O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə47/90
tarix11.08.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#139190
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   90
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus

Birgalik nisbat
Bu nisbatdagi fe’lda ish-harakat bir necha sub’ekt tomonidan birgalikda bajariladi. Masalan: Ayollar chaqaloqqa ko‘z tegmasligi uchun qilinadigan irim-sirimlarini bitirishgach, bolani beshikka belashdi (O‘.Hoshimov) gapida bitirishgach, belashdi fe’llari anglatgan harakatning bir necha sub’ekt, ya’ni ayollar tomonidan birgalikda bajarilganini anglatadi.
Birgalik nisbatdagi fe’l quyidagicha yasaladi:
a) fe’l negiziga unlidan so‘ng –sh, undoshdan so‘ng –ish affiksini qo‘shish bilan: sana-sh(di), yugur-ish(di) kabi;
b) so‘z o‘zagiga –lash (-laQ-sh qo‘shma affiksi) affiksini qo‘shish bilan: yordam-lash(di), bahs-lash(di) kabi.
Orttirma nisbat
Bu nisbat shaklida harakat grammatik sub’ekt (ega)ning boshqa bir sub’ekt yoki ob’ektga ta’siri, tazyiqi bilan bajariladi.
Masalan: Biz Hamid Olimjon bilan bunday oydin, musaffo kechalarni ko‘p o‘tkazganmiz (G‘ .G‘ .) gapida ikkita sub’ekt mavjud bo‘lib, asosiy sub’ekt vositali to‘ldiruvchi (Hamid Olimjon bilan), ikkinchi darajali sub’ekt esa ega (Biz) vazifasida qo‘llangan bo‘lib, o‘tkazganmiz harakati sub’ektning sub’ektga ta’siri natijasida bajarilgan.
SHuningdek, orttirma nisbatdagi fe’lda faqat bir sub’ekt mavjud bo‘ladi. Bunday holda harakat ob’ektga (to‘ldiruvchiga) o‘tadi. Masalan: U kitob keltirdi kabi.
Orttirma nisbat fe’l negiziga quyidagi affikslarni qo‘shish bilan yasaladi:
a) fe’l negiziga –t affiksini qo‘shish bilan: qisqart, boyit kabi;
b) fe’l negiziga –tir (-dir) affikslarini qo‘shish bilan: keltir, chaqirtir, kuldir, buzdir kabi;
v) sh, ch, t, undoshlari bilan tugagan fe’l negizlariga –ir affiksini qo‘shish bilan: shoshir, ichir, botir kabi;
g) oxiri undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli fe’l negizlariga –ar affiksini qo‘shish bilan: chiqar, qaytar kabi;
d) oxiri undosh bilan tugagan fe’l negizlariga -g‘iz, -giz, -qaz, -g‘az, -kaz, -qiz, -kiz affikslarini qo‘shish bilan: turg‘iz, egiz, o‘tkaz, qutqaz, yutqiz, etkiz kabi;
e) oxiri m, q undoshlari bilan tugagan fe’l negizlariga –iz affiksini qo‘shish bilan: tomiz, oqiz, boqiz kabi;
yo) fe’l negiziga –sat (-saQ-t qo‘shma affiksi) affiksini qo‘shish bilan: ko‘rsat (faqat ko‘r fe’l negiziga qo‘shiladi) kabi.
14-ma’ruza FE’L MAYLLARI KATEGORIYASI
REJA:
1.Fe’lmayllariularninguzigaxosxususiyatlari.
2.Tuliksizfe’llar
Ish-harakatning voqelikka munosabatini ko‘rsatuvchi grammatik kategoriyaga fe’l mayli deyiladi. Mayl kategoriyasi grammatik zamon (o‘tgan, hozirgi, kelasi) va grammatik shaxs (bajaruvchi) bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, hammasi birgalikda fe’lning tuslanish tizimiga kiradi. Fe’l mayllarida voqelik bilan bog‘liq ravishda ish-harakatning bajarilish xususiyatlari turlicha bo‘ladi. Masalan: 1) Havo sovuq, osmonda zahardek achchiq qor uchqunlari erinchoq kezadi (O‘.Hoshimov). 2) YOshlikda zaxmat chekib, ilm o‘rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan. (Koshifiy). 3) So‘zlayotgan kishining o‘ziga emas, so‘ziga e’tibor qil (Monteske. Tafakkur gulshani). Bu misollarning birinchisida kezadi fe’li ish-harakatning aniq bajarilishini, ikkinchisida o‘rgansang, egallasang fe’llari ish-harakatning bajarilishi uchun shart qilib olingan harakat ma’nosini, uchinchi misolda esa e’tibor qil fe’li ish-harakatning bajarilishi haqidagi buyruq, maslahat ma’nosini anglatgan. Demak, fe’l anglatgan ish-harakat voqelikka munosabatiga ko‘ra aniqlik, shart (istak), buyruq (istak) kabi qo‘shimcha modal ma’nolarni ifodalaydi. SHunga ko‘ra fe’llar, asosan, 3 fe’l mayli ko‘rinishiga ega: 1) aniqlik mayli, 2) shart mayli, 3) buyruq-istak mayli.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin