O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


-Modul “Tarbiya” fanini o’qitish metodikasi amaliyoti 11-mavzu: “Tarbiya” fanini o’qitishning amaliy asoslari Reja



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə26/53
tarix15.06.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#130410
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
talimda tarbiya fanini o\'qitish metodikasi

3-Modul “Tarbiya” fanini o’qitish metodikasi amaliyoti 11-mavzu: “Tarbiya” fanini o’qitishning amaliy asoslari Reja:


  1. ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning huquqiy asoslari

  2. ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning tashkiliy asoslari

  3. ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning ijtimoiy asoslari

Tayanch tushunchalar:
Tarbiya, fan, o‘qitish, amaliyot, asos, huquq, tashkiliylik, ijtimoiylik, bilim, ko‘nikma, malaka.

Tarbiya” fanini o’qitishning huquqiy asoslari. Oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning huquqiy asoslarini chuqur o‘zlashtirishi lozim.


Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning huquqiy asoslari quyidagilardan iborat:
- O‘zbekiston Respublikasi ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonuni;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil
............ ―Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida ―Tarbiya‖ fanini bosqichma-bosqich tashkil etish to‘g‘risida‖gi Qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligining 2020 yil 26 noyabrdagi Buyrug‘i bilan tasdiqlangan ―Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning davlat ta‘lim standartlari, malakalari, o‘quv rejalari va dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida‖gi Qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi ―Uzluksiz ma‘naviy tarbiya Konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi Qarori;
- umumiy o‘rta ta‘lim maktabalarining 1-11 sinflar uchun ―Tarbiya‖ fani darsliklari;
-―Tarbiya‖ fani o‘qituvchisining kitobi.
Oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bu hujjatlarni o‘zlashtirishi va ularni kasbiy faoliyatida qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak. Chunki mazkur huquqiy asoslar ―Tarbiya‖ fanini maqsadli o‘qitishda tayanch hisoblanadi. Ko‘pgina ilg‘or o‘qituvchilarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, muayyan fanni o‘qitishda huquqiy asoslarga tayanilganligi uchun kasbiy muvaffaqiyatga erishgan. Shu sababli oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bu huquqiy asoslar mustaqil ta‘lim mashg‘ulotlari va amaliy mashg‘ulotlarning seminarlari vositasida o‘zlashtirilishi shart.
―Tarbiya‖ fanini o‘qitish vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining quyidagi tarbiya jarayoni amalga oshiriladi:
- o‘quvchilarni huquq tushunchalari bilan tanishtirish;
- o‘quvchilarning dastlabki bosqichda huquqiy ongini shakllantirish;
- o‘quvchilarni huquqiy munosabatlarga o‘rgatish;
- o‘quvchilarda o‘zgalar huquqini hurmat qilish ko‘nikmasini shakllantirish.
Bu ishlarni amalga oshirishda ―Tarbiya‖ fani mashg‘ulotlarining amaliy qismlarini sinfdan tashqari mashg‘ulotlar vositasida o‘tish tavsiya etiladi. Misol uchun, maxsus muzeylarga tashrif chog‘ida o‘quvchilarning huquqiy tushunchalarini shaklantirish imkoniyatlari
yuqoriligi bilan muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘quvchilar muzey eksponatlari orqali ularni asrash, saqlash va ehtiyot qilish kabi huquqiy tushunchalarga ega bo‘ladi.
Qishloq hududlarida joylashgan maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mahalla fuqarolar yig‘inlarida mashg‘ulot o‘tkazish o‘quvchilarning huquqiy ongini shakllantirishda qo‘l keladi. Chunki mahalla fuqarolar yig‘inlarida me‘yoriy-huquqiy hujjatlar va ish yuritish amaliyoti mavjud.
―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning huquqiy asoslari amaliyotga yo‘naltirilganligi bilan o‘ziga xos xususiyatga ega. Mazkur fanning imkoniyatlaridan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini maqsadli tarbiyalashda oqilona foydalanish fan o‘qituvchisi va Sinf rahbarining asosiy vazifasidir.
Tarbiya” fanini o’qitishning tashkiliy asoslari. Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning tashkiliy asoslarini mashg‘ulotlarni an‘anaviy va noan‘aviy shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda ayniqsa o‘qitishning masofaviy, elektron-modulli shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayni paytda, mazkur fanni o‘qitishda ta‘limning Dars shaklidan oqilona foydalanish kutilgan samarani beradi.
Ta‘limning Dars shakli quyidagi asoslarda tashkil etiladi:
- har bir dars ―Tarbiya‖ fanining mavzulari bo‘yicha majburiy, rivojlantiruvchi va tarbiyaga yo‘naltirilganlik shaklida tashkil etiladi;
- darsning quyidagi didaktik tuzilmasiga qat‘iy amal qilish lozim:

  1. har bir darsning maqsad va vazifasini aniq belgilab olish;

  2. eng zaruriy topshiriqlarni ishlab chiqish va unda mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning bilim hamda ko‘nikmani o‘zlashtirishini belgilash;

v) mavzu materiallarini yangi ma‘lumotlar va axborotlar bilan yoritish;
g) mashg‘ulot davomida amalga oshiriladigan suhbat yoki trening shakllarini belgilash;

  1. dars so‘ngida mashg‘ulotga yakun yasash;

  2. o‘quvchilarga uy vazifasini berish;

    • darsning mazmunini davlat ta‘lim standartlari va malaka talablariga qat‘iy rioya qilgan holda tashkil etish;

    • har bir darsning o‘ziga xos tuzilmaga ega bo‘lishiga erishish;

    • har bir darsda zamonaviy texnik vosilardan unumli foydalanish.

E‘tibor berilsa, boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning tashkiliy asoslarida zamonaviy va texnologiyalarga asoslangan ta‘limning Dars shaklidan oqilona foydalanish samarali hisoblanadi. Bunda har bir darsning qiziqarli, esda qolarli va samarali bo‘lishiga erishish tavsiya etiladi.
Hozirgi zamon Pedagogikasida bir necha dars shakllari e‘tirof etilgan. ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda bunday dars shakllaridan quyidagilari muhim o‘rin tutadi:

  1. didaktik dars – bunday darsda asosiy e‘tibor mavzularning o‘quvchilar tomonidan to‘liq o‘zlashtirilishi va o‘quvchilar odob- axloqqa yo‘naltirilishiga qaratiladi;

  2. rivojlantiruvchi dars – darsning bu shaklida o‘quvchilarning bilim va tushunchalarini rivojlantirib borish nazarda tutiladi;

v) muammoli dars – bu dars shaklida har bir mavzu bo‘yicha muammolar ishlab chiqiladi va ularning yechimini topish uchun o‘quvchilarga taqdim etiladi;
g) dasturli dars – bunday dars shaklida kolmpyuter dasturlari asosida mavzularni o‘tish nazarda tutiladi.
E‘tibor berilsa, mazkur dars shakllarining barchasi ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish jarayoniga tatbiq etilishi mumkin. Buning uchun bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari oliy pedagogik ta‘lim jarayonida pedagogik turkumdagi fanlar vositasida darslar tipologiyasini chuqur o‘zlashtirishi taqozo etiladi.
Tarbiya” fanini o’qitishning ijtimoiy asoslari. Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning ijtimoiy asoslarini bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari chuqur o‘zlashtirishi shart.
Mazkur ijtimoiy asoslarning eng muhimlari quyidagilar tashkil etadi:
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiya ishini amalga oshirishda ularning jismoniy, aqliy, sensor va ruhiy imkoniyatlarini qat‘iy hisobga olish;
- tarbiya darslari va tarbiyaviy tadbirlarni qiziqarli, qulay va oson shakllarda tashkil etish;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiyasi jarayonida ularning huquqlari va qiziqishlarini ustuvor bilish;
- o‘quvchilarni ijodiy va mustaqil fikrlashga ko‘niktirish;
- o‘quvchilarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va tashabbuskor o‘quvchilarni rag‘batlantirib borish;
- tarbiya ishida jazolash metodidan foydalanmaslik.
Bunday yondashuv ta‘lim tizimimizdagi yangi ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning ijtimoiy asoslarini tashkil etadi. Chunki bu fan vositasida shaxsning va jamiyatning tarbiyaga bo‘lgan ehtiyoji amalga oshiriladi. Milliy va jahon halqlarining tarbiyaga oid tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining manfaatlari ustuvor qo‘yilsa kutilgan samarani beradi.
―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning ijtimoiy asoslari mazkur fan bo‘yicha oliy ma‘lumotli va professional o‘qituvchilar tayyorlashgi taqozo etadi. Shu sababli mazkur ―Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodikasi‖ fani ishlab chiqildi. Mazkur fan vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining quyidagi kasbiy kompetentsiyalarini shakllantirish nazarda tutiladi:
-―Tarbiya‖ fanining nazariy, metodologik, didaktik va texnologik asoslari bilan talabalarni qurollantirish;
- tarbiya nazariyasining eng muhim jihatlari va metodlari bilan talabalarni tanishtirish;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashnirng pedagogik, psixologik va ijtimoiy asoslari bo‘yicha talabalarga bilim berish;
-―Tarbiya‖ fani vositasida boshlang‘ich ta‘limda amalga oshiriladigan tarbiya jarayonini muvofiqlashtirish ko‘nikmasi bilan talabalarni qurollantirish.
Bularning barchasi oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishga tayyorlashda asos hisoblanadi.
Ayni paytda, mazkur fandan tashqari oliy pedagogik ta‘lim jarayonida ―Tarbiyaviy ishlar metodikasi‖ fani ham o‘qitilmoqda. Ushbu
fan vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarbiyaviy tadbirlar bo‘yicha kompetentsiyasi shakllantiriladi. Shu ma‘noda ushbu fan ―Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodikasi‖ fani bilan integratsiyalashuvi taqozo etiladi.
Bugungi kunga qadar ta‘lim tizimimizdagi asosiy kamchilik aniq, gumanitar va tabiiy fanlarni o‘qitishda ijtimoiy asoslarni hisobga olmaslik bilan belgilanadi. Shu sababli oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich ta‘limda
―Tarbiya‖ fani o‘qitishning ijtimoiy asoslarini chuqur o‘zlashtirishi shart.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin