Tadbirkorlik shakllari:
1. Xususiy (shaxsiy) tadbirkorlik;
2. Yollanma mehnatni jalb qilib amalga oshiriladigan tadbirkorlik;
3. Bir necha fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa yoki qо‘shma tadbirkorlik.
1995 yil 5 yanvarda e’lon qilingan «Xususiy tadbirkorlikda tashabbus kо‘rsatish va uni rag‘batlantirish tо‘g‘risida»gi Prezident farmoni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga, mulkdorlar tabaqasini shakllantirishga yangi turtki berdi. Farmonga binoan davlat mulkini xususiylashtirishdan tushayotgan mablag‘larning 50 % kichik biznesni rivojlantirishga yо‘naltirildi.
1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasining «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish tо‘g‘risida»gi Qonuni iqtisodiyotning mazkur sektoriga davlat va mintaqaviy darajada rag‘batlantirishning asosiy yо‘nalishlarini belgilab berdi. Davlat darajasida xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun huquqiy – normativ asoslar, zarur infratuzilma va shart – sharoitlar yaratildi. Mintaqaviy (viloyat, shahar, tuman) darajasida esa tadbirkorlarga mahalliy soliq va yig‘imlar solishda yengilliklar berildi, bu sektorni rivojlantirish uchun hududiy dasturlar ishlab chiqildi va amalga oshirish tadbirlari kо‘rildi.
Kichik biznesga kо‘maklashish maqsadida respublika va hududiy miqyosda faoliyat olib boruvchi – Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qо‘llab – quvvatlash fondi (Biznes – fond, 1995 yil iyul), «Madad» sug‘urta agentligi (1995 yil 26 iyun), О‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi (1996 yil martda) ularning hududiy bо‘limlari tashkil etildi. О‘rta va kichik biznesning rivojlanishiga Dehqon va fermer xо‘jaliklari assotsiatsiyasi, «Hunarmand» assotsiatsiyasi, Tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi ham kо‘maklashmoqda.
Kichik biznesni rivojlantirishga chet ellik investorlarning va dunyodagi nufuzli banklarning, jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Germaniya tiklanish banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining kredit resurslari jalb etilmoqda. Tadbirkorlar va biznesmenlarga maslahatlar bilan kо‘maklashish maqsadida nemis texnikaviy kо‘maklashuv jamiyati О‘zbekistonda kichik biznesni qо‘llab – quvvatlash markazini, Yevropa hamjamiyati komissiyasi esa amaliy aloqalar markazini ochdilar. Markaziy Osiyodagi Amerika tadbirkorlik fondi va Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya investitsiya fondi о‘zbekistonlik tadbirkorlarga zarur maslahatlar bilan kо‘maklashdilar.
1998 yil 9 aprelda О‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning «Xususiy tadbirkorlik, kichik va о‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora – tadbirlari tо‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. 2001 yil 22 avgustda esa О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Tadbirkorlik subyektlarini davlat rо‘yxatidan о‘tkazish va hisobga qо‘yish tizimini takomillashtirish tо‘g‘risida» qaror qabul qildi. Qarorga binoan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojtirishni rag‘batlantirish bо‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi. Kichik va о‘rta biznes subyektlariga Respublika tovar – xomashyo birjasi, Agrosanoat birjasi, «О‘zulgurjisavdo» orqali moddiy – texnika resurslari sotildi.
Tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida xо‘jalik subyektlarida «Tekshirishlarni rо‘yxatga olish daftari» joriy etildi. Kichik biznes subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati erkinlashtirildi, ular о‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni naqd xorijiy valyutaga eksport qilishga ruxsat berildi.
Mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan kichik va о‘rta biznesni qо‘llab – quvvatlash borasida kо‘rilgan tadbirlar natijasida ularning soni yildan yilga kо‘payib bordi.
2010 yil 7 dekabr О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 18 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda 2011 yilni – mamlakatimizda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili deb nomlashni taklif qildi.
Davlat mustaqilligini qо‘lga kiritgan О‘zbekistonga sobiq tuzumdan barbod bо‘lgan iqtisodiy va moliyaviy tizim, izdan chiqqan iqtisodiy boshqaruv mexanizmi va iqtisodiy munosabatlar meros bо‘lib qolgan edi. Respublika korxonalari sobiq Ittifoqning boshqa mintaqalaridagi korxonalar bilan bog‘langan bо‘lib, Ittifoq parchalangach, ular о‘rtasidagi aloqalar uzildi. Mustaqil Respublikalardagi islohotlar jarayonida korxonalar xususiylashtirildi, mulk egaligi, mahsulot ishlab chiqarish yо‘nalishlari о‘zgardi. Natijada korxonalarning bir – biriga xomashyo, asbob – uskunalar yetkazib berish jarayoni tо‘xtab qoldi. Bu barcha respublikalar, jumladan, О‘zbekiston iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir kо‘rsatdi.
О‘zbekistonning sanoat korxonalarida xomashyo va asbob – uskunalar taqchilligi vujudga kelib, xо‘jalik yuritish murakkablashib qoldi. Masalan, О‘zbekiston qishloq xо‘jalik mashinasozligi zavodlari, tо‘qimachilik va kimyo sanoati korxonalari, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi va boshqa korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin pasaydi. О‘zbekiston oldida iqtisodiyotdagi tanglik holatlarini oldini olish, inqirozga yо‘l qо‘ymaslik, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish vazifasi kо‘ndalang bо‘lib turdi. Shuning uchun iqtisodiy sohada О‘zbekistonning iqtisodiy strategiyasi asosan eng muhim uch vazifani hal etishga yо‘naltirildi:
1. Ishlab chikdrishning pasayishini tо‘xtatish;
2. Iqtisodiy yuksalishning asosi sifatida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish;
3. Barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun shart – sharoit yaratish.
О‘zbekistonda islohotlar endigina boshlangan 1992 yildayoq Prezident Islom Karimov О‘zbekistondagi iqtisodiy о‘zgarishlar barqarorlik vaziyatida о‘tishi kerakligini alohida ta’kidlagan edi.
Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun О‘zbekiston iqtisodiyotda tarkibiy о‘zgarishlar qilish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qodir korxonalar qurish va buning uchun zarur investitsiyalar ajratish yо‘llaridan bordi.
О‘zbekistonda islohotlarning dastlabki yillaridanoq iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlarida chuqur tarkibiy о‘zgarishlarni amalga oshirish chora – tadbirlari kо‘rila bordi:
о‘zak tarmoqlarni — neft va gaz sanoatini, energetikani, oltin qazib olish, rangli metallurgiya tarmoqlarini modernizatsiyalash, yangilash;
transport va aloqa tizimini, muhandislik kommunikatsiyalarini va ishlab chiqarish infratuzilma tizimini yangilash;
qora metall va metall mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Bekobod metallurgiya kombinatini tubdan ta’mirlash;
qishloq xо‘jalik mashinasozligini, paxtachilik uchun chigit ekish, g‘о‘zaga ishlov berish va paxta terish mashinalari ishlab chiqaruvchi korxonalarni tarkiban qayta qurish va yangilash;
samolyotsozlik, radioelektronika, elektrotexnika sohasini rivojlantirish;
О‘zbekiston uchun tamomila yangi bо‘lgan avtomobilsozlik sanoatini barpo etish;
kimyo sanoati kompleksini qayta qurish;
qishloq xо‘jaligida va umuman agrosanoat kompleksida chuqur tarkibiy о‘zgarishlar va progressiv siljishlarga erishish;
paxta, pilla, meva va sabzavot, uzumni qayta ishlovchi tarmoqlarni yangi texnika bilan qayta qurollantirish, ip yigirish va tо‘qimachilik sanoatida tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar qurish va boshqalar.
Iqtisodiyot tarkibini qayta qurish, yangi korxonalar barpo etish katta mablag‘larni talab qilishi tabiiydir. Shu boisdan islohot yillarida iqtisodiyotga mablag‘ – sarmoya jalb qilishning turli manbalari ishga solindi. Ular quyidagilardan iborat:
davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
respublika banklaridan olinadigan kreditlar;
korxonalarning о‘z sarmoyalari;
aholi sarmoyalari;
qarz beruvchi mamlakatlardan olinadigan davlat qarzlari;
xalqaro iqtisodiy tashkilotlardan olinadigan moliya – kredit resurslari;
chet el firmalari va kompaniyalarining kiritayotgan bevosita investitsiyalari.
Iqtisodiyotda tarkibiy о‘zgarishlarni chuqurlashtirish va rivojlantirish uchun barcha mablag‘lar hisobiga sarmoya solish yildan-yilga о‘sib bordi. О‘zbekistonda xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, imtiyozli investitsiya muhiti yaratildi. Natijada mustaqil taraqqiyot yillarida iqtisodiyotga 100 mlrd dollardan ortiq investitsiya jalb qilindi. Buning 25 mlrd dollaridan ziyodini xorijiy sarmoyadorlarning mablag‘lari tashkil etadi. Bu mablag‘lar yuksak texnologiyalar bilan ishlaydigan yangi korxonalar qurishga, ishlab chiqarish tarmoqlarini zamonaviy texnologiyalar va asbob – uskunalar bilan jihozlashga, sotsial sohalarni rivojlantirishga sarflandi.
Xalq xо‘jaligi tarkibini qayta qurish maqsadida chet el investitsiyasini jalb qilish choralari kо‘rildi. 1998 yil 30 aprelda О‘zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari tо‘g‘risida»gi, «Chet ellik investorlar va investitsiyalarga kafolat berish tо‘g‘risida»gi Qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar chet ellik investorlarning respublikamizda yaratiladigan mulklarining daxlsizligi va erkin faoliyati uchun huquqiy zaminlarni mustahkamlab berdi. Chet ellik tadbirkorlarga О‘zbekistonda qо‘shma korxonalar barpo etish, о‘z kompaniya va firmalarining bо‘linmalari, shо‘balarini ochish imkoniyati yaratildi. Ularga soliq va bojxona tо‘lovlari yuzasidan imtiyozlar berildi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, 1995 yilda Prezident farmoni bilan tashkil etilgan xorijiy sarmoyalar bо‘yicha agentlik respublika tadbirkorlariga xorijiy hamkorlar izlab topish, qо‘shma korxonalar barpo etish, investitsiya loyihalarini tuzish va amalga oshirish ishlariga kо‘maklashmoqda. Chet el investitsiyalarini siyosiy xavf – xatarlardan sug‘urtalash bо‘yicha «О‘zbekinvest Interneyshnl» qо‘shma kompaniyasi tashkil etildi va faoliyat kо‘rsatmoqda.
Chet el investitsiyasini О‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlarning investitsiya yoki moliyaviy kredit resurslari shaklida amalga oshirildi. Respublikamizda yaratilgan qulay vaziyat va rag‘batlantirish tadbirlari natijasida iqtisodiyotga kiritilayotgan xorijiy investitsiya salmog‘i yildan yilga о‘sib bormoqda. О‘zbekistonga eng kо‘p sarmoya kiritayotgan mamlakatlar qatoriga Rossiya, Yaponiya, Angliya, Germaniya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarni kiritish mumkin.
Dastlab chet el investitsiyalari davlatga qarashli yoki davlat ishtirokidagi og‘ir sanoat korxonalariga jalb qilindi. Iqtisodiy islohotlarning keyingi bosqichlarida chet el investitsiyalari kichik va о‘rta biznesga, xususiy sektorga keng jalb etildi. Chet el investitsiyalari ishtirokida barpo etilgan va faoliyat yuritayotgan qо‘shma korxonalar soni 2002 yil boshlarida 2087 taga yetdi. Ularning ish va xizmat hajmi 2002 yilda 1044 mlrd sо‘mni tashkil etdi.
Islohot yillarida kiritilgan investitsiyalar respublikaning energetika, metallurgiya, mashinasozlik, qurilish materiallari va boshqa sanoat tarmoqlarining tanglikdan chiqib о‘zini о‘nglab olishiga, xalq xо‘jaligi uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarish suratlarini izchil о‘sishiga kо‘maklashdi.
Mustaqillikning davtlabki yillaridan boshlab iqtisodiyotning hayotiy muhim tarmoqlarini rivojlantirish bilan bir qatarda mamlakatning yoqilgi mustaqilligiga erishishga alohida e’tibor qaratildi. О‘zbekiston hududida 2 trillion kubometrga yaqin gaz zaxiralari, 160 dan ortiq neft koni mavjud. Biroq mamlakat neft mahsulotlari ishlab chiqarish bо‘yicha qaram bо‘lgan. Xususan, XX asrning 90 – yillari boshlarida chetdan 6 million tonnaga yaqin neft mahsulotlari keltirilar, 600 ming tonna paxta tolasi Rossiya va boshqa mamlakatlarga neft mahsulotlari uchun berilardi. Shu boisdan mamlakatimizda neft mustaqilligi uchun kurash boshlandi.
О‘zbekistonning neft mustaqilligini ta’minlash asosiy vazifalardan biri sifatida ilgari surildi. Respublikada tarqoq holda faoliyat yuritayotgan neft hamda gazni qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalari 1992 yilda tashkil etilgan «О‘zbekneftgaz» konserniga birlashtirildi. 1998 yilda esa u «О‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasiga aylantirildi. Mazkur kompaniya rivojlangan davlatlardagi kompaniyalar bilan hamkorlik о‘rnatib, 1995 – 2000 yillarda tarmoqqa 1,5 mlrd. AQSH dollari miqdorida xorij sarmoyasini jalb etdi. Natijada respublikamizning Ustyurt, Buxoro – Xiva, janubi – g‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalarida gaz, neft va gaz kondensati qazib oluvchi 92 ta korxona kengaytirildi, yangi texnik uskunalar bilan jihozlandi.
Yaponiyaning «Mitsuiy» firmasi bilan hamkorlikda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi jahon andozalari darajasida ta’mirlandi. Mazkur korxonaning dizel yoqilg‘isi uskunasini zamonaviy qismlar bilan jihozlashga 178 mln. AQSH dollari sarflandi. Bu korxonada 50 dan ortiq turdagi yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Neft mustaqilligiga erishishda AQShning «Dresser» va «M.Y.KoIIogg» hamda Yaponiyaning «Nisho Ivali» kompaniyalari ishtirokida 1997 yilda barpo etilgan, yiliga 2,5 mlrd. kubometr gaz haydash quvvatiga ega bо‘lgan Kо‘k – dumaloq kompressor stansiyasi, Buxoro viloyatidagi Qorovul – bozor shahrida barpo etilgan neftni qayta ishlash zavodining о‘rni katta bо‘ldi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodini bunyod etishda Fransiyaning «Texnip» kompaniyasi hamda «Kredi Kommersial de Frans» va «Pariba» banklari, Yaponiyaning «Marubeni» va «Jey-Ji-Si» kompaniyalari va «Eksport – import banki», AQShning «Cheyz Manxetten» banki, Turkiyaning «Gama» kompaniyasi о‘z sarmoyalari, texnik asbob – uskunalari, mutaxassis – quruvchilari bilan faol qatnashdi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1997 yil 22 avgust kuni ishga tushirildi va benzin, aviakerosin, suyultirilgan gaz, dizel yoqilg‘isi kabi mahsulotlar ishlab chiqara boshladi. Zavod qurilishi jarayonida 262 mln. AQSH dollari о‘zlashtirildi. Zavod qurilishiga «О‘zbekneftgaz», «О‘zmontajmaxsusqurilish», «Neftgaz-qurilish» va boshqa sanoat, transport korxonalari, tegishli vazirliklar ulkan hissa qо‘shdilar.
Respublikada neft mahsulotlari ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yilib, chetdan neft mahsulotlari sotib olish tо‘xtildi. О‘zbekiston neft mustaqilligiga erishdi, neft mahsulotlarini chetdan sotib oladigan mamlakatdan uni chetga sotadigan davlatga aylandi. Tabiiy gaz ishlab chiqarish ham о‘sib bordi.
О‘zbekistonda neft va gaz ishlab chiqarish bilan bir qatorda kimyo sanoati ham rivojlandi. Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Chirchiq, Navoiy, Olmaliq kabi shaharlardagi kimyo sanoati korxonalari qayta ta’mirlandi. Qizilqum fosforit kombinati, Qо‘ng‘irot soda zavodi, Qо‘qon va Yangiyо‘l biokimyoviy zavodlari barpo etildi. Respublika kimyo sanoati qishloq xо‘jaligi uchun mineral о‘g‘itlar, ekinlarni zararkunandalardan saqlovchi kimyoviy moddalar, sun’iy tolalar, bо‘yoqlar, poliyetilen, aholining kundalik turmushida kerak bо‘ladigan mahsulotlar ishlab chiqarmoqda.
Dostları ilə paylaş: |