsining o’zgarishi 2m0υ ga va natijada ΔS yuza olgan impuls ham shunga teng bo’ladi. Δt vaqtda yuzagacha v • At masofadagi silindr bilan ajratilgan sohadagi) molekulalargina yetib kela olishi mumkin. Ajratilgan silindrdagi molekulalar soni n·ΔS·v·Δt ga teng bo'ladi.Bu erda n — molekulalarning konsentratsiyasi. Endibu molekulalarning qanchasi ΔS ga kelib urilishini aniqlaylik. Buning uchun molekulalarning harakat qilishi mumkin bo'lgan yo'nalishlarini ko’raylik. Fazoning izotropligi, ya'ni uning barcha yo'nalishlarining teng kuchliligi natijasida hajmdagi molekulalar hamma yo'nalishlarda teng miqdorda, yani 1\3 qismi z, 1\3 qismi y va 1\3 qismi x о’qi bo’ylab harakatlanadi.Shu bilan birga, bu molekulalarning yarmi o'qlar bo'ylab bir tomonga, yarmi esa teskari tomonga harakatlanadi .
TARQATMA SAVOLLAR
1. Izojarayonlar deb qanday jarayonlarga aytiladi?
2. Boyl — Mariotd qonuni.
3. Izotermik jarayon deb qanday jarayonga aytiladi?
4. Izotermalar deb qanday chiziqlarga aytiladi.
5. Boyl — Mariott qonunining bajarilishiga misol keltiring.
6. Gey-Lyussak qonuni va uning ko'rinishlari.
7. Izobariki jarayon deb qanday jarayonga aytiladi?
8. Izobaralar deb qanday chiziqlarga aytiladi?
9. Absolut nol temperaturada gazning hajmi nimaga teng bo'ladi va uni qanday tushuntirasiz?



Yüklə 472 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin