O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 474,17 Kb.
səhifə33/58
tarix01.06.2023
ölçüsü474,17 Kb.
#121567
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus

Yakka etalon - birlikni qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun tarkibida bitta o’lchash vositasi (o’lchov, o’lchash asbobi, etalon uskuna) bor bo’lgan etalon.
Yakka etalonga massa birligi etaloni-kilogramm misol bo’ladi (platinoiridiyli toshlar ko’rinishida amalga oshiriladigan, ba’zi etalonlarda - po’lat toshlar).
Guruhli etalon - birlikni qayta tiklash aniqligini oshirish yoki uni saqlash uchun birgalikda qo’llaniladigan, bir xilli o’lchash vositalarining majmuidan tarkib topgan etalon. Bir xil o’lchash vositalari yoki etalon uskunalar bilan o’lchash natijalarining o’rtacha arifmetik qiymati odatda o’lchashlar natijasi sifatida qabul qilinadi.
Guruhli etalonlarga 20 ta bir xil EYuR o’lchovlarining guruhidan iborat - normal elementlardan (Veston elementlaridan) tashkil topgan elektr kuchlanishi birligining etaloni misol bo’la oladi. Guruhli etalonlar doimiy (o’zgarmas) yoki o’zgaruvchan tarkibli guruhli etalonlarga bo’linadi.
Doimiy tarkibli etalonlarda o’n yillab o’lchash vositalarining bir xil nusxasi ishlatiladi.
Masalan, elektr qarshiligi birligining etaloni - Om, elektr qarshiligining 10 ta manganinli germetik elektr qarshiligining o’lchash g’altaklaridan iborat bo’ladi.
O’zgaruvchan tarkibli guruhli etalonlarga muntazam ravishda yangilari bilan almashtiriladigan o’lchash vositalari kiradi.
Bunday etalonlarga elektr kuchlanishi va o’zgarmas tok elektr yurituvchi kuchi birligining guruhli etaloni misol bo’ladi.
Etalon to’plami - o’lchash vositalari diapazonlarining birlashmasidan iborat bo’lgan diapazonda birlikni qayta tiklash va (yoki) saqlashga imkon beruvchi, ko’rsatilgan shu o’lchash vositalarining majmuidan tashkil topgan etalon.
Misol - etalon mayda qadoq toshlar (etalon qadoq toshlar to’plami), areometrlarning etalon to’plami.
Etalon to’plamlari ham xuddi guruhli etalonlar kabi doimiy va o’zgaruvchan tarkibli etalonlarga bo’linadi.
Kattalik birligini qayta tiklanadigan klassi bo’yicha asosiy va hosilaviy birliklarni qayta tiklash etalonlariga ajratiladi.
Umuman, o’lchashlar birliligini ta’minlash uchun etalonlar yordamida faqat asosiy birliklarni markazlashtirilgan tarzda kayta tiklash etarli. Hosilaviy birliklarning o’lchamlari esa maxsus talablarga qattiq rioya qilingan holda bilvosita o’lchashlar yo’li bilan olinishi mumkin. Lekin, o’lchash aniqligining umumiy darajasini ko’tarish uchun zamonaviy texnologiyalar uchun zarur va birlik o’lchamlarini uzatish operativligini (tezkorligini) ko’tarish uchun etalonlar yordamida hosilaviy birliklarni ham qayta tiklash keng qo’llaniladi.
Birlikni qayta tiklash aniqligining darajasi bo’yicha va metrologik tobeligi bo’yicha etalonlar birlamchi, ikkilamchi va ishchi etalonlarga bo’linadi.

Yüklə 474,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin