O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


-6 мавзу. Ўзбекистонда демократик, фуқаролик жамияти асосларининг шаклланиши, амалга оширилган сиёсий ислоҳотлар



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə15/79
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#43284
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79
МАЖМУА O'zbekistoning eng yangi tarixi 2020 2021 2

5-6 мавзу. Ўзбекистонда демократик, фуқаролик жамияти асосларининг шаклланиши, амалга оширилган сиёсий ислоҳотлар.

Режа:

1. Миллий давлат бошқаруви тизими. Мустақил Ўзбекистонда ҳокимиятлар бўлиниши принципи.

2. Ўзбекистонда кўппартиявийлик тизимининг шаклланиши ва унинг аҳамияти. Сиёсий партиялар фаолиятидаги хусусиятлар.

3. Ўзбекистонда парламент тизими ва ундаги ислоҳотлар. Ҳуқуқ-тартибот органлари ва суд тизимидаги ўзгаришлар.

4. Ўзбекистонда нодавлат нотижорат ташкилотлар ва уларнинг сиёсий, ижтимоий ҳамда иқтисодий жараёнлардаги иштироки.

5. Ижтимоий-шерикчилик. Ўз-ўзини бошқарув органларининг фаолияти ва уларнинг жамиятни демократлаштиришдаги ўрни.

6. Ўзбекистонда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. Инсон ҳақ-ҳуқуқларини таъминлаш ва ҳимоя қилиш. Ўзбекистон Республикаси Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлигининг ташкил этилиши ва фаолияти.
Oʼzbekistonda Prezident Institutining joriy etilishi. Sobiq ittifoq Respublikalari orasida birinchi boʼlib Oʼzbekistonda Prezidentlik lavozimi joriy etilgan edi. Davlat boshqaruvining Prezidentlik Instituti 1990 yilning 24 martida “Oʼzbekiston SSR Prezidenti lavozimini taʼsis etish va Oʼzbekiston SSR Konstitutsiyasi(asosiy qonuni)ga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisidagi” qonun bilan joriy etilgan edi. Oʼz SSR Oliy Soveti oʼn ikkinchi chaqiriq birinchisessiyasida I.А Karimov Prezident etib saylandi. Oʼsha sessiyada qilingan maʼruzada I.А Karimov shunday degan edi “....Bugun yuzaga kelgan vaziyatda Oʼzbekiston SSR Prezidenti lavozimini taʼsis etish muhim ahamiyat kasb

etmoqda. ......Respublikada yakka boshliq lavozimining joriy etilishi Ittifoq miqyosida boʼlganidek, qonunlar va davlatning boshqa qarorlarini ijro etish omillarini mustahkamlashga, demak, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo va boshqa sohalarda qayta qurish jarayonlarini tezlashtirishga koʼmaklashishi shubhasizdir”.

1991 yil 29 dekabr va 2000 yil 9 yanvarda toʼgʼridan-toʼgʼri umumxalqsaylovlari muqobillik asosida oʼtkazilib, unda I.Karimov Prezident etib saylandi. Oʼzbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasiga muvofiq Prezident – hokimiyatlar boʼlinishi printsipiga rioya qilinishida davlat mexanizmi uchun eng muhim institutdir.

Maʼlumki, “prezident” atamasi lotincha “praesidenso”, soʼzidan olinganboʼlib, aynan tarjimasi “oldinda oʼtiradigan” degan maʼnoni beradi. Butushuncha konstitutsiyaviy-huquqiy maʼnoda davlat boshligʼini anglatadi.

Hozirgi kunda dunyodagi 130 dan ortiq davlatlarning hokimiyat tizimida prezidentlik instituti mavjud. “Prezident” atamasi oʼzining hozirgi maʼnosida 1787 yilgi АQSh konstitutsiyasida mustahkamlanib, АQShda prezidentlik joriy etilganidan boshlab ishlatilib kelinmoqda.Prezidentni davlatning markaziy boshqaruv organlari tizimida tutgan oʼrni davlat boshqaruvining shakliga bogʼliq. Аgar mamlakatda davlat boshqaruvining parlamentar respublika turi oʼrnatilgan boʼlsa, u holda Prezident faqat davlat boshligʼi vazifasini bajaradi va u ijroya hokimiyatiga rahbarlik qila olmaydi. Shuning uchun ham boshqaruvning parlamentar respublika shaklida Prezident davlat organlari tizimida markaziy oʼrinni egallamaydi. Boshqaruvning Prezidentlik respublikasi shaklidagi davlatlarda esa Respublika Prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshligʼi hisoblanadi. U davlat boshqaruv organlari tizimida markaziy oʼrinni egallaydi.

Davlat boshligʼi sifatida Prezident davlat hokimiyati boshqaruvorganlarida yetakchi va muvofiqlashtiruvchi rol oʼynaydi. Prezident davlatichida va xalqaro munosabatlarda Oʼzbekistonning Oliy vakilligini amalgaoshiradi. Davlat boshligʼi oʼzida u yoki bu hokimiyat tarmogʼini emas balki,davlat va butun davlat hokimiyatining birligini namoyon etadi.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin