O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus



Yüklə 472 Kb.
səhifə19/61
tarix12.12.2022
ölçüsü472 Kb.
#74159
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61
O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Ishqalanish kuchlari
Mazmuni: ishqalanishkuchi, uning namoyon bo'lishi, yuzaga kelish sabablari va turlari; ishqalanish koeffitsiyenti; ishqalanishning jamiyati; jismning qiya tekislikdagi harakati.
Ishqalanish kuchlarining namoyon bo'lishi. Stolning ustida turgan kitobni itarib yuboraylik. Kitob stolning gorizontal sirtida harakatga keladi va boshqa ta'sir ko'rsatilmasa, o'z harakatini sekinlashtirib, ma'lum vaqtdan keyin to'xtaydi. Kitobning to'xtashiga sabab nima? Bunga sabab uning stol ustida sirpanishiga to'sqinlik qiluvchi va bir-biriga tegib turgan sirtlar orasida yuzaga kelgan ishqalanish kuchidir. Yuqoridagi misol asosida, ishqalanish kuchi jismlarning birbirlariga nisbatan tezliklariga bog’liq ekanligiga ishonch hosil qilamiz.
Ishqalanishning turlari. Odatda, tashqi va ichki ishqalanishlarga ajratishadi. Tashqi ishqalanish deb, birbiriga tegib turgan jismlarning biri ikkinchisining sirtida harakatlanganda sirtlar orasida yuzaga keladigan ishqalanishga aytiladi.
Yuqoridagi misol — kitob va stolning bir-biriga tegib turgan sirtlari orasidagi ishqalanish tashqi ishqalanishga misol bo'ladi Agar jismlar bir-biriga nisbatan harakatsiz bo'lsa — tinchlikdagi ishqalanish, sirpansa — sirpanish-ishqalanish va harakat turiga qarab — aylanma, tebranma harakatdagi ishqalanishlarga ajratiladi.
Ichki ishqalanish deb, bir jismning turli qismlari orasida yuzaga keladigan ishqalanishga aytiladi. Odatda, ichki ishqalanish suyuqliklar va gazlarda mavjud bo'lib, biz ularga keyinroq to'xtalamiz.
Tashqi ishqalanishni yuzaga keltiradigan sabablar. Tashqi ishqalanishni yuzaga keltiradigan asosiy sabab bir-biriga tegib turgan sirtlarning notekisligi, уa'ni g'adir-budurligidir. Agar sirtlar juda silliq bo 'Isa, ishqalanish turli jismlar molekulalari orasidagi tortishish kuchlari natijasida yuzaga keladi.
Tinchlikdagi ishqalanish kuchi. Ishqalanish kuchi Fishq ni aniqlash uchun stol ustida turgan jism yordamida tajriba o'tkazaylik. Jismni harakatlantirish uchun unga F kuch qo'yilgan. F ning ma'lum qiymatlarigacha jism harakatsiz qoladi. Ya'ni, jism va stol sirtlari orasida vujudga keladigan kuch jismning stol ustida harakatlanishiga to'sqinlik qiladi.
Jismlar bir-biriga nisbatan harakatlanmaganda ham ularning bir-birlariga tegib turgan sirtlari orasida vujudga keladigan kuchga tinchlikdagi ishqalanish kuchi deyiladi.
F ning kattaligi (vektor)F ishq ning kattaligiga teng bo'lganda stol ustidagi jism harakatlana boshlaydi. Demak, F =(vektor) F ishq. Lekin, shu bilan birga bu kuchlar qarama-qarshi yo'nalgandir.

Yüklə 472 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin