Jismlarning suyuqliklarda va gazlarda harakatini o'rganishning ahamiyati. Jismlarning suyuqliklarda va gazlardagi harakatini o'rganish aviatsiyaning rivojlanishi va suv kemalari tezliklarining ortishi bilan bog'liq. Shu maqsadda suyuqliklar va gazlarda harakatlanayotgan qattiq jismlarga ta'sir etadigan kuchlarni ko'ramiz.
Ular qanday kuchlar?Suyuqlik yoki gazda harakat qiladigan jismga ikkita kuch ta'sir qiladi (ularning teng ta'sir etuvchisini — R deb belgilaymiz).
Birinchi kuch (Řx) jismning harakat yo'nalishiga qarama-qarshi yo'nalgan bo'lib, unga peshana qarshilik deyiladi. Jismning harakat yo’nalishiga perpendikular yo'nalgan ikkinchi kuchi esa (Řy ) — ко'tarish kuchi deyiladi.
Peshana qarshilikRx = Cx pv2\2 S ifoda yordamida aniqlanadi. Bu yerda Cx—jismning shakli va oqimga nisbatan holatiga bog'liq bo'lgan o’lchamsiz koeffitsiyent; p — muhitningzichligi, v —jismningharakat tezligi; — jismning eng katta ko'ndalang kesimi.
Ko'tarish kuchi. Ry=Cy pv2\2 S ifoda orqali topiladi. Bunda Сy —ko'tarish kuchining o'lchamsiz koeffitsiyenti, a — oqimga hujum burchagi. Uni shunday tanlash kerakki, bunda peshana qarshilik kichik, ko'tarish kuchi esa katta bo'lsin. Bunday shart qanot sifatini ko'rsatuvchi koefitsiyent К=Cy\Cxqancha katta bo'lsa, shuncha yaxshi bajariladi.
TARQATMA SAVOLLAR 1. Oqish deb nimaga aytiladi?
2. Oqim deb nimaga aytiladi?
3. UzIuksizlik tenglamasi qanday?
4. Uzluksizlik tenglamasining o'rinligiga uchta misol keltiring.
5. Statik bosim qanday bosim?
6. Dinamik bosim qanday bosim?
Test savollari 1. Harakatsiz suyuqlikning istalgan joyidagi bosim hamma vn'nalishlarda bir xil va harakatsiz suyuqlik egallagan hajnii bo'yicha o'zgarishsiz uzatiladi, Bu kimning qonuni?
A. Arximed.
B. Paskal.
С Bernulli.
D. Torrichelli.
E. Stoks.
2. Suyiiqliklardagi itarish kuchi qanday kattaliklarga bog'liq?
A. Suyuqlik zichligiga.
B. Jismhajmiga.
C. Suyuqlik ustuni balandligiga.
D. Bosim kuchiga
E. To'g'ri javob A va B.
3. Quyida keltirilgan formulalardan qaysi biri Bemulli tenglamasini ifodalaydi?
A. SXVX = S2V2 = const.
B. -—+pg v + p = const.
С —-+pg-h+p = const. D. RX=CX—S. E. To'g'ri javob yo'q.
4. Suyuqlik harakatining natijasida vujudga keladigan bosim qanday bosim?
A. Dinamik.
B. Statik.
С Gidrostatik.
D. Tashqi bosim.
E. To'g'ri javob В va C.