Ikkilik sanoq tizimidagi axborot birligi (Ikkilik axborot birligi)
«Axborot miqdori» atamasi axborotni raqamli qayta ishlash va uzatish qurilmalarida, masalan raqamli hisoblash texnikasida (kompyuterlarda) eslab qoluvchi qurilmalar hajmini, kompyuter dasturida foydalaniladigan xotira miqdorini yozishda qo’llaniladi.
MEK 600272 halqaro standartiga muvofiq "bit" va "bayt" birliklari SI old qo’shimchalari bilan qo’llaniladi.
Tarixan shunday vaziyat mavjudki, bunda "bayt" nomi bilan SI old qo’shimchasi bir muncha noto’g’ri foydalanilgan (1000 q 103 o’rniga 1024 q 210 qabul qilingan): 1 Kbyte q 1024 byte, 1 Mbyte q 1024 Kbyte, 1 Gbyte q 1024 Mbyte va h.k. Bunda 103 ko’paytuvchisini belgilashda foydalaniladigan kichik «k» harfidan (farqli Kbyte belgisi katta «К» harfi bilan yoziladi.
Kattalik shkalasi, reperli (tayanch) nuqtalar Berilgan kattalikni o’lchash uchun boshlang’ich asosi bo’lib xizmat qiladigan kattalik qiymatlarining tartibga keltirilgan majmui kattalik shkalasi deyiladi. O’lchashlar nazariyasida o’lchashlarning beshta asosiy turi mavjud: nomlangan shkala; tartib shkalasi; oraliq shkalasi; nisbat shkalasi va absolyut (mutlaq) shkalasi.