O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 474,17 Kb.
səhifə21/58
tarix01.06.2023
ölçüsü474,17 Kb.
#121567
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus

Hosilaviy birlik deb, berilgan birliklar tizimining birliklaridan tuzilgan, ta’riflovchi tenglama asosida keltirib chiqariluvchi hosilaviy kattalikning birligiga aytiladi.
Hosilaviy birlikka misol qilib 1 m/s - xalqaro birliklar tizimidagi tezlik birligini; 1 N q 1 kg. m/s2 kuch birligini olishimiz mumkin.

  1. Xalqaro birliklar tizimi

1960 yili o’lchov va tarozilarning XI Bosh konferensiyasi Xalqaro birliklar tizimini qabul qilgan bo’lib, mamlakatimizda buni SI (SI - Systeme international) xalqaro tizimi deb yuritiladi. Keyingi Bosh konferensiyalarda SI tizimiga bir qator o’zgartirishlar kiritilgan bo’lib, hozirgi holati va birliklarga qo’shimchalar va ko’paytirgichlar haqidagi ma’lumotlar 1- va 2-jadvallarda keltirilgan.
Birliklarni va o’lchamlarni belgilash va yozish qoidalari.

  1. Kattaliklarning birliklarini belgilash va yozish borasida standartlar asosida me’yorlangan tartib va qoidalar mavjud. Bu qoidalar va tartiblar GOST 8.417-81 da atroflicha yoritilgan.

1-jadval

Kattalik

Birlik

Nomi

O’lch
am

Nomi

Belgisi

Ta’rifi

Uzunlik

L

metr

m

Metr - bu yorug’likni 1/299792458 s vaqt oralig’ida vakuumda bosib o’tadigan masofasi

Massa

M

kilo­gramm

kg

Kilogramm bu massa birligi bo’lib, xalqaro kilogramm timsolining
massasiga teng




Vaqt

T

sekund

s

Sekund bu seziy-133 atomi asosiy holatining ikki o’ta nozik sathlari orasidagi bir-biriga o’tishiga
muvofiq keladigan nurlanishning 9192631770 davridir

Elektr toki (elektr tokining kuchi)

1

amper

A

Amper bu vakuumda bir-biridan 1 m oraliqda joylashgan, cheksiz uzun, o’ta kichik dumaloq
ko’ndalang kesimli ikki parallel to’g’ri chiziqli o’tkazgichlardan tok o’tganda o’tkazgichning har 1 m uzunligida 2-10-7 N ga teng o’zaro ta’sir kuchini hosil qila oladigan o’zgarmas tok kuchi

Termodi -namik harorat

0

kelvin

К

Kelvin bu termodinamik harorat birligi bo’lib, u suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratning 1/273,16 qismiga teng

Modda mikdori

N

mol

mol

Mol bu massasi 0,012 kg bo’lgan uglerod - 12 da qancha atom bo’lsa, o’z tarkibiga shuncha elementlarini olgan tizimning modda miqdoridir. Molni tadbiq etishda elementlari guruhlangan bo’lishi lozim va ular atom, molekula, ion, elektron va boshqa zarrachalar guruhlaridan iborat bo’lishi mumkin

Yorug’li k kuchi

J

kandel a

cd

Kandela bu berilgan yo’na-lishda 540-10 Hz chastotali
monoxramatik nurlanishni
tarqatuvchi va shu yo’nalishda energetik yorug’lik kuchi 1/683 W/sr ni tashkil etuvchi manbaning yorug’lik kuchidir

Izohlar:

  1. Kelvin haroratidan (belgisi T) tashqari tqT-T0 ifoda bilan aniqlanuvchi Selsiy harorati ham (belgisi t) qo’llaniladi, bu erda ta’rifi bo’yicha Tq273,15 K. Kelvin harorati kelvinlar bilan, Selsiy harorati Selsiy graduslari bilan ifodalanadi (xalqaro va o’zbekcha belgisi °S). O’lchovi bo’yicha Selsiy gradusi Kelvinga teng. Selsiy gradusi bu «kelvin» nomi o’rniga ishlatiladigan maxsus nom.

  2. Kelvin haroratlarining ayirmasi yoki oralig’i kelvinlar bilan ifodalanadi. Selsiy haroratlarining ayirmasi yoki oralig’i kelvinlar bilan ham, Selsiy graduslari bilan ham ifodalashga ruxsat etiladi.

  3. Xalqaro amaliy harorat belgisini 1990 yilgi xalqaro harorat shkalasida ifodalash uchun, agar uni termodinamik haroratdan farqlash lozim bo’lsa, unda termodinamik harorat belgisiga «90» indeksi qo’shib yoziladi (masalan, T90 yoki t90)

SI ning hosilaviy birliklari SI ning kogerent hosilaviy birliklarini hosil qilish qoidalariga muvofiq keltirib chiqariladi. SI ning asosiy birliklaridan foydalanib keltirib chiqarilgan SI ning hosilaviy birliklarining namunalari 2-jadvalda keltirilgan.

  1. jadval.


Yüklə 474,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin