Demokratiyani yanada chuqurlashtirish. Ko`ppartiyaviylik. Mustaqillik yillarida 0`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan keng qamrovli o`zgarishlarni mushohada qilar ekanmiz, mamlakatda yangi demokratik qadriyatlar ildiz otganini, inson haq-huquqlari va uning erki asosi bo'lgan huquqiy davlat va fugarolik jamiyatiga mos zamonaviy tuzilmalar shaklianganini qayd qilmoq lozim. Ana shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, eng avvalo demokrati-ya, uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o`mi, hozirgi zamon jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining borishi va demokratik tamoyillar xususida fikrlashib olmoq lozim. Demokratiya kishilik tarixida insonning ongli hayoti boshlangan davrdan boshlab uning erk-u irodasini, xohish-istagini belgilaydi-gan mezon bolib kelmoqda. Albatta, bu borada kishilik jamiyati shakllanish davridan tortib to sivilizatsiyalashgan turmush tarzi, har jihatdan chuqur ildiz otgan davlatchilik va shu asosda ma'lum tartib-qoidaga kirib qolgan aniq yo`nalishlar o`rtasida katta farq bor. Chunki, asrlar mobaynida vaqt o`tgani sayin odamlar dunyo-qarashi o`zgarib, talab-ehtiyojlari tabiiy ravishda oshib bordi. Bu insonning erkin va ozod yashash kabi ehtiyojining mahsulidir. Demokratiya bevosita jamiyat taraqqiyoti, uning siyosiy, huqu-qiy, ma'naviy va boshqa jihatlari bilan birga ana shu jamiyatni tash-kil etgan aholi umumiy dunyoqarashini o'zida mujassam etadi. Har qanday davlat o`z huquqiy asosiga, siyosiy rejimiga, boshqaruvidagi aniq tamoyillariga ega bo'lmasa, fixprolar esa o`z haq-huquqlarini himoya qilish bilan birga jamiyat va davlat oldidagi, o`z mamlakati istiqboli yogidagi vazifalari va burchlarini to`la anglab olmagan taq-dirda demokratiya torn ma'nodagi mazmuniga va jahon tajribasida isbot qilingan mohiyatiga ega bo`la olmaydi.
Mustaqillik yillarida davlat hayotining yangi demokratik huquqiy asoslari yaratildi. Davlat tushunchasi, uning ma'no, mohiyati tubdan o`zgardi. U islohotlarning bosh tashabbuskori hamda ulami muvofiqiashtiruvchi asosiy kuchga aylandi. Davlat bozor munosabatlariga vazminlik bilan, puxta o`ylangan holda, bosqichma-bosqich o`tishni amalga oshirmoqda. Yana shuni ham ta'kidlash lozimki, mustaqillik yillarida xalqimizning o`z xohish-irodasini erkin ifoda etishini ta'minlovchi saylov tizimi shakllandi va qonun bilan mustahkamlandi. Jumladan, dunyoda eng rivojlangan demokratik davlatlarda ham 0`zbekistonda qabul qilingan «Saylovchilar huquqlarining kafolatlari to`g`risida»gi Qonunga o`xshash qonunlar yo`q. 1994-yil oxiri, 1995-yil yanvarida 0`zbekiston tarixida birinchi marta mamlakat Parlamenti — Oliy Majlisga, mahalliy vakillik or-ganlariga ochiq, demokratik saylovlar o`tkazildi. Saylovlar xalqimizning siyosiy saviyasi faolligi yuksalib bora-yotganini namoyish etdi.
Ma'lumki, demokratik tartibot siyosiy hokimiyatni amalga oshirishning keng tarqalgan zamonaviy shaklidir. Unda demokratik institutlar, siyosiy erkinliklar bo`lishiga, mehnatkashlaming turli tashkilotlar atrofida birlashishiga imkon beriladi. Shuning uchun ham O`zbekiston Parlamenti fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash maqsadida mamlakatda avvalo ko`ppartiyaviylik, oshkoralikni ftqarolaming jamoat tashkilotlari orqali huquqlarini ta'minlashga qaratilgan muhim qonunlar qabul qildi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida» (1991-yil 14-iyun), «Jamoat tashkilotlari to `g`risida» (1991-yil 15-fevral), «Ommaviy axborot vositalari to`g`risida» (1991-yil 14-iyun), «Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari to`g`risida» (1992-yil 2-iyul) qonunlari ana shular jumlasidandir. Oliy Majlisning 1996-yil dekabrda bolgan VII sessiyasida «Si-yosiy partiyalar to`g`risida»gi qonun umumxalq muhokamasidan so’ng qabul qilindi. Jumladan, qonunda: «Siyosiy partiya — qarash-lari, qiziqishlari va maqsadlari mushtarakligi asosida tuzilgan, ja-miyat muayyan qismining davlat hokimiyatini shakllantirishdan iborat siyosiy irodasini ro`yobga chiqarishga intiluvchi hamda o`z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi 0`zbekiston fimarolarining ko`ngilli birlashmasidir», deyiladi. Bugungi kunda respublikada aholining turli toifalarini birlashtir-gan 5 to siyosiy partiya faoliyat ko`rsatmoqda.
Jumladan, 0`zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) 0`zbekiston mustaqilligi yillarida shakllandi. Bu partiya 1991-yil 1-noyabrda Toshkentda bo`lib o`tgan ta'sis qurultoyida tuzilgan. XDP 0`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1991 yil 15 noyabrda ro`yxatga olingan.
Partiya mamlakatda adolatli jamiyat qurish, uning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, 0`zbekiston xalq1ari o`rtasida tinchlik, osoyishtalik, fuqarolar totuvligini ta'minlash, har bir mehnatkashning moddiy va ma'naviy turmushini yaxshilash, fugarolarning teng konstitutsiyaviy haq-huquqlarini himoya qilishni o`z oldiga maps ad qilib qo'ygan.
0`zbekiston XDPsining oliy organi — qurultoy 5 yilda bir manta chaqiriladi. Unda partiyaning rahbar organlari saylanadi. 0`zbekiston XDP parlament partiyasidir. 0`z a'zolaridan Oliy Majlis va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar paytida nomzod-lar ko`rsatib davlat hokimiyati organlarining barcha bo`g`inlarida ishtirok etadi.
0`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevraldagi qarori bilan partiyaning 69 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro`yxatga olindi. 1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari 0`zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga saylangan deputatlardan 48 nafari Xalq Demokratik partiyasiga mansub a'zolardir. Hozirda 0`zbekiston XDPsi tarkibida 218 viloyat, shahar va tuman kengashlari, 13 ming 665 boshlang`ich, jumladan, 3952 hududiy tashkilotlar ish olib bormoqda. Uning 420 mingga yaqin a'zosi bor. 0`zbekiston XDPsining «O`zbekiston ovozi», «Гoлoc Узбекистана» gazetalari nashr etilmoqda. XDP V qurultoyi qarori bilan 2006-yil yanvar-iyun oylarida partiya a'zolari qayta ro`yxatdan o`tkazildi. 2007-yil 1 yanvariga ko`ra uning safida 344 mingga yaqin a'zo bor. Ayni paytda XDPning barcha viloyatlar, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Toshkent shahar tashkilotlari mavjud. Ular tarkibida jami 11576 to boshlang`ich partiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda. 0`zbekiston istiqloli yillarida siyosiy kuch sifatida shakllangan partiyalardan yana biri «Vatan taraqqiyoti» (VTP) partiyasidir. U 1992-yil 24-mayda Toshkentda bo`lib o`tgan ta'sis qurultoyida tuzilgan. Ushbu qurultoyda uning Dasturi, Nizomi qabul qilinib, 0`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1992-yil 10-iyulda ro`yxatga olgan. Partiyaning asosiy maqsadi mustaqil 0`zbekiston Respublikasida yashayotgan barcha millat va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy demokratiya prinsipla-riga asoslangan, yangi ijtimoiy munosabatlar qaror topgan adolatli figlarolik jamiyatini qurishdir.
Partiya o`z faoliyatini 0`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, o`z Nizomi va respublikaning boshqa amaldagi qonunlariga muvofiq amalga oshiradi. Partiya faoliyati o`z-o`zini boshqarish, oshkoralik, qonuniylik, xayrixohlik, partiya hayotida faol qatnashish, partiya a'zolarining teng huquqlilik tamoyillariga asoslanadi. Uning ijtimoiy qatlami ziyolilar, tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fermerlar o`rta tabaqa mulkdorlardir. Partiyaning oliy organi Qurultoy, quyi organi esa boshlang`ich partiya tashkiloti yiggilishi. Partiya o'zining a'zolarini Oliy Majlisga, mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar vaqtida nomzod etib ko`rsatadi va davlat hoki-rniyati organining faoliyatida ishtirok etadi. 1995-yil 24-fevralda bo`lib o`tgan 0`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida partiyaning 14 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro`yxatga olindi. Partiya fraksiyasi partiya Markaziy Kengashi Plenumlari, Qurultoylari qarorlariga amal qiladi, ular oldida o`z ishi yuzasidan belgilangan tartibda hisob beradi. Boshqa siyosiy partiyalarning fraksiyalari bilan 0`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo'lmagan masala-lar yuzasidan hamkorlikda ish olib boradi. 1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari 0`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylangan deputatlardan 20 nafari «Vatan taraqqiyoti» partiyasiga mansub a'zolardir.
Dostları ilə paylaş: |