2. Mono - va polikristallar.
Biz kristallarning elementar yacheykasi tuzilishi bilan juda qisqa tarzda tanishdik. Real kristallar juda ko'p sonli shunday yacheykalardan tashkil topgan bo'ladi. Ta'kid-lab o'tish kerakki, bunda kristallarning hosil bo'lishiga hech narsa xalaqit bermaydi, ularning shakli elementar yacheyka shaklini takrorlaydi. Bunday kristallar monokristallar deb ataladi. Tabiatda minerallarning, ba'zan esa metallarning juda katta monokristallari uchraydi. Laboratoriyalarda juda ko'p moddalarning sun'iy monokristallari olinadi. Biroq, ko'proq polikristallar bilan ishlashga to'g'ri keladi. Bular shunday kristall jismlarki, bunda tartibsiz joylashgan juda ko'p mayda kristalchalar bir-birlari orasiga o'sib kirib, chirmashib ketadi. Hamma metallar shunday polikristallar hisoblanadi. Bunda ba'zan, metallarni tashkil qilgan kristallarni ko'z bilan ko'rish ham mumkin bo'ladi. Masalan, rux kristallari yaxshi ko'rinib turadi. Monokristallar o'z xossalariga ko'ra polikristallardan farq qiladi. Ko'pchilik monokristallar uchun anizotropiya xarakterlidir, ya'ni turli yo'nalishlari bo'yicha turli xossalarga ega bo'ladi. Polikristallarda anizotropiya faqat har bir kristallcha ichida mavjud bo'ladi, lekin butun jism chegarasida anizotropiya kuzatilmaydi. Shunday qilib, agar grafitning monokristalini va polikristalining yupqa plastinasini mum bilan qoplab, keyin esa har bir plastinaning o'rtasiga cho'g'langan sharcha qo'yilsa, u holda monokristallda erigan mum chegarasi ellips shakliga, polikristallda esa aylana shakliga ega bo'ladi.
Tajriba monokristallda issiqlik o'tkazuvchanlik anizotrop xarakterda bo'lishini, polikristallda esa anizotropik bo'lmasligini ko'rsatadi. Monokristallarda mexanik mustahkamlikning anizotropligini ko'rsatuvchi yaqqol misol sluda kristallaridir: ular bir yo'nalish bo'yicha juda yupqa varaqlarga tilim-tilim bo'lib ajraladi, boshqa yo'nalish bo'yicha juda katta kuch ta'sirida ham ajralmaydi.
Kristallarning anizotropiyasi ularning tuzilishi bilan tushuntiriladi.
Guk qonuni Qattiq jismning farqli belgilaridan biri uning o'z shaklini saqlash xossasidir. Biroq qattiq jism tashqi kuchlar ta'siri ostida o’z shaklini va o'lchamlarini o'zgartirishi — deformatsiyalanishi mumkin. Ko'ndalang kesim yuzi S va uzunligi l bo'lgan mis sim olamiz. Simning yuqori uchini mahkamlab, uning pastki uchiga yuklar osish mumkin bo'Igan po'lat halqa o'rnatamiz.
Halqaga yuk osamiz. Sim og'irlik kuchi fa'siri ostida absalyut uzayish deb ataluvchi Δl ga uzayadi. F kuch simning deformatsiyaianishiga sabab bo'lgani uchun deformatsiyalovchi kuch deb ataladi.
Shunday qilib, simning absolut uzayishi uning ko'ndalang kesim yuziga teskari proporsional bo'ladi.
Mis simni aynan shunday uzunlikdagi va aynan shunday ko’ndalang kesim yuziga ega bo’lgan po’lat sim bilan almashtirib deformatsiyalovchi kuchning qiymati avvalgidek bo’lganda po’lat simning apsolut uzayishi mis simnikiga qaraganda juda kichik bo'lishini ko'ramiz. Boshqacha aytganda, simlarning uzayishi sharoit bir xil bo'Iganda ularning materialiga bog'liq ekan.