O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


Forobiyning qadimgi Yunon mutafakkirlari asarlariga sharhlar yozishi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə21/52
tarix07.01.2024
ölçüsü0,93 Mb.
#210295
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52
sharq allomalari majmua (2)

Forobiyning qadimgi Yunon mutafakkirlari asarlariga sharhlar yozishi. Forobiy o`rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarida 160 dan ortiq asar yaratgan. U turli bilimlarning nazariy tomonlari, falsafiy mazmuni bilan ko`proq qiziqqanligi uchun uning asarlarini 2 guruhga ajratish mumkin: 1) yunon faylasuflari, tabiatshunoslarining ilmiy mеrosini izohlash, targ`ib qilish va o`rganishga bag`ishlangan asarlar; 2) fanning turli sohalariga oid mavzulardagi asarlar.
Forobiy qadimgi yunon mutafakkirlari — Platon, Aristotеl, Evklid, Ptolеmеy, Porfiriylarning asarlariga sharxdar yozgan. Ay-niqsa, Aristotеl asarlari («Mеtafizika», «Etika», «Ritorika», «Sofistika» va b.)ni batafsil izoxdab, qiyin joylarini tushuntirib bеra olgan, kamchiliklarini ko`rsatgan, ayni vaqtda bu asarlarning umumiy mazmunini ochib bеruvchi maxsus asarlar yaratgan. Forobiy sharhlari O`rta va Yaqin Sharq ilg`or mutafakkirlarining dunyoqarishini shakllantirishda, ularni Aristotеl g`oyalari ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Abu Ali ibn Sino Forobiy sharxlari («Mеtafizika» — «Mobadiy tabiat»)ni o`qib, Aristotеl asarlarini tushunganligini alohida takidlaydi. Forobiyning sharh yozish faoliyati faqat Sharqnigina emas, o`rta asr Yevropasini ham yunon ilmi bilan tanishtirishda katga rol o`ynadi. Bu faoliyat uning ilmiy faoliyati taraqqiyotining birinchi bosqichini tashkil etadi. Bu bosqich Forobiyga o`ziga xos maktab xizmatini o`tagan va yangi mavzularda tadqiqotlar olib borish uchun zamin hozirlagan. Bulardan tashqari, Gippokrat, Epikur, Anaksagor, Diogen, Xrisipp, Aristipp, Suqrot va Zenon asarlaridan ham xabardor bo‘lgan hamda epikurchilar, stoiklar, pifagorchilar, kuniklar maktablarini yaxshi bilgan.
Uning falsafaning umumiy masalalarga bag`ishlangan asarlari. Tabiat va inson organizmiga xos bo‘lgan tabiiy jarayonlarni o‘rganuvchi ilm sohalarini birinchi o‘ringa qo‘ydi. Forobiy yaratgan falsafiy tizim mazmunan universal xususiyatga ega bo‘lib, o‘z davri fanlarining barcha muhim masalalari — falsafaning umumiy muammolaridan tortib, tabiatshunoslik ilmining asosiy falsafiy masalalari, borliqni bilish va mantiqning bahsli muammolari, inson va tabiat o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlik, ya’ni ekologik muammolarni ham o‘z ichiga oladi.
Forobiyning ijtimoiy-falsafiy fikrlari o‘zining keng qamrovli, teran va mazmundorligi bilan gumanistik xususiyatga ega. U «Fozil shahar aholisining fikrlari» deb nomlangan asarida Arastu tomonidan ilgari surilgan, inson, eng avvalo, ijtimoiy hodisa, deb ta’riflangan g‘oyani yanada aniqlashtirib, quyidagilarni yozadi: «Har bir inson, o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishish uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi va ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoji tug‘iladi... Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda, ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuvi uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko‘paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o‘rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi». E’tibor bering, muhtaram o‘quvchi, bu fikrlarning zamirida falsafaning bosh muammosi bo‘lgan bahsli masala — insonning paydo bo‘lishi, shakllanishi va yetuklikka erishuvi haqida so‘z bormoqda. Eng muhimi, bu jarayonda jamoatning roli va ahamiyati to‘g‘risida aniq va lo‘nda fikr bildirilmoqda.
Darhaqiqat, Forobiy o‘z dunyoqarashi bilan zamonasidan ancha ilgarilab ketgan yetuk olim, ilm va ma’rifat kurashchisi, tabiat va jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarini ochib berishga astoydil intilgan buyuk shaxsdir.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin