G'adur-budurlik turlari, absalyut, nisbiy va ekvivalent gadur-budurlik haqida tushuncha reja



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə1/3
tarix16.10.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#156291
  1   2   3
G\'adur-budurlik turlari, absalyut, nisbiy va ekvivalent gadur-budurlik haqida tushuncha


G'ADUR-BUDURLIK TURLARI, ABSALYUT, NISBIY VA EKVIVALENT GADUR-BUDURLIK HAQIDA TUSHUNCHA
Reja:

1. Truba devorining g’adir-budirligi. Absolyut va nisbiy g’adir-budirlik.
2. Nikuradze va Murin grafiklari.
3. Gidravlik silliq va g’adir-budir trubalar.


1. Truba devorining g’adir-budirligi. Absolyut va nisbiy g’adir-budirlik

Trubalar, kanallar va novlarning devorlari ma‘lum darajada g’adir-budirligiga ega bo’ladi. Bu g’adir-budirlikni trubalardagi turli xil pastlik-do’ngliklar bilan harakterlash mumkin. G’adir-budirlikni tasvirlash uchun truba sirtidagi do’ngliklarning o’rtacha balandligi qabul qilingan bo’lib, u absolyut g’adir-budirlik deyiladi va Δ bilan belgilanadi (1-rasm). Agar absolyut g’adir-budirlik laminar chegaraviy qavatning qarshiligi S dan kichik bo’lsa, bu truba gidravlik silliq truba deyiladi (1-rasm, a).


Boridiyu, Δ laminar qavat qalinligi dan katta bo’lsa, bu trubalar gidravlik g’adir-budir trubalar deyiladi (1-rasm, b).

Absolyut g’adir-budirlikning truba dimetriga nisbati nisbiy g’adir-budirlik deyiladi va quyidagicha ifodalanadi.
(1)

Nisbiy g’adir-budirlikdan foydalanish trubalardagi ishqalanish qarshiligini hisoblashda ancha kulaylik tugdiradi.


2. Nikuradze va Murin grafiklari
Ishqalanish qarshiligi koeffisienti λ ning Reynolds soniga bog’liqligini juda ko’p olimlar (Blazius, Prandtl, Karman, Konakov va boshqalar) tekshirib, empirik formulalar chiqardi. Bu koeffisientning xususiyatlari haqida eng to’liq ma‘lumot olishga va uning g’adir-budirlikka bog’liqligini aniqlashga I. Nikuradze tajribalari imkoniyat berdi. U tajribalar natijasida gidravlik yo’qotishni, so’ngra Darsi formulasidan foydalanib, ishqalanish koeffisientini aniqlashga muvaffaq bo’ldi. Nikuradze o’z tajribalarining natijasini maxsus grafik ko’rinishida ifodaladi. Bu grafikda koordinata o’qlari bo’yicha lg (100 λ) va lg Re miqdorlarni qo’yib, keltirilgan turli nisbiy g’adir-budirliklar uchun tajriba natijalaridan 11.2-rasmda keltirilgan egri chiziqlarni oldi. Bu grafikdan ko’rinib turibdiki, λ va Re bog’lanishi soxasida uchta zona mavjud:
Birinchi zona laminar tartib zonasi bo’lib , tajriba nuqtalari (8.12) formula asosida chizilgan 1 to’g’ri chiziq ustiga tushadi va g’adir-budirlikning turli qiymatlari uchun barcha tajriba nuqtalari shu to’g’ri chiziqda yotadi. Bu natijada laminar zonada ishqalanish koeffisienti g’adir-budirlikka bog’liq emasligini ko’rsatadi. Bu zona uchun quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

а) Reynolds soni Re nisbatan kichik bo’lib, 1000 dan 2300 gacha o’zgaradi.
b) bosimning pasayishi Hl g’adir-budirlikka bog’liq emas.
в) He tezlikka to’g’ri proporsional bo’lib, Puazeyl formulasi tajribalarini yaxshi ifodalaydi.
г) λ ni (8.12) formula bilan hisoblash mumkin.
Ikkinchi zona turbulent tartibga to’g’ri keladi va tajriba nuqtalari Blazius formulasi (10.5) bo’yicha chizilgan 2 to’g’ri chiziq ustiga tushadi va g’adir-budirlikka bog’liq emas.
Bu zonada turbulent tartib qat‘iy bo’lmagani uchun uni noqat‘iy yoki o’tkinchi zona deyiladi.
Bu zonada:
a) Reynolds soni 2300 dan taxminan 10000 gacha o’zgaradi;
b) suyuqliklar trubada harakat qilganda ayrim qismlarda turbulent tartib paydo bo’ladi va rivojlanib borib yo’q bo’ladi va yana paydo bo’ladi;
v) λ trubaning g’adir-budirligiga bog’liq emas.
Uchinchi zona-turbulent tartibga tegishli bo’lib, barqarorlashgan turbulentlik mavjud bo’ladi. Bu zonada ishqalanish koeffisienti Reynolds soni Re ga xam, g’adir-budirlik ε ga ham bog’liqdir.
1938 yilda A.P. Zejda Nikuradze tomonidan kashf qilingan qonuniyatlar kanallar uchun ham to’g’ri ekanligini isbotladi. 1948 yilda G.A. Murin sanoatdagi pulat trubalarning gidravlik qarshiligini aniqlash bo’yicha o’tkazgan tajribalarini yakunladi. Murin tajribalari (11.3-rasm) tabiiy trubalar uchun Nikuradze kashf qilgan qonuniyatlarni to’g’ri ekanligini tasdiqlash bilan bir qatorda, yangi qonuniyatni, ya‘ni tabiiy g’adir-budir trubalarda ishqalanish koeffisenti λ o’tkinchi zonada barqarorlashgan turbulentlik zonasiga qaraganda kattaroq qiymatga ega ekanligini ko’rsatdi (Nikuradze tajribalari buning aksini ko’rsatadi). Bundan xulosa shuki, sun‘iy g’adir-budir trubalarda λ Reynolds soni ortib o’tkinchi zonada barqarorlashgan turbulentlik zonasiga qaraganda kam bo’lsa λ tabiiy g’adir-budir trubalarda Re ning ortishi bilan kamayib boradi.






Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin