Xalqaro etalonlar - Milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va saqlanadigan birliklar o’lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro kelishuv bo’yicha xalqaro asos sifatida qabul qilingan etalon.
Misol - O’lchovlar va tarozilar xalqaro byurosi (O’TXB) da saqlanadigan kilogrammning xalqaro timsoli 1-chi o’lchovlar va tizimlar bosh konferensiyasi (O’TBR) da tasdiqlangan. Rasmda massa birligi (kilogramm)ning xalqaro etalonining tashqi ko’rinishi keltirilgan. 1889 yili O’lchashlar va tarozilar bosh konferensiyasi (O’TBR) da tasdiqlangan kilogrammning xalqaro timsoli platina iridiyli qotishma toshidan tarkib topadi (90% Pt, 10% Ir). Birlamchi etalonni saqlashda uni muntazam ravishda tadqiq qilish, shu jumladan birlikni qayta tiklash va saqlash aniqligini oshirish va uning o’lchamini uzatish usullarini takomillashtirish maqsadida boshqa davlatlarning milliy etalonlariga solishtirish ishlari bajariladi. Davlat etalonlarini saqlash ishlariga rahbarlik qilish uchun maxsus lavozimli shaxslar - mazkur sohada etakchi metrolog mutaxassislar ichidan tayyorlanadigan davlat etalonlarini saqlovchi olimlar toifasi belgilanadi. Etalonni saqlash deganda etalonning metrologik tavsiflarini belgilangan chegaralarda saqlash uchun zarur bo’lgan amallar majmui tushuniladi. rasm. Massa birligining xalqaro timsoli.
Milliy etalonlarni saqlovchi olimlarni metrologiya bo’yicha Milliy organ (O’zbekistonda - «O’zstandart» agentligi) tayinlaydi. Etalonlar maxsus davlat metrologik xizmat markazlarida saqlanadi. Ishchi etalonlar ham mahkama metrologik xizmati va yuridik shaxs metrologik xizmati idoralarida ularning sohasiga va belgilangan qoidalarga muvofiq saqlanadi. Davlat birlamchi va ikkilamchi etalonlarning majmui o’lchashlar birliligini ta’minlashda asos bo’ladigan mamlakatning etalon bazasini hosil qiladi. O’zbekistonda bu tashkilot O’zbekiston Respublikasining milliy etalonlar markazi hisoblanadi. Etalonlar soni doimiy bo’lmaydi, balki mamlakat xalq xo’jaligining ehtiyojlariga bog’liq ravishda o’zgaradi. O’lchash ishchi vositalarining doimiy rivojlanishi va o’lchash vositalari parkini kengayib borishi sababli vaqt o’tishi bilan etalonlar sonini oshib borishi kuzatiladi. Jahon hamjihatligi mamlakatlari iqtisodining globallashtirilishi va iqtisodiy, savdo va texnologik integrasiyaning keng miqyosda rivojlanishi o’lchashlar birliligini ta’minlash bo’yicha ishlarni global masshtabda o’tkazish zarurligini anglatadi. Chunki ishonarli o’lchash informasiyasi sinov natijalarining o’zaro tan olinishini tasdiqlaydigan va mahsulot va xizmatlarning muvofiqligini tasdiqlash va jami baholash infrastrukturasini asosi bo’ladi. Bu o’z navbatida, kattalik birliklarini turli mamlakatlar etalonlari bilan qayta tiklanadigan o’lchamlarini doimiyligi va majburiy kelishishligiga qattiq talablar qo’yadi. Bu talablarni ta’minlash uchun milliy etalonlar xalqaro va (yoki) davlatlararo etalonlar bilan solishtirilishi kerak bo’ladi va agar bu boshqa mamlakat milliy etalonlari bilan zarur bo’lsa.