Fannio’qitishningtayanchmexanizmlari. Oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga o‘qitiladigan ―Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodikasi‖ fanini o‘qitishda tayanch mexanizmlarga tayanish muhim o‘rin tutadi.
O‘qitishning amaliy mexanizmlari auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarga asoslanadi. Shu ma‘noda oliy pedagogik ta‘lim jarayonida ―Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodikasi‖ o‘qitishda ta‘limning quyidagi tayanch mexanizmlariga tayanish kutilgan samarani beradi:
ushbu fanni o‘qitishda auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar hisoblangan ekskursiyalar, uchrashuvlar, to‘garaklar, klublar va tanlovlar imkoniyatlariga tayanish;
mazkur fanni o‘qitishda chuqurlashtiruvchi mashg‘ulotlar hisoblanuvchi maxsus kurslar, to‘garaklar va hamkorlik darslarining imkoniyatlaridan oqilona foydalanish;
V) bu fanni o‘qitishda, misol uchun, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida tashkil etilgan ―Pedagogik ta‘lim innovatsion klasteri‖ kabi amaliy tuzilmalarning hamkorligiga tayanish;
G) ushbu fanni o‘qitishda ta‘lim oluvchilarning ijodkorligi, ijodiy ishlanmalari va loyihalari taqdimotlariga tayanish.
O‘qitishning bunday tayanch mexanizmlari vositasida
―Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodikasi‖ o‘quv fani kutilgan darajada amalga oshiriladi. Mazkur amaliy mexanizmlar vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida quyidagi amaliy ko‘nikmalarning shakllantirilishiga erishiladi:
- nazariy bilimdonlik;
- tarbiyaviy ko‘nikmalik;
- kasbiy faollik;
- pedagogik ijodkorlik.
―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda nazariy bilimdonlik mazkur fanning metodologik, didaktik va amaliy asoslarini chuqur o‘zlashtirishga, tarbiyaviy ko‘nikmalik ushbu fan bo‘yicha o‘quvchilar tarbiyasini izchil amalga oshirishga, kasbiy faollik o‘qituvchining samarali faoliyatiga hamda pedagogik ijodkorlik esa fanni o‘qitishda turli metodlar va texnologiyalarga asoslanishni nazarda tutadi. Shu sababli bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning tayanch mexanizmlarini o‘zlashtirishda mazkur ko‘nikmalarni va kompetensiyalarni o‘rganish taqoza etiladi. Bu borada ayniqsa, keyingi paytlarda pedagogik ijodkorlik masalasi ilk rejaga chiqmoqda. Haqiqatan ham, ―Tarbiya‖ fani kabi yangi o‘quv predmetlarini o‘qitishda pedagogik ijodkorlik tayanch mexanizmlardan biridir.
Pedagogik ijodkorlik ushbu fanni noan‘anaviy dars shakllarida, axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida o‘qitishga va muntazam ravishda individual o‘qitish uslubini takomillashtirib borishga asoslanadi. Shu sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari oliy pedagogik ta‘lim jarayonida pedagogik ijodkorlik bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lishi va uning asoslari bilan qurollanishi taqoza etiladi. Bularning barchasi ―Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodikasi‖ o‘quv predmeti asosida amalga oshiriladi.
Bunday amaliy mexanizmlardan foydalanish ―Tarbiya‖ fanini butunlay yangi asoslarda o‘qitish tizimining tarkib topishiga olib keladi.
E‘tibor berilsa, oliy pedagogik ta‘lim jarayonida ―Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodikasi‖ o‘qitishning klaster, monitoring va tayanch mexanizmlari bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini amaliy jihatdan tarkib toptirish asosiy vositalardan hisoblanadi.
Mustahkamlashuchunsavollarvatopshiriq: ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning klaster mexanizmi deganda nimalarni tushunasiz?
Fanni o‘qitishning monitoring mexanizmlarini nimalar tashkil etadi?
Fanni o‘qitishning amaliy mexanizmlarining mazmuni nimalardan iborat?
Quyidagi kitobni o‘qib chiqing: Muxamedov G‘., Xudjamkulov
U. Pedagogik ta‘limning innovatsion klasteri. –Chirchiq, 2020.