O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


О‘quv fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə55/79
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#43284
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79
МАЖМУА O'zbekistoning eng yangi tarixi 2020 2021 2

О‘quv fanining maqsadi va vazifalari

Fanni oʼqitishning maqsadi – Mustaqillik yillarida Oʼzbekiston Respublikasida yuz bergan muhim oʼzgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini koʼrsatish va jamiyat hayotida talaba(mutaxassis)ning oʼrnini, oʼzligini anglatishdan iborat.

Fanni oʼqitishning vazifalari – mustaqillikka erishish arafasida Oʼzbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy va boshqa sohalardagi islohotlarning mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat.
Fan bо‘yicha talabalarning bilimiga, kо‘nikma va malakasiga qо‘yiladigan talablar

« О‘zbekistonning eng yangi tarixi » о‘quv fanini о‘zlashtirish jarayonida amalga Fan buyicha talabalarning bilim, koʼnikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:

- mustaqillikka erishish arafasida Oʼzbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini;

- mustaqillik yillaridagi oʼzgarishlarni, Oʼzbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda Oʼzbekistonning jahon hamjamiyatidagi oʼrnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilishi kerak;

- Oʼzbekistonning eng yangi tarixi muammolarini oʼrganish, muammolarni hal qilishda milliy mustaqillik gʼoyasini qoʼllay bilish, atrofida sodir boʼlayotgan jarayonlarga oʼz munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarishi rivojida tarix fanining oʼrnini anglash va atrofda sodir boʼlayotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bogʼliqligini bilish koʼnikmalariga ega boʼlishi kerak.

- Oʼzbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish; maʼnaviy-milliy va umuminsoniy masalalar boʼyicha oʼz qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik gʼoyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi malakalarga ega boʼlishi kerak.




Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin