TARQATMA SAVOLLAR 1.Kristallarning asosiy turlarini aytib bering.
2.Atomli kristallda atomlar orasida bog'lanish borligini tushuntirib bering (Kimyo kursidan kovalent bog'lanish haqida nimani bilishingizni eslang).
3.Qanday kristallar metalli kristallar deb ataladi?
4.Monokristallar polikristallardan nimasi bilan farq qiladi?
5.Guk qonunini ta’riflang?
MAVZU: Tеrmоdinаmikа аsоslаri.Tеrmоdinаmikаning birinchi qоnuni REJA: 1.Izоjаrаyonlаrgа tеrmоdinаmikаning birinchi qоnunini qo’llаsh.
2.Аdiаbаtik jаrаyon.
3.Qаytаr vа qаytmаs jаrаyonlаr.
4.Tеrmоdinаmikаning ikkinchi qоnuni vа uning tаlqini.
YAKKA SAVOLLAR 1.Kristallarning asosiy turlarini aytib bering.
2.Atomli kristallda atomlar orasida bog'lanish borligini tushuntirib bering (Kimyo kursidan kovalent bog'lanish haqida nimani bilishingizni eslang).
3.Qanday kristallar metalli kristallar deb ataladi?
4.Monokristallar polikristallardan nimasi bilan farq qiladi?
5.Guk qonunini ta’riflang?
TERMODINAMIKA ASOSLARI Termodinamikaning rivojlanishi ko'p jihatdan issiqlik mashinalarining foydali ish koeffitsiyentini o'rganish bilan bog'liqdir. Fransuz injeneri Sadi Karno 1824- yilda chop etilgan «Olovning harakatlantiruvchi kuchi haqida o'ylar» nomli ishida issiqlik mashinasining unumdorligi ishchi moddaga emas, balki isituvchi va sovituvchilar temperaturalarining farqiga bog'liq, degan xulosani ilgari surdi. Termodinamika shundan so'ng Klapeyron, Joul, Klaulzius, Mayyer, Tomson va boshqalarning ishlarida rivojlantirildi.
Termodinamika quyidagi o'ziga xos xususiyatiarga ega:
— moddalarning atomlardan tashkil topganligi e'tiborga olinmaydi;
— makroskopik sistemaga xos bo'lgan kattaliklar bilangina ish ko'riladi;
— nazariya tajriba natijalariga asoslanib yaratiladi;
— moddalarning xossalari xarakteristik parametrlari (zichlik, yopishqoqlik va hokazo) ko'rinishida ifodalanadi.
Termodinamikani o'rganishda quyidagilarni yodda tutmoq zarur.
Termodinamik sistema. O'zaro va tashqi jismlar bilan ta'sirlashadigan va energiya almashadigan makroskopik jismlar majmuasi termodinamik sistema deyiladi. Termodinamik usulning asosi—sistemaning holatini belgilovchi parametriarining qiymatlarini aniqlashdir.
Termodinamik parametrlar yoki holat parametrlari deb termodinamik sistema xossalarini xarakterlovchi fizik kattaliklar majmuasiga aytiladi. Odatda, holat parametrlari sifatida temperatura, bosim va solishtirma hajm tanlanadi.
Termodinamik parametrlar. Temperatura makroskopik sistemaning termodinamik muvozanat holatini xarakterlovchi fizik kattalik.
Bosim—suyuqlik yoki gaz tomonidan birlik yuzaga ta'sir etadigan perpendikular kuch bilan aniqlanuvchi fizik kattalik.
Solishtirma hajm—birlik massaning egallagan hajmi.
Termodinamik jarayonlar. Termodinamik sistemaning holati vaqt o'tishi bilan o’zgarmasa, u holda makroskopik sistema termodinamik muvozanat holatida bo’ladi. Termodinamikada faqat muvozanat holatlar qaraladi.
Termodinamik sistemaning hech bo'lmaganda birorta parametrining o'zgarishi termodinamik jarayon deyiladi. Termodinamik jarayon sistema boshlang'ich holatdan oraliq holatlar orqali oxirgi holatga o'tadi. Bu o'tish qaytar va qaytmas bo’lishi mumkin.
Qaytar va qaytmas jarayonlar. Qaytar jarayon deb sistemaning holatdan boshlang'ich holatga o'sha oraliq holatlar orqali, atrof-muhitda hech qanday o'zgarish ro'y bermasdan o'tishiga aytiytiladi. Uzun ilgakka osilgan og'ir mayatnikning tebranishi qaytar jarayonga yaqin bo'ladi. Bu holda kinetik energiya amalda to'la potensial energiyaga aylanadi. Shuningdek, teskarisi ham o'rinli. Muhitning qarshiligi kichik bo'lganligi sababli tebranish amplitudasi sekin kamayadi va tebranish jarayoni uzoq davom etadi.
Ma'lum qarshilikka uchraydigan yoki issiq jismdan sovuq jismga issiqlik uzatish bilan ro'y beradigan har qanday jarayon qaytmas bo’ladi. Amalda barcha real jarayonlar qaytmas jarayonlardir.