Oliy majlis va uning faoliyati. “Oʼzbekiston Respublikasi Oliymajlisiga saylov toʼgʼrisidagi” Qonun loyihasi 1993 yil 4 sentyabrdamatbuotda eʼlon qilindi. Respublikadagi koʼplab yetakchi olimlar,huquqshunoslar, mutaxassislar uning muhokamasida ishtirok etdilar.Natijada mazkur Qonun loyihasiga bir qancha oʼzgartirishlar kiritildi.1993 yil 28 dekabrdagi Oliy kengashning oʼn toʼrtinchi sessiyasi “OʼzbekistonRespublikasi Oliy majlisiga saylov toʼgʼrisida”gi Qonunni qabul qildi.Oliy majlisga birinchi saylovlar 1994 yil 25 dekabrda boʼlib oʼtdi.Birinchi turda 205 ta deputat, qolgan ikki turda (1995 yil 8 va 22 yanvar) 45ta deputat (jami 250 ta) saylandi.
Oliy majlis - Oʼzbekiston Respublikasining oliy vakillik va qonunchiqaruvchi organi hisoblanadi. U ikki palatadan iborat boʼlib, quyi palata –Qonunchilik palatasi, yuqori palata – Senat deb nomlanadi. Qonunchilikpalatasi saylov okruglari boʼyicha koʼppartiyaviylik asosida saylanadigan120 nafar deputatdan iborat. Qonunchilik palatasini ishi palata barchadeputatlarning professional doimiy faoliyat koʼrsatishiga asoslanadi.Qonunchilik palatasining vakolat muddati – besh yil. Vakolat muddatitugagach, u yangi Qonunchilik palatasi ishi boshlaguniga qadar oʼz faoliyatinidavom ettirib turadi. Oʼzbekiston Respublikasining saylov kuniga qadar 25yoshga toʼlgan hamda kamida besh yil Oʼzbekiston hududida muqim yashayotganRespublika fuqarosi Qonunchilik palatasining deputati boʼlishi mumkin.
Senat – hududiy vakillik palatasi hisoblanib, senatorlarQoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesi, viloyatlar, tumanlar vashaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishliqoʼshma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʼlibilan Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tengmiqdorda – 6 kishidan saylanadi. Yuqori palataning 16 nafar aʼzosi fan,sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyatfaoliyatining boshqa tarmoqlarida katta tajribaga ega boʼlgan hamda alohidaxizmat koʼrsatgan eng obroʼli fuqarolar orasidan Oʼzbekiston RespublikasiPrezidenti tomonidan tayinlanadi.
Oliy majlis tarkibida 12 ta qoʼmita va 4 ta doimiy komissiya mavjud.
Qoʼmitalar:
1. Byudjet, bank va moliya masalalari.
2. Qonunchilik va sud – huquq masalalari.
3. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar.
4. Аgrar, suv xoʼjaligi masalalari va oziq-ovqat.
5. Sanoat, qurilish, transport va aloqa.
6. Iqtisodiyotni isloh qilish va tadbirkorlik masalalari.
7. Ijtimoiy masalalar va bandlik.
8. Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari.
9. Аtrof – muhit va tabiatni muhofaza qilish.
10.Matbuot va axborot.
11.Mudofaa va xavfsizlik.
12.Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning
oʼzini-oʼzi boshqarish organlari.
Dostları ilə paylaş: |