O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə27/79
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#43284
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79
МАЖМУА O'zbekistoning eng yangi tarixi 2020 2021 2

Tayanch sо‘z va iboralar: Iqtisodiy islohotlar. Strategik maqsadlar. Xususiylashtirish. Kichik va о‘rta biznes. Agrar islohotlar. Bozor infratuzilmasi. Mashinasozlik sanoati. Yoqilg‘i mustaqilligi. G‘alla mustaqilligi.
Adabiyotlar rо‘yxati:

1. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. –T.: О‘zbekiston, 1992, 2009.

2. О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1, 2, 3 …12 jildlar.

3. О‘zbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil О‘zbekiston tarixi. –T.: Sharq, 2000. –B. 47-56; 298-238, 298-364.

4. О‘zbekiston tarixi / R. Murtazayeva umumiy tahriri ostida. –T.: Yangi asr avlodi, 2003. –B. 575-592.

5. О‘zbekiston tarixining muhim sanalari (eng qadimgi davrlardan bugungi kungacha) / Q. Rajabov [va boshq.]; mas’ul muharrir: I. Saidov. – 3-tо‘ldirilgan va tuzatilgan nashri. –T.: O’zbekiston, 2010.

6. Jo’raev N. O’zbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil O’zbekiston tarixi. – To’ldirilgan, qayta nashr. –T.: G’afur G’ulom, 2009. –B.150-158; 332-410.

7. Usmonov Q. O’zbekiston tarixi. –T.: IQTISOD - MOLIYA, 2006. –B. 418-432.


Istiqlol yillarida jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida tub islohotlar yuz berdi. Bu о‘zgarishlar iqtisodiy hayotimizni ham qamrab oldi. Respublikaning boy imkoniyatlari, geosiyosiy sharoitidan kelib chiqib, О‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonidagi eng muhim vazifalaridan biri bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish masalasi dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi sifatida belgilandi.

О‘tish davrida bozor iqtisodiyoti tushunchasi, unga о‘tish zarurati, bozor iqtisodiyotiga о‘tishning «О‘zbekiston yо‘li» kabi masalalarning tub mohiyatini anglash eng dolzarb masalalaridan biri edi.

Ma’lumki, hozirda rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Yaponiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Rossiya)ning deyarli barchasi bozor iqtisodiyoti yо‘lini tanlagan bо‘lib, shu asosda iqtisodiy taraqqiyotini belgilab kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga о‘tish XX asrga xos bо‘lgan umumjahon voqelikdir. Bozor iqtisodiyotiga о‘tish kishilarning xoxish – irodasi emas, balki obyektiv zaruratdir.

Bozor iqtisodiyoti deganda, tovar – pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillari asosida boshqariladigan iqtisod tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti azaldan mavjud. U bir necha ming yillardan beri rivojlanib, turli iqtisodiy – ijtimoiy tizimlar doirasida saqlanib keladi. Bozor iqtisodiyotiga о‘tish – bu shunchaki maqsad emas, balki iqtisodda bozor munosabatlarini shakllantirish, jamiyatni yangilash yо‘lidir, ya’ni iqtisodiy faoliyat erkinligiga, mulchilikning xilma – xilligiga, narx erkinligiga, raqobat qurashiga, shaxsiy huquq va erkinliklarning qaror topishiga, daromadning cheklanmaganligiga erishish demakdir. Faqat bozor munosabatlari zamonidagina ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish, kо‘plab sifatli mahsulotlar yaratish, ularga bо‘lgan talabni qondirish, tejamli xо‘jalik yuritish, tо‘kinchilik yaratib, xalqning farovon turmushini ta’minlash, halol va samarali mehnatni qadrlash, adolat о‘rnatish mumkin.

Bozor iqtisodiyoti — jamiyat taraqqayotini tezlashtiruvchi iqtisodiy aloqalar majmuidir. Tarixan, bozor iqtisodiyotiga о‘tish eng sо‘nggi navbatda «sotsialistik» mamlakatlar о‘tmoqda. Xalqaro tajribada bozor iqtisodiyotiga о‘tishning bir qancha modellari mavjud bо‘lib, ularni umumlashtirib, bozor iqtisodiyotiga о‘tishning uch turga yoki modelga bо‘lishimiz mumkin:

1. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yо‘li.

2. Mustamlakachilikdan ozod bо‘lib, mustaqil taraqqiyot yо‘liga kirib rivojlanayotgan Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarining yо‘li.

3. Mustaqil Davlatlar Xamdо‘stligi mamlakatlari, boshqacha aytganda, «sotsialistik» rivojlanish yо‘lidan borgan va hozirda bozor iqtisodiyoti yо‘lini tanlagan mamlakatlar yо‘li.

Sobiq sotsialistik mamlakatlarda, jumladan О‘zbekistonda davlatlashtirilgan, о‘ta markazlashtirilgan va yagona bir markazdan boshqariluvchi iqtisodiyotdan — bozor iqtisodiyotiga о‘tish zarurligi quyidagi bosqichlarni amalga oshirishni taqozo etdi:

1. Bozor iqtisodiyotiga о‘tishning huquqiy asoslarini yaratish, ya’ni uni ta’minlovchi yuridik qonunlar tizimini yaratish.

2. Bozor infratuzilmasini shakllantirish. Bun­da bozor iqtisodiyotiga xos aloqalarni о‘rnatishga kо‘mak beruvchi, ya’ni bozorga xizmat kо‘rsatuvchi sohalarni, tashkilot, korxona va muassasalarni yaratish.

3. Mulkchilik va xо‘jalik yuritish usullarini privatizatsiyalash.

4. Narx – navoni liberallashtirish, narxlarni erkin qо‘yib yuborish, narx ustidan davlat nazoratini minimal darajaga keltirish.

Bozor iqtisodiyotiga о‘tishning umumiyligi, masalan, xususiy mulkchilik, iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va takomillashtirishda talab, taklif qoidalarining bir xil bо‘lishi bilan bir qatorda har bir mamlakatning о‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiquvchi yо‘li mavjuddir. Bunda uning xо‘jalik tuzilishi va shart – sharoitlari, joylashgan yeri, tabiati va iqlimi, milliy kelib chiqishi, rasm – ruso’mlari, an’ana va milliy harakteri hamda boshqa omillar sabab bо‘ladi.


Jahon tajribasi shuni kо‘rsatadiki, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul bо‘lgan bir xil taraqqiyot yо‘li, bir xil andoza bо‘lishi mumkin emas. Hozirda bozor iqtisodiyotiga о‘tishning turli modellari mavjud bо‘lib, ular barcha mamlakatlarni bitta manzilga — erkin bozor iqtisodiyoti tizimiga olib keladi. Ammo, bozor munosabatlari shakllanishining sotsial – iqtisodiy, tarixiy, milliy va xalqaro sharoiti har xil bо‘lganligi tufayli, unga о‘tishning milliy xususiyatlari ham mavjud bо‘ladi. Shu nuqtai nazardan biror mamlakatning taraqqiyot yо‘lini yoki taraqqiyot modelini borligicha qabul qilib bо‘lmaydi. Natijada о‘ziga xos yо‘lni tanlash muhim hisoblanadi.

Sobiq tuzumda amal qilgan va markazlashgan ma’muriy boshqarish tizimiga asoslangan iqtisodiyot о‘zining hayotiy emasligini, aholining о‘sib boruvchi ehtiyojlarini ta’minlay olmasligini aniq kо‘rsatdi. Natijada mustaqillik yillarida mamlakat taraqqiyoti uchun О‘zbekistonda bozor munosabatlariga о‘tishning о‘ziga xos yо‘lini ishlab chiqish va bu yо‘lda tub islohotlarni belgilash zarurati yuzaga keldi. О‘zbekistonning taraqqiyot yо‘lini ishlab chiqishga Prezidentimiz I.A. Karimov boshchilik qildi.

Islom Karimov о‘n ikkinchi chaqiriq О‘zbekiston Respubli­kasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 1992 yil 4 yanvardagi IX sessiyasida sо‘zlagan dasturiy nutqida hamda 1992 yil avgust oyida nashr etilgan «О‘zbekistonning о‘z istiqlol va taraqqiyot yо‘li» asarida О‘zbekistonning taraqqiyot yо‘lini har tomonlama puxta belgilab berdi.

О‘zbekistonning о‘ziga xos taraqqiyot yо‘li Islom Karimovning keyingi asarlari, ma’ruza va nutqlarida yangi ma’no – mazmun bilan tо‘ldirilib, aniqlashtirilib borildi. О‘zbekistonda ijtimoiy yо‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga о‘tish modeli Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi. Besh tamoyilini о‘z ichiga olgan bu modelning mazmuni va mohiyati Prezidentning 1993 yilda nashr etilgan «О‘zbekiston — bozor munosabatlariga о‘tishning о‘ziga xos yо‘li» nomli asarida asoslab berildi. Bu yо‘l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyot­ning «о‘zbek modeli» deb qabul qilindi. О‘zbek modelini ishlab chiqishda, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xо‘jalik imkoniyatlari, shart – sharoitlari, eski tuzumdan meros bо‘lib qolgan muammolar hisobga olindi.

Quyidagi keltirilgan jadval orqali besh tamoyilning mohiyatini kо‘rishimiz mumkin:

Shunday qilib, О‘zbekistonning о‘ziga xos taraqqiyot yо‘li nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Bu barcha tamoyillar demokratik va iqtisodiy qayta о‘zgartishlar jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etib, hayot sinovidan о‘tdi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanish strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyatimizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning XIV sessiyasida (1999 yil 14 aprel) kuyidagi oltita ustuvor yо‘nalish bilan tо‘ldirildi:

1. Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish.

2. Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish.

3. Kadrlar masalasi.

4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror о‘sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish.

5. Iqtisodiyotda tarkibiy о‘zgarishlarni ta’minlash.

6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz yaxlitligini ta’minlash.

Ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti О‘zbekiston davlat suverenitetining iqtisodiy asosi bо‘lib qoldi. Bu yо‘lni shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, iqtisodiy islohotlarning qо‘yidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:


  • ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodini bosqichma – bosqich shakllantirish, milliy boyliklarning о‘sishini, kishilar turmushi va faoliyati uchun munosib sharoitni ta’minlaydigan kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizim yaratish;

  • kо‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish, kishining mulkdan begonalashuvini bartaraf etish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama о‘sishi uchun asos bо‘ladigan xususiy mulkchilikning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash;

  • korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xо‘jalik ishlariga davlatning tо‘g‘ridan – tо‘g‘ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodni boshqaruvning ma’muriy – buyruqbozlik usullarini yо‘q qilish, iqtisodiy vositalar va rag‘batlantirishlarni keng qо‘llash;

  • moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanishni, raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va jahon iqtisodiyot tizimiga kirib borishini ta’minlaydigan chuqur iqtisodiy о‘zgarishlarni amalga oshirish;

  • iqtisodiyotda chuqur tarkibiy о‘zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish;

  • jahon iqtisodiy tizimiga qо‘shilib borish;

  • kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning dunyoqarashini о‘zgartirish, har bir kishiga о‘z mehnatini qо‘llash sohalari va shakllarini о‘zi mustaqil belgilab olishi uchun imkoniyat yaratish.

Strategik maqsadlar asosida iqtisodiy – islohotlarning asosiy va muhim tomonlari aniq belgilab olindi. Eng avvalo, birmuncha о‘tkir ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni yaqin vaqtlar ichida hal etishga yordam beradigan asosiy tarmoqlarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi.

О‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar quyidagi yо‘nalishlarda amalga oshirildi:



  • mulkiy islohotlar;

  • institutsional va moliya – kredit islohotlari;

  • agrar islohotlar;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat islohotlari;

  • ijtimoiy sohadagi islohotlar.

Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy omillaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir. Shu boisdan islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishga alohida e’tibor berildi. О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, «Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy nuqtalaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir». Shu nuqtai nazardan dastlabki vaqtning о‘zida iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilingan. Bu qonunlarni mazmun – mohiyati jihatidan quyidagi yо‘nalishga bо‘lish mumkin:

1. О‘zbekistonning davlat va uning iqtisodiy mustaqilligining huquqiy negizlarini yaratish, davlatni boshqaruv qoidalarini tartibga soluvchi qonun­lar. Ana shu yо‘nalishda «О‘zbekistan Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari tо‘g‘risida», «Yer osti boyliklari tо‘g‘risida», «О‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tо‘g‘risida», «Mahalliy davlat hokimiyati tо‘g‘risida», «Fuqarolarning о‘zini – о‘zi boshqarish organlari tо‘g‘risida» va boshqa qonunlar qabul qilindi.

2. Mulkchilik munosabatlari va kо‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar. Bu yо‘nalish doirasida mulkchilik tо‘g‘risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tо‘g‘risida, yer tо‘g‘risida, ijara tо‘g‘risida, davlat uy – joy fondini xususiylashtirish tо‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.

3. Xо‘jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni xususiylashtirish, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar, fermer xо‘jaligi, dehqon xо‘jaligi, shirkat xо‘jaligi tо‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi banklar va bank faoliyati, pul tizimi, tadbirkorlik, sug‘urta, birjalar va birja faoliyati tо‘g‘risida, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi tо‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan davlat о‘rtasidagi, korxonalar о‘rtasidagi munosabatlarni yо‘lga qо‘yuvchi qonunlar, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bо‘lishi haqida qonunlar qabul qilindi, Xо‘jalik – protsessual kodeksi ishlab chiqildi, xо‘jalik sudi tuzildi.

4. О‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat tо‘g‘­risida qabul qilingan qonunlar, xalqaro pakt va bitimlar, ularning О‘zbekiston tomonidan imzolanishi mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi.

Respublika iqtisodiyotining huquqiy asoslari birinchi Prezident farmonlarida, hukumat qarorlari va boshqa meyoriy hujjatlarda yanada takomillashtirib borildi.

Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich о‘tish bozorning kо‘p bо‘g‘inli infratuzilmasini yaratishni talab qiladi. Chunki muayyan infratuzilmaga ega bо‘lmasdan bozor mexanizmlari tо‘liq ishlay olmaydi. О‘tish davrida bozor infratuzilmasi shakllantirish va kengaytirish borasida kо‘plab amaliy tadbirlar amalga oshirildi.

Bozor infratuzilmasi deganda bozor munosabatlarini shaklantirish va ularni samarali yuritishga xizmat qiluvchi muassasa, tashkilot va korxonalar majmuasi tushuniladi.

Isloholar davrida respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bо‘g‘inlari — turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar majmuasi vujudga keldi. Avvalombor, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi — transport, aloqa, suv va energetika ta’minoti, yо‘l va ombor xо‘jaligi tuzilmalari yaratildi.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin