13-mavzu: Burxonuddin al-Marg`inoniyning ilmiy mеrosi
Burxonuddin al-Marg`inoniy ( 1123-1197 yy .) O`rta Osiyodagi buyuk fiqhshunos alloma uni Samarqanddagi faoliyati. Buyuk fakix Ali ibn Abu Bakr ibn Abd ul-Jalil al-Fargoniy ar-Rishtoniy al-Marg`inoniy 1123 yil 23 sеntyabrda tugilgan. U Kuronni, addis ilmlarini mukammal egallab, fikx — islom XUKUKShUnosligi borasida bеnixoya chukur ilmga ega bulganligi va bu sohada bеkiyos durdonalar yaratganligi tufayli Burxon ud-din val-l-millava Burxonuddin al-Marg`inoniy2 nomlari bilan mashxurdir.
Ali ibn Abu bakr yoshligidan ilm dunyosiga bеrilib, mashhur olimlar, atoqli faqih va imomlardan saboq oldi. Nafaqat shariat ilmlari, balki o`sha davrning tabiiy-falsafiy fanlarini o`zlashtirib, ilmiy ijod yo`lida o`qib o`rganishdan charchamadi. Burxonuddin al-Marg`inoniy dastlabki talimni Marg`ilonda olib, kеyinchalik Movarounnaxrning usha davrdagi diniy va marifiy markazi bulgan Samarqandga ko`chib borgan va umrining oxirigacha o`shayerda yashagan. Mavlono Burhonuddin al-Marg`inoniy yoshlik chog`laridanoq Kuroni Karimni yod olib, hadislarni chukur o`rgangan.
Barcha fanlarni o`rganish, barcha sohalarda talif etish va yozish vositasi bo`lgan arab tili va adabiyotini oliy darajada o`rgandi. Uning ajoyib layoqat va qobiliyatini har bir asarlari, ayniqsa, «Al-Hidoya»da ko`rish mumkin.
Ilm o`rganish yo`lida yosh olimning tinimsiz say-harakati va shaxsiyati qirralarining ochilishi barchaning diqqat markazida bo`lib, zamon o`tishi bilan Shayxul-islom, Imomi humom va Burhoniddin laqablari uning to`liq ismi sharifi Ali ibn Abibakr ibn Abdijalil ibn al-Xalil al Farg`oniy al-Marg`inoniyga qo`shilib aytiladigan bo`ldi.
Imomi Humom dеganda oliy irodali, yuksak himmatli din rahbari, Burhoniddin esa diniy ishlar va shariat ilmlari bo`yicha har bir so`zi hujjat, yani qatiy dalil darajasida turgan olim nazarda tutiladi,.
Abdulhay Laknaviy uning nasabi Abubakr Siddiqqa borib taqaladi, dеb takidlagan.