15- Mavzu Mirzo Ulug`bek va Ali Qushchining ilmy merosi. Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy merosi
Reja:
1. Alisher Navoiy hayoti va ijodi
2. Alisher Navoiy ilmiy merosi
3. Alishr Navoiyning "Xamsa"asari haqida
4. Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yöli
5.Zahiriddin Muhammad Bobur ilmiy merosi
6 "Boburnoma" asari haqida.
Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug‘ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o‘tkazgan. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan. She’r zavqi va iste’dodi erta uyg‘ongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.
Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480—1500 yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga «muqarrabi hazrati sultoniy» («sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan.
Oʻzbek olimlari O. Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Ya. Gʻulomov, I.Sulton. A.Zohidov, V.Abdullaev, A.Qayumov, S.Gʻanieva v.b. Navoiyning hayot yoʻli haqida asarlar yaratishgan.
Lirik merosi
Navoiy ijodi ixlosmandlari uning sheʼrlarini yigʻib, «Ilk devon» (1464-65) tuzgan edilar, soʻngra «Badoyiul-bidoya» («Go`zallikning boshlanishi»), «Navodirun-nihoya» («Nodirliklar nihoyasi») nomli devonlar (1470-yillar) tartib berilgan. Lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq «Xazoyinul-maoniy» nomli toʻrt devon (1491—1498)ga jamlangan. Navoiy sheʼriyatining mavzular doirasi keng, janrlar koʻlami (16) xilma-xil. Gʻazallari «oshiqona, orifona, rindona» (Shayxzoda) sifatlar bilan oʻrganiladi. Gʻazallarida insoniy muhabbat, ilohiy ishq bilan uygʻun holda ulugʻlanib, «majoz - haqiqat ko`prigi» aqidasiga amal qilingan. .Alisher Navoiy sheʼriyatidagi zohiriy maʼno yangiliklari bilan birga botiniy sifatlarni ham oʻrgangandagina ularni idrok etishga erishish mumkin.
«Nazmul-javohir» (1485) Hazrat Alining «Nasrul-laoliy» asarining turkiy nazmga solingani boʻlib, 266 ruboiydan iborat bu asarda axloqiy-taʼlimiy qarashlar oʻz aksini topgan.OʻR FA ShIda (3-fond) Navoiyga mansub 24 asarning 254 qoʻlyozmasi saqlanadi, undan koʻpchiligi devonlarning nusxalari. Navoiy devonlari prof. H.Sulaymon tomonidan yigʻilib, tasnif etilgan. «Ilk devon» Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shedrin kutubxonasida (inv.564) saqlanadi. «Navodirun-nihoya» OʻR FA ShI (inv.1995) dagi nusxalari nihoyatda nodir boʻlib, ular Navoiy davrida Hirotda Sulton Ali Mashhadiy (1487), Abdujamil kotib (1487-88) tomonidan koʻchirilgan.
Xamsa
Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi «Xamsa» asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq «Xamsa» yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi.Xamsa» tarkibiga «Hayratul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sabʼai sayyor», «Saddi Iskandariy» kabi dostonlar kiradi.Hayratul-abror»da hamd, munojot, naʼt, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga boʻlgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, maʼrifiy, axloqiy va estetik munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtai nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yoʻlida ulusdan oʻta olmaganini anglatish bilan oʻzining adolatli shoh haqidagi qarashlarini anglatadi.Farhod va Shirin»da qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki oʻsha sharafli nomning himoyasi orqali ekanini uqdiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali oʻzining komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy dostoni orqali Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy anʼanalari yangilangan boʻlsa, undan keyin bu syujet turk mumtoz adabiyotining oʻzak muammolarini hal etishda asosiy oʻrin tutdi va bu yoʻnalishda Ahmad rizvon, Jaliliy, Harimiy, Bafqiy, Urfi Sheroziy, Lamiiy, Nizoriy v.b. dostonlari yaratildi.Layli va Majnun» dostonida arab ertaklari orqali maʼlum syujet oʻzining tugal shaklini topdi, unda ishq falsafasi betakror uslubda ifoda qilindi. Keyinroq yaratilajak Fuzuliy, Andalib, Sayqaliy dostonlari uchun maʼnaviy zamin boʻldi. «Xamsa» tarkibidagi «Sabʼai sayyor» va «Saddi Iskandariy»da shohlik bilan bogʻliq masalalarni birinchi oʻringa olib chiqdi. Bu dostonlar xamsanavislik anʼanasida oʻzining ijtimoiy-siyosiy xarakteri va originalligi bilan ajralib turadi. «Xamsa»ga ustoz Abdurahmon Jomiy (1414—1492) yuqori baho berdi.OʻR FA ShI qoʻlyozmalar fondida 15-20 asrlarda koʻchirilgan 166 qoʻlyozma saqlanadi. Ulardan 84 tasida beshlikning hamma dostonlari berilgan.Xamsa» haqida xorijiy olimlar A.Vamberi, J.Malokolin, F.Richard, L.Vari, Y.Ekman, E.Partele; rus tadqiqotchilari I.Krachkovskiy, V.Bartold, E.Bertels, Konrad, B.Jirmunskiy, A.Yakubovskiy, A.Semyonov; turk olimlari F.Koʻprulu, A.S.Levend, K. Eraslon; ozar olimlari H. Arasli, G. Aliev; oʻzbek olimlari Fitrat, I.Sulton, V.Zohidov, A.Qayumov, T.Jalolov, S.Nazrullaeva, A.Abdugʻafurov, M.Hakimov, S.Hasanov v.b. ishlari maʼlum.
Tasavvufiy asarlari
Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan boʻlsa-da, maxsus «Lisonut-tayr» dostoni(1499)da, «Nasoyimul-muhabbat» manqabasi]]"(1495-96)da, «Tarixi anbiyo va hukamo»(1485-8), «Arbain», «Munojot» singari asarlarida aks etgan.Lisonut-tayr»da borliq va ilohiyot haqaidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Navoiy asarlarini diniy va soʻfiylik jihatidan oʻrganish kengaydi, ular ob’ektiv va ilmiy bahosini olmoqda. «Arbain», «Munojot» kabi asarlari chop etildi. Jomiyning «Nafahotul-uns min hazarotil-quds» tazkirasini tarjima qilib va toʻldirib, soʻz yuritilgan 618ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi.Nasriy asarlari
Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy va ilmiy-falsafiy yoʻnalishdadir.
«Mahbubul-qulub»(1500-01) Navoiyning soʻnggi yirik asari boʻlib, unda ulugʻ mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, toʻplagan boy tajribasi oʻz yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda «Soriun-nosning af'ol va ahvolining kayfiyati» (1), axloqiy muammolar (2), «mutafarriqa favoyid va amsol surati» (3) masalalari ifodalangan
Xamsatul-mutahayyirin»(«Besh hayrat»,1494) asarida ustozi va doʻsti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi.
«Holoti Sayyid Hasan Ardasher» (1488-89), «Holoti Rahlavon Muhammad»(1493) asarlari manoqib-holot yoʻnalishida boʻlib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan.Munshaot» (1498-99) Navoiyning maktublari toʻplami (jami 88 ta xat) boʻlib, ular sogʻinchlik xatlari, navroʻz tabriklari, taʼziyanomalar, siyosiy oʻgitlar, sulhnomalar va boshqa yoʻnalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan.
Ilmiy-filologik merosi «Majolisun-nafois» (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira boʻlib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida maʼlumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot boʻlmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, toʻrtinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi maʼlumotlar jamlangan. Asar Fahriy Hirotiy(1521-22), Muhammad Qazviniy(1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan.
Navoiy «Muhokamatul-lug`atayn» asarini oʻz zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga bagʻishladi. Jonli xalq tilida qoʻllanilgan koʻplab soʻzlarni asarga kiritib, adabiy tilda qoʻllanilishiga sababchi boʻldi. Oʻzigacha ishlatilgan soʻzlarni yangi maʼno qatlamlarini ochdi. Oʻzbek tili grammatikasini Mahmud Koshgʻariydan soʻng ilmiy asosga soldi. Oʻzbek tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi boʻldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va eʼtiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi.
Tarix va iqtisodga oid asarlari
«Tarixi muluki Ajam» («Ajam shohlari tarixi»,1488) qisqa tarix boʻlib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan «Tarixi Tabariy», «Shohnoma» asarlarini mantiqan toʻldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning soʻnggi vakili Yazdi Shahriyorgacha boʻlgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi.Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg`ambarlar va hakimlar tarixi», 1485—1498) asarining birinchi boʻlimida «Qissasul-anbiyo»lar anʼanalarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan Nuh, Iso, Muso, Yaʼqub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi paygʻambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning «Hukamo zikrida» deb nomlangan ikkinchi boʻlimida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishogʻurs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi.Vaqfiya» (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablagʻi evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yoʻnalishda madrasa va xonaqohlarda oʻrnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy oʻz ixtiyoridagi mablagʻlar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bogʻlarni sanab oʻtdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini oʻrganish uchun ham muhim hujjatli manbadir.
Tarix va iqtisodiy yoʻnalishdagi asarlari N.Veselovskiy, Yakubovskiy, Ya.Gʻulomov, V.Zohidov, B.Ahmedov kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan.
Navoiy Muborak dastxatArab va fors tillaridagi asarlari. Alisher Navoiy fors tilida yozgan sheʼrlari asosida «Devoni Foniy» tuzilgan boʻlib, uning muqaddimasida «Sittai zaruriya» («Olti zarurat») va «Fusuli arbaa» («To`rt fasl») forsiy qasidalari majmualari berilgan. «Sittai zaruriya» toʻplamidagi qasidalar «Ruhul-quds» («Muqaddas ruh»), «Aynul-hayot» («Hayot chashmasi»), «Tuhfatul-afkor» («Fikrlar tuhfasi»), «Qutul-qulub» («Qalbdar g`izosi»), «Minhojun-najot» («Qutilish yo`li»), «Nasimul-xuld» («Jannat nasimi») kabi nomlar bilan ataladi. Ular Xoqoniy, Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy asarlari ruhida, ularga falsafiy-mantiqiy javob tarzida yozilgan. «Fusuli arbaa»da Sulton Husayn Boyqaro madhidan soʻng «Bahor», «Saraton», «Xazon» («Kuz») va «Day» («Qish») vasfidan iborat. Muammo janri qoidalariga bagʻishlangan «Mufradot» (1485) fors tilidagi ilmiy asarida mumtoz sheʼriyatdagi bu janrni nazariy jihatdan asosladi. Muammo va uni ifodalangan janrlar ruboiy, qitʼa, tuyuq, ayrim hollarda gʻazal munosabatini anglatdi. Muammolarni yechish usullarini oʻrgatish barobarida 121 ta misol keltirdi. Navoiyning arab tilida «Sab'atul-abhur» («Yetti dengiz») nomli diniy-tasavvufiy ruhda lugʻat xarakteridagi asar yozgani maʼlum. Biroq bu asar nashr etilib, yetarli darajada oʻrganilmagan. Alisher Navoiyning fors tilidagi merosi Fitrat, H.Sulaymon, N.Mallaev, Sh.Shomuhamedov, R.Vohidov, Boltaeva tomonidan oʻrganilgan. Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat maʼnaviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam oʻrin oldi. Mustaqil Oʻzbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, Oʻzbekiston Davlat mukofoti, OʻRFA Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, Oʻzbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-maʼrifiy muassasalar, jamoa xoʻjaliklari ulugʻ shoir nomi bilan ataladi.
Nashr qilingan asarlari
Alisher Navoiy. Asarlar. 1-4 jildlar, -T.: 1963—1968;
Alisher Navoiy. Xazoyinul-maoniy. -T.: 1959-60;
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami (20 jildlik), 1-6 jildlar. -T.: 1987—1992;
Alisher Navoiy. Asarlar. 6-10 jildlar, -T.: 1963—1968.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami (20 jildlik), 7-12 jildlar, Toshkent, 1991—1996;
Alisher Navoiy. Xamsa (Nashrga tayyorl. R.Shamsiev). -T.: 1960;
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin (nashrga tayyorl., nasriy bayon muallifi Gʻafur Gʻulom). — T.: 1956;
Alisher Navoiy. Hayratul-abror. Ilmiy-tanqidiy tekst (nashr. P.Shamsiev). -T.: 1970;
Alisher Navoiy. Lisonut-tayr (nasriy bayon muallifi: Sh.Sharirov). — T.: 1984;
Alisher Navoiy. Lisonut-tayr. — T.: 1991;
Alisher Navoiy. Nasoyimul-muhabbat. MAT. 17-jild. -T.: Fan, 2001;
Alisher Navoiy. Munojot (nashrga tayyorl. S.Gʻanieva). — T.: Sharq, 1991;
Alisher Navoiy. Mahbubul-qulub. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.13. — T.;1967;
Alisher Navoiy. Xamsatul-mutahayyirin. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.;1967;
Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.;1967;
Alisher Navoiy. Holoti Pahlavon Muhammad. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.;1967;
Alisher Navoiy. Munshaot. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.13. — T.:1967
Alisher Navoiy. Majolisun-nafois. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.12. -T.: 1966;
Alisher Navoiy. Muhokamatul-lugʻatayn. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.:1967;
Alisher Navoiy. Mezonul-avzon. Asarlar. Oʻn besh tomlik T.14. — T.:1967;
Alisher Navoiy. Tarixi muluki Ajam. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.:1967;
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.15. — T.:1968;
Alisher Navoiy. Vaqfiya. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.13. -T.: 1967;
Alisher Navoiy. Devoni Foniy. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.5. 1-2 kitob. — T.:1966;
Alisher Navoiy. Mufradot. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.15.- T.:1968;
Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, faoliyati va mеrosini o’rganish XVI asrning avvalidan boshlangan edi. Boshqacha qilib aytganda, bu qutlug’ ishni Boburning o’zi «Boburnoma»da boshlab bеrgan edi. Shundan so’ng Movarounnahr, Afg’oniston va Hindistonda yozilgan tazkira va tariхiy asarlarda Bobur haqida ma’lumot bеrish kuzatiladi. Bu jihatdan Boburning qizi Gulbadanbеgimning «Humoyunnoma», Muhammad Haydarning «Tariхi Rashidiy» kabi asarlari, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Chunki bu mualliflar Bobur bilan bеvosita muloqotda bo’lib, uning faoliyati, shaхsiyati va fazilatlari to’g’risida qimmatli ma’lumotlarni kеltirganlar. Bunday ma’lumotlar shu asrda Buхoroda Hasanхoja Nisoriy tomonidan yozilgan «Muzakkiri ahbob» da ham bor. Hindistonda Akbarshoh, Jahongirshoh, Shoh Jahon hukmdorligi davrida yaratilgan tariхiy asarlar va tazkiralarda Bobur haqida ham ma’lumotlar kеltirilgan («Akbarnoma» va boshqalar).Kеyinchalik, хususan, ХVIII asrdan boshlab, Bobur hayoti, faoliyati va mеrosi bilan qiziqish Еvropada ham jonlanib kеtdi. Uning «Boburnoma»siga bo’lgan ehtirom tufayli Х1Х asrda u ingliz (Elfinston, Erskin, Bеvеridj), fransuz (Pavе dе Kurtеyl) tillariga tarjima qilinib bosildi. Rus olimi N. Ilminskiy esa «Boburnoma»ning asl nusхasini nashr ettirdi. Bunday hol ХХ asrda ham davom etdi. Jumladan, fransuz adibi Fеrnand Grеnard «Bobur», Amеrikalik yozuvchi Harold Lamb «Bobur-shеr» asarlarini yaratdilar. Fеrnand Grеnardning asari kеyinchalik nеmis (1931 y.) va turk tillariga (1970 y.) tarjima qilinib, nashr ettirildi. «Boburnoma»ning bеvosita o’zbеk tilidan fransuz (Bakyе Grammon, 1980 y.) va ingliz (V.M.Sеkston, 1996 y.) tillariga yangi tarjimalari maydonga kеldiAfg’onistonlik olima Shafiqa Yorqin Bobur shе’riy mеrosining nisbatan to’liq nusхasini tuzib, katta tadqiqot bilan birga 1983 yilda «Dеvoni Zahiriddin Bobur» nomi bilan Kobulda nashr ettirdi. Rus olimasi I.V. Stеblеva Bobur shе’riyati (g’azallari) ga oid risolasini yaratdi.
XX asrning 20-80 yillari orasida mamlakatimiz O’zbеkistonda ham Bobur hayoti, faoliyati va mеrosini o’rganish sohasida ma’lum ishlar amalga oshirildi: uch jildlik asarlari nashr ettirildi, tadqiqotlar yaratildi.XX asrning 20-80 yillari orasida mamlakatimiz O’zbеkistonda ham Bobur hayoti, faoliyati va mеrosini o’rganish sohasida ma’lum ishlar amalga oshirildi: uch jildlik asarlari nashr ettirildi, tadqiqotlar yaratildi.
Hayot faoliyati, adabiy mеrosi
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fеvralda Farg’ona viloyatining hokimi tеmuriyzoda Umarshayх mirzo oilasida dunyoga kеldi. Bu vaqtda Umarshayх mirzoning poytaхti Aхsi (qadimiy Aхsikat) edi. Umarshayх mirzo (tav.-1455-Samarqand-vaf. 1494-Aхsi) Movarounnahr va Хuroson podshosi Abu Said Mirzoning o’g’li bo’lib, Boburning yozishicha, «ravon savodi bor edi. Хamsatayn va masnaviy kitoblarni o’qub edi. Aksar «Shohnoma» o’qur edi. Tab’i nazmi bor edi, valе shе’rg’a parvo qilmas edi». Shunday bo’lsa-da, Boburning ta’kidiga ko’ra, Umarshayх mirzoda «mulkgirlik dag’dag’asi» kuchli edi.Boburning onasi Qutlug’ Nigor хonim bo’lib, u Yunusхonning qizi edi. Bobur Umarshayх mirzo oilasidagi sakkizta farzandning (uch o’g’il va bеsh qiz) kattasi bo’lib, tеmuriyzodalarning o’sha davrdagi udumiga ko’ra tarbiyalandi, Andijonda tahsil oldi. Shuning uchun otasi 1494 yilda Aхsida fojiali tarzda olamdan o’tganda Bobur Andijonda edi. Bobur yozadi: «Umarshayх mirzog’a bu voqеa (ya’ni, fojiali o’lim) dast bеrganda mеn Andijonda chahorbog’da edim» (Boburnoma, 72-bеt)1494 yilda 12 yoshida Farg’ona viloyati taхtiga o’tirgan Bobur umrining oхirgacha (1530) viloyatdorlik (Farg’ona), mamlakatdorlik (Kobul) hamda saltanatdorlik (Agra-Hindiston) bilan mashg’ul bo’lib, Hindistonda boburiylar saltanatiga (1526-1858) asos soldi.
Albatta, bunday davlatdorlik ishlari o’z-o’zicha bo’lgan emas: turli хildagi iхtiloflar, ba’zan suiqasd uyushtirishlar, gohida g’alaba nash’asi, gohida esa mag’lubiyat o’kinchlari; uni tushunmasliklar va boshqalar ham sodir bo’lgan edi. Bunday hollarni «Boburnoma»ni sinchiklab mutolaa qilgan har bir kishi aniq tasavvur eta oladi. Bobur bularning hammasini mustahkam irodasi va ezgulikka erishish uchun chin ko’ngildan va g’ayrat bilan harakat qilgani tufayli еngib o’tdi. Natijada Bobur yirik va qobiliyatli davlat arbobi sifatida tinchlik-osoyishtalik, bahamjihatlik, adolatni o’rnatish, obodonchilik, madaniyat, ilm va adabiyotni rivojlantirish uchun o’zining nodir qobiliyatini va tashabbuskorligini safarbar etdi.Shuning uchun Boburning davlat arbobi sifatidagi ulug’ ishlari XVI asrning o’zidayoq Faхriy Hirotiy («Ravzat us-salotin»), Abulfayz Allomiy («Akbarnoma»), Gulbadanbеgim («Humoyunnoma»)lar tomonidan yuqori baholandi. XX asr zabardast jamoat arbobi, Hindistonning bosh vaziri Javohirla’l Nеru ham Boburning faoliyatini yuksak darajada taqdirlab, o’zining «Jahon tariхiga bir nazar asarida» shunday yozadi: «Boburning 1526 yilda Dеhlida g’alaba qozonishi bilan Hindistonda yangi bir davr maydonga kеlib, yangi bir saltanat tashkil bo’ldi…
Bobur eng donishmand va dilbar shaхslardan biri edi. U mazhabiy taassub, qoloqliq va qisqa fikrlikdan tamoman uzoq edi… Bobur san’at va adabiyotni qo’llab-quvvatlagan kishilardandir».Zahiriddin Muhammad Bobur Afg’oniston va Hindistonda obodonchilik ishlarini shunchalik rivojlantirdiki, natijada Kobul va uning atrofida ko’pgina shinam bog’lar, Agrada esa go’zal qasr va imoratlar maydonga kеldi. Ammo Hindistonda to’rt yilgina (1526-1530) umr kеchirdi. Zahiriddin Muhammad Bobur 1530 yil 26 dеkabrida Agrada vafot etgach, vasiyatiga ko’ra uning jasadini Kobulga kеltirib, o’zi yaхshi ko’radigan bog’da dafn etdilar.
Boburning o’g’illaridan Humoyun, Hindol, Askariy va Komron mirzolar, qizi Gulbadanbеgimlar o’z faoliyatlari bilan donishmand otalarining an’analarini davom ettirib, adabiyot sohasida ham o’zlaridan shе’riy va nasriy asarlar qoldirdilarZahiriddin Muhammad Bobur taniqli davlat arbobi bo’lish bilan birga, nihoyatda qobiliyatli va sеrmahsul ijodkor - Shoir, yozuvchi, faylasuf, adabiyotshunos, tariх va boshqa fanlarning ham еtuk allomasi edi. Bobur hammasi bo’lib, 47 yil umr ko’rgan bo’lsa-da, ammo u qoldirgan ilmiy-adabiy mеros o’z salohiyati va ahamiyati jihatidan shunchalik buyukki, ana shu buyuklik Boburning jahoniy shuhrati va abadiyatini ta’minladi.
Bobur qoldirgan ilmiy-adabiy mеros o’rganilar ekan, Bobur bilim doirasining nihoyatda kеngligi, o’zigacha mavjud bo’lgan va o’z zamonasidagi boy ilmiy-adabiy mеrosni naqadar chuqur bilganligi kishini hayratda qoldiradi. Uning shе’riy va nasriy asarlari har jihatdan yеtukligi hamda badiiy-ilmiy ijod tariхida o’ziga хos mavqеga ega bo’lganligi bilan ajralib turadi.Zahiriddin Muhammad Boburdan bizgacha yеtib kеlgan ilmiy-badiiy asarlar quyidagilardan iborat: 1. Dеvon; 2. Boburnoma; 3. Aruz risolasi; 4. Mubayyin; 5. Volidiya; 6. Хatti Boburiy.
Boburnoma “ asarining tarixiy va ilmiy ahamiyati.
Qadimiy Movarounnahr va undagi xalqlar xayoti haqida jonli guvohlik beruvchi asarlar orasida “ Boburnoma “ alohida ajralib turadi. Ajoyib lirik shoir, o’zbek adibi Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan yaratilgan bu asar ijtimoiy – tarixiy, ilmiy – tabiiy va adabiy- lingvistik ma’lumotlar xazinasidir. Unda 1494-yildan 1530-yilgacha O’rta Osiyo, Afg’oniston va Hindistonda kechgan voqealar bayon etilgan. Bobur tarixiy faktlarni Shunchaki qayd etish , jangu jadallar, yurishlar haqida xronologik axborot berish bilangina kifoyalanmay, voqealarni jonli tilda qiziqarli hikoya qilad, manzara chizadi, tabiatni, etnografik xolatlarni tasvirlaydi, davrni, uning xususiyatlarini gavdalantiradi. Shu sababdan asar faqat ilmiy – tarixiy ahamiyati bilaan emas, balki o’zbek badiiy nasrining yorqin namunalaridan biri sifatida ham biz uchun qimmatlidur. Shoir o’z xotiralarini badiiy naql uslubda sodda va ravon bayon etadi. O’nlab tarixiy shaxslarning aniq xarakterini yaratadi. Tabiat manzaralarini suratini chizadi, kitobni har xil syujetlar, ishqiy sarguzashtlar, she’riy parchalar bilan bezaydi. Tilga olingan shaxslarning portreti kiyinishini, tashqi ko’rinishini, fe’l atvorini, odatlari, o’tmishi, avlod-ajdodi, birma bir ta’rif etiladi.Asardagi markaziy obraz Boburning o’zi, albatta. Uning his tuyg’ulariga boy qalbi ko’z oldimizda yorqin jonlanadi. Ingliz tarixchisi Elfiniston “ Boburnoma “ va uning muallifi haqida: “ Uning shaxsiy his – tuyg’ulari har qanday mubolag’adan yoki pardalashdan xoli, uslubi oddiy na mardona, shu bilan birga jonli va ifodali. O’z zamondoshlari biografiyasini, ularning qiyofalari, urf-odati, intilishlari, qiziqish va qiliqlarini ko’zguda aks etgandek ravshan tasvirlaydi. Bu jihatdan “ Boburnoma “ O’rta O’siyodagi yagona chinakam tarixiy tasvir namunasidir ” deb yozadi. Bobur O’rta Osiyo, Xuroson va Hindiston geografiyasi, hayvonot hamda nabodot olami to’g’risida boy ma’lumot bergan. Xususan, “Boburnoma”da hindlarning etnografiysi, ilmu fani, san’at va madaniyati haqida va Afrika yozuvchilarining Toshkent konferensiyasida ( 1958-yil ) qimmatli faktlar bor. Taniqli hind hind shoiri Mulk Roj Anand Osiyo so’zlagan nutqida: “ Bu kitob siz bilan bizning merosimizdir. O’zbekistondagi singari bizda ham “ Boburnoma “ g’oyat qadrlanadi.” Degani bejis emas edi. Davrning juda ko’p xususiyatlarini qamrab olishi, qomusiy xarakteri va o’zbek adabiy tilining beqiyos boy imkoniyatlarini namoyish etishi bilan “ Boburnoma “ Alisher Navoiyning “ Xamsa” siga qiyos qilgudek madaniy obida hisoblanadi. Asarning tez orada shuhrat qozonib, XVI asrning o’zidayoq bir necha marta fors tiliga tarjima etilishi ham fikrimizning isbotidir. “ Boburnoma “ fors tiliga birinchi marta 1589-yili shoirning nevarasi Shoh Akbar saroyida xizmatda bo’lgan Abdurahimxon ibn Bayramxon Xoni Xonon tomonidan tarjima qilindi. Tarjima ko’p nusxada ko’chirilib, “ Voqeati Boburiy“, “ Tarixi Boburshohiy “ nomlari ostida Sharq mamlakatlariga keng yoyildi. Abdurahimxon tarjimada Boburning o’ziga xos bayon tarzini bera olgan, asar fors adabiyoti va tarixchiligida ulkan yangilik sifatida qabul qilingan.
Qamrab olingan tarixiy voqealarning ro’yi-rost ko’rsatilishi, ilmiy faktlarga boyligi bilangina emas, balki ravon uslubi, sodda va jozibadorligi bilan ham Bobur asari o’zidan keyin yaratilgan tarixiy memuarlarga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Chunonchi, Gulbadanbegimning “ Humoyunnoma “ va Nizomiddin Hiraviyning “ Tabaqoti Akbarshoxiy “ kabi kitoblarida buni yaqqol his etish mumkin. Shuni yatish kerakki, XVI asrdan boshlab o’zbek adabiyotining yana boshqa namunalari ham fors tiliga tarjima qilindi. Sharqning ilg’or ziyolilari turkiyda ( eski o’zbek tilida ) yaratilgan adabiyotning katta nufuzga ega ekanligini ko’rib ilm ahlini bu tilni o’rganishga da’vat eta boshlaydilar. Navoiy va Boburning ajoyib asarlarni tarjima qilib, forsiydonlarni baxramand etishni muhim vazifa deb biladilar.Chunonchi, “ Majolis un-nafoyis “ni 1521-yilda Forschaga o’girgan Sulton Muhammad Faxriy Xirotiy yozadi: “ Ba’zi e’tiborli va xurmatli kishilar turkey iborasi (tili)dan behabar bo’lganlari sababli bu go’zal so’zlarning mavjidan va bu san’atlar dengizining duru gavharlaridan bebahradirlar. Bu taassufli axvol edi va shuning uchun turk go’zali kabi parda ichida qolgan bu dilafro’zning yuzidan pardani ko’tarishni va mo’jizali xayolot yaratgan bu zebo suratni fazilat va kamol ahliga pardasiz ko’rsatishni niyat etdim.” “ Boburnima “ qo’lyozmalarining chiroyli rasmlar bilan bezatilishi ham tarjimaning shuhrat qozonishiga sabab bo’lgan.
Uning saroyida 104nafar rassom doimiy ish olib brogan. Tarjimon Abdurahimxonning o’zi ham rasm chizish bilan shug’ullangan . Akbar saroyida o’nlab kitoblarga rasmlar chizilgan . “ Boburnoma” ning forsiy nushalariga ishlangan miniaturalar Sharq rassomlik san’atining ajoyib namunalari hisoblanadi. Ingliz sharqshunosi L. King bergan ma’lumotiga qaraganda, “ Boburnoma” o’z asarida yana ikki marta Muhammadquli va Zayniddin Xavofiy tomonidan fors tiliga tarjima qilingan. Biroq bu tarjima qo’lyozmalarining qqyerda saqlanishini olim aytmaydi. Abdurahimxon tarjimasi Britaniya muzeyida va Maskvadagi Sharq qo’lyozmalari fondida saqlanadi. Fotonusxasi Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyimiada ham bor. G’arb olimlari “ Boburnoma “ bilan dastlab ana shu forsiy nusxalar orqali tanishadilar. Yevropa sharqshunoslari orasida Vitsen birinchi marta “Boburnoma “ bilan qiziqib, undan ayrim qismlari golland tiliga tarjima qiladi. ( 1705-yil ).XIX asr boshlariga kelib, asar butun Yevropa ilm ahliga ma’lum bo’lgan. Bobur merosining jahoniy shuxratida, ayniqsa, ingliz sharqshunoslarining xizmati ulkandir. Ular “ Boburnoma “ ni tarjima qilish va nashr etishdagina emas, balki tadqiq va targ’ib etish borasida ham birinchilikni egallaydilar. 1816-yilning 12-aprelida Uilyam Erskin Bo’mbaydan turib, Londindagi nozirlarga yozgan xatida tugabmas ganjina topib olganlik xursandligini bildiradi va “ Boburnoma “ ni tarjima qilayotganidan xabar beradi.
U. Erskinning J. Layden bilan hamkorlikdagi tarjimasi 1826-yilda bosilib chiqdi. Tarjimonlar asarning o’zbekcha va forscha nusxalarini asos qilib oldilar. U. Erskin kitobga kattagina muqaddima yozib berdi. Bobur va uning asarlarini ingliz kitoblariga tanisgtiradi : “ Biz Osiyodagi hukmdorlar ichida Bobur singari genial va talantli kishilarni kamdan kam uchratamiz. Aqlining aktiv faoliyati, xushchaxchaq va sovuqqonligi, bevafo taqdirining nayranglariga qaramay, ruhining tetikligi, podsholar orasida juda kam uchraydigan sahiyligi, mardligi, istedodligi, fanga, san’atga muhabbat va ular bilan faol shug’ullanishi jihatdan Osiyo podsholari orasida Boburga teng keladigani yo’q.” J. Layden va U. Erskin tarjimasi 1921-yili Oksford unversiteti nasgriyoti tomonidan ko’p jildli qilib, ikkinchi marta chop etildi. Bu nashrda Dublin unversitetining professori L. Kivt so’zboshi yozib, “ Boburnoma “ nashrlari, uning jahon qo’lyozma fondlaridagi nushalari, tarjimalari haqida ma’lumot beradi, inglizcha variantni qayta taxrirdan chiqaradi. Birinchi jildning yarmini tashkil etadigan ilmiy ocherkida u Movarounnahr va Xuroson tarixi, geografiyasi, Bobur tilga olgan Samarqand, Andijon, O’ratepa, Kobul va boshqa shaharlarning hozirgi ahvolini keng yoritgan. Mazkur nashrning yana bir fazilati shundaki, tarjimaning ilmiy aniqligini ta’minlash uchun xoshiyalarda ko’p miqdorda izoh va sharxlar berilgan, kitobdagi she’rlarning kimga taaluqli ekanligi va qaysi tilda yozilgani ham ko’rsatilgan. Ingliz sharqshunoslaridan A. Beverij xonim1902-yili “ Boburnoma “ ning Xaydarobotd nusxasini faksimile xolida chop ettiradi. ( U 1971-yili Londonda qayta nashr etildi.)
Mazkur nashr asarning yana kengroq ommalashuviga sabab bo’ldi. Asarning M. Sale bajargan ruscha tarjimasi hamda 1960-yili P. Shamsiyev va S. Mirzayev tayyorlagan o’zbekcha nashri ana shu A. Beverij xonim nashriga asoslangan. “ Boburnoma “ P. M. Kaldekot tomonidan ingliz tiliga qisqartirib tarjima qilindi. XX asr oxirlarida F. J. Talbot ham asarni tarjima qilib, suratlar bilan nashr ettiradi. Shuningdek, Bobur asarlarining Turkiyada tarqalishiga atoqli olim Rashot Raxmon Oratning xizmati katta. Ingliz tilida Bobur hatyoti va ijodini o’rganishga talay maxsus monografiyalar yaratildi. Len Poolning “ Bobur “ ( Oksford 1899-yil ) va Xarold Lembning “ Bobur yo’lbars “ ( Nyu-York 1961-yil ) nomli kitoblari shular jumlasidandir. Ayniqsa, keying kitob qiziqarli adabiy tarixiy ocherk uslubida yozilgan. Buni kitobning ichki bo’limlariga qo’yilgan “ Vodiydagi voqealar ‘, “ Samarqanddan quvilish “, “ Qobuldagi saltanat “, “ Hirotda xiyofat “, “ Bobur va uning eli “, “ Hindiston sari yurish “, “ Panipat va Kanvand “, “ Buyuk mo’g’ullar imperiyasi “, kabi sarlavhalardaan ham bilish mumkin. X. Lemb Boburning adabiy merosidan ilmiy ma’lumot sifatida keng foydalangan, ko’proq “ Boburnoma ” ga murojat etib, undan talay parchalar tarjimasini ham keltirgan. Bundan tashqari, u Mirzo Bobur yurgan yo’llarning ot va tuyada kezib chiqqan.
Shu tariqa, bu asar amalda Bobur haqidagi tarixiy roman ko’rinishini olgan edi. Sharq xalqlari tarixi bilan shug’ullangan yana boshqa ingliz va amerikalik olimlar Boburning shaxsiy qobiliyati va faoliyatiga yuqori baho berib, uni qadimgi Rim sarkardasi Yuliy Sezar bilan qiyoslaydilar. “ Boburnoma “ 1828-yili A. Kayzer tomonidan nemis tiliga qisqartirib va 1871-yili P. Kurtyl tomonidan fransuz tiliga to’la xolda tarjima qilingan. Zamondoshimiz atoqli sharqshunos olim J. L. Boite Grammon “ Boburnoma ” ning fransuz tilidagi yangi tarjimasini yaratdi. U bir necha bor yurtimizga kelib, o’zbek xalqining turmush tarzi, tarixi bilan yaqindan tanishdi. Grammon, shuningdek Gulbadanbegimning “ Temur tuzuklari “ va “ Xumoyunnoma “ asarlarini ham fransuz tiliga tarjima qilgan. 1912-yilda Tog’aymurod Qorluq Xatloniy uni yana bir marta fors tiliga tarjima qildi. Bu tarjima qo’lyozmasi O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida saqlanmoqda. 1944-1946-yillarda esa asar usmonli turk tiliga tarjima qilinib, Anqarada ikki jildda bosilgan. Rossiyada “ Boburnoma “ ancha ilgari paydo bo’lgan edi. Sharqshunos N. Ilminskiy 1857-yili asarni asl xolid Qozon shahrida chop etilgan. XIX asr oxirlarida “ Boburnoma “dan ayrim qismlar I. Pantusov, S. Polyakov, V. Vyatkin tarjimasida rus kitobxonlariga qisman taqdim etilgan bo’lsada, yaxlit ruscha tarjimasi amalga oshirilmagan edi. Bu sharafli va xayrli ish mohir tarjimon va olim M. Sale tomonidan bajarildi va asar 1958-yili Toshkentda bosmadan chiqarildi. M. Sale tarjima ustida o’n yildan ko’proq vaqt mehnat qildi, asar tilini chuqur o’rgandi. Behad ko’p atamalar, ibora va nomlar transkripsiyasini berish, shuningdek, Bobur qalamining “mardona uslubini “ saqlashga muvaffaq bo’ldi. Shunga qaramay, M. Sale tarjimasida xamon talay noaniqliklar mavjud. “ Boburnoma ”dagi bir qancha nomlar noto’g’ri berilgan. Chunonchi, Axmad Mirzo sevgilisi Qutluqbegim “ Katak begim “ bo’lib ketgan, “ bukalamun “, “ mucha “ kabi ba’zi so’z va iboralar tarjimasiz va izoxsiz keltirilgani sababli rus kitobxoniga tushunarsiz bo’lib qolgan. She’riy parchalar nasriy tarjimada berilib, ularning qaysi tilda yozilgani ham ko’rsatilmagan. Tarjima va nashlardagi nuqsonlarning aksariyati asarning ilmiy tanqidiy matniga ehtiyoj borligidan kelib chiqqan. “ boburnoma “ ning mavjud nashrlari, hatto o’zbekcha nashri ham, asar haqida to’la tasavvur berolmaydi. Negaki, ruscha nashrda ham, eng so’nggi o’zbekcha nashrda ham 1509-yildan 1518-yilgacha va 1524-yilgacha bo’lgan voqealar bayoni yo’q. Shunga o’xshash talay noaniqliklarni bartaraf etish uchun “ Boburnoma ”ning eng e’tiborli qo’lyozma nusxalarini chog’ishtirib, uning ilmiy matnini tayyorlash zarur edi. Va nihoyat, bu ishni yaponiyalik boburshunos olimlar amalga oshirdilar. Asarning tanqidiy matni yaratilib, nashr etildi. Ko’rinib turinibdiki, Mirzo Boburning hayoti va ijodi turli mamlakatlarda o’rganilmoqda va xalqaro ilmiy hamkorlik vositasiga aylanib, bormoqda. Bu ham o’zbek xalqining ulug’ istedodi, iftixoridan nishonadir.Har bir xalqning tarixiy, madaniy milliy qiyofasini aniq belgilovchi ulug’ shohlari, buyuk olimlari, yirik adib va shoirlari bo’ladi. Insoniyatning adabiyotga mansub ana shunday buyuk farzandlari safida Zahiriddin Muhammad Bobur ham o’z o’rniga ega. Kishilik tarixida Boburchalik shaxsiy imkon, iqtidor va fazilatlari beqiyos kishilar juda kam uchraydi. Bobur buyuk podshoh, mumtoz shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, faqih, tilshunos, san’atshunos, etnograf hayvonot va nabotot olamining bilimdoni sifatida ko’pqirrali faoliyat va ijod sohibi edi. Birgina “ Boburnoma ” uning yigirmadan ortiq sohalariga qiziqqanligiga yaqqol misoldir. Shoh Bobur, birinchi navbatda, shoh, boburiylar sulolasining asoschisi. Balki, boburiylar jahon tarixida eng uzoq yillar (332 ) hukmronlik qilgan sulola bo’lib chiqar… U podshoh sifatida lasgkar tortib shohlarga xos mag’lubiyatlarning achchiq alamlariyu zafarlarning ulug’vor nasgidalarini surishni ko’p marotaba o’z boshidan kechirdi. Otasi singari ulug’ himmatli va oily maqsadli shaxs bo’lganligidan Farg’ona viloyatini kichik joy deb hisoblab, Samarqandga intilti. U yerda Shayboniyxondan yengilib, Qobulga keldi va keyin Hindistondek bepayon yirik mamlakat hukmdoriga aylandi. Buyuk shoh Bobur Hindistonda temuriylarga xos ulug’ bunyodkorlik an’analarini davom ettirdi: muhtasham qasrlar tiklash, ariq kanallar qazish , bog’- rog’lar bunyod etish, adabiyot, ilm-fan rivojiga homiylik qilish, elni adolat bilan boshqarish singari fazilatlar keyinchalik Hindistonning buyuk farzandlari tomonidan chinakam ijobiy baholandi.Hindistonning donishmand farzandi, buyuk davlat arbobi Javoharla’l Neru o’zining “ Hindistonning ochilishi “ va “ Jahon tarixiga bir nazar “ asarida Zahiriddin Muhammad Bobur haqida samimiyatga to’liq ushbu fikrlarni izhor etgan: “ Bobur – dilbar shaxs. Uyg’onish davri hukmdorining haqiqiy namunasidir. U mard va tadbirkor odam bo’lgan. Bobur o’ta madaniyatli va jozibali insonlar orasida eng yetuk insonlardan biri edi. U mansabparastlik kabi cheklanishdan va mutaassiblikdan yiroq edi… Bobur san’at va ayniqsa, adabiyotni sevardi.”
Bugun Hindistonning Panipat shahriga borgan kishi Zahiriddin Muhammad Boburning Sulton Ibrohim Lo’diy bilan bo’lgan tarixiy muzaffarona jang manzaralarini shaharning ochiq osmoni ostidagi muzeyda ko’rarkan, ulug’ hind xalqining Boburga nisbatan hurmat-ehtiromi kuchliligiga amin bo’ladi. Yoki Bangladesh poytaxti Dakka shahrini kezgan kishi “ La’lbog’qal’a “ tarixiy muzeyga kirib Bobur va Boburiylarga bag’ishlangan xonalarni, kezarkan, Bobur va uning vorislariga tegishli, kiyimlar uy -ro’zg’or buyumlari, xarbiy qurol- aslahalari, Usdot Aliquli qo’ygan toshotar to’plar, miltiqlar- tufaklar, sovut, qilich-qalqonlar, dubulg’a, ot kiyimlarini ( ot va qilich zarbasidan himoya qiluvchi yopinchiqlar ), usha davr kishilari o’z zamonlari libosida tomosha qilgan kishi Hindiston va Bangladesh xalqlarining Bobur va Boburiylarga bo’lgan hurmatlarini yorqin tasavvur eta oladi. Bu moziygohda bo’lgan adib Qamchibek Kenja “Andijondan Dakkagacha “ nomli safarnomasida hayajonini yashira olmay yozadi: “ Hindiston va Pokiston shaharlarida ko’p moziygohlarda, jumladan Haydarabotdagi mashhur Solarjang, Loxurdagi milliy muzeylarda bo’lgan.Lekin Sharq olimining olis bir chetida faqat va faqat Boburiylar hayoti, ularning podsholik faoliyatiga oid yagona, maxsus muzeyni ko’ramiz, deb sira o’ylamagan edik “. Hindiston va Bangladeshda Bobur va Boburiylar saltanati shunchalik qadrlanishidan Bobur va vorislarining podsholiklari bu yurtlarda hayrli chuqur iz qoldirganligi ma’lum bo’ldi. “ Boburnoma “ ning kitobi Boburning ulug’ podshohlarga xos sakkis shaxsiy fazilatini qayd etgan: “ Va maholdurkim, ul podshohi Qobulning yaxshiliklarini aytgan bilan va bitigan bilan tugangay. Lekin mujammal bukim sekkiz sifati asl aning zotiga mutassil edi: birisi bukim, najhati baland edi; ikkimchisi, himmati arjumand edi; uchumchisi, viloyat olmog’; to’rtimchisi, viloyat saxlamog’; beshumchisi, ma’murlug’; oltimchisi, rafohiyat niyati tengri taolo bandalarig’a; yettimchisi, cherikni ko’ngli qo’lg’a olmoq; sekkizimchisi, adolat qilmoq “. ( Matn tabdili: “ U qudratli podshohning yaxshiliklarini aytgan bilan va yozgan bilan tugatish maholdir. Lekin qisqasi buki, sakkiz asl sifat uning zotiga xos edi: biri bukim – iqboli baland edi; ikkinchisi- himmati yuksak edi; uchinchisi- viloyat olmoq ; to’rtinchisi – viloyat saqlamoq; beshinchisi – ma’murlik; oltinchisi – Olloh bandalariga farovonlik niyati; yettinchisi – lashkar ko’nglini qo’lga olmoq; sakkizinchisi – adolat qilmoq “. ) Buyuk tarixiy siymo sifatida Bobur shaxsi Yevropa va AQSH sharqshunos – tarixchi olimlari diqqat e’tiborini o’ziga jalb etgan. Ingliz tarixchisi Eduart Holden, avvalo, Boburni mashhur yuliyb Sezir bilan qiyoslashni lozim topadi: “ Bobur fel atvoriga ko’ra Sezirga qaraganda sevishga arzigulikdirUning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo’yilgan”. Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik va o’smirlik yillari haqida roman yozgan “ Boburnoma “ ning ingliz tarjimoni Uilyam Erskin Boburni Osiyo podshohlariga qiyosan shunday baholaydi: “ Saxovati va mardligi, istedodi, ilm- fan san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug’ullanishi jihatidan Osiyodagi podsholar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi”.
Boburnoma” da tarixiy shaxslar talqini ham to’xtalar ekanmiz shu o’rinda Zahiriddin Muhammad Boburning shoh va shoirligini mulohazamiz.
Zahiriddin Muhammad Boburning “ Boburnoma “asari tarixiy adabiy manba sifatida yana shunisi bilan e’tiborliki, asarda ko’plab tarixiy shaxslar, adabiyot va san’at ahllari, din peshvolari, shox va shaxzodalar, beklar, amiru umarolar haqida ma’lumotlar uchraydi. “ Boburnoma “ da bir necha yuz tarixiy shaxslar, ularning faoliyati va sarguzashtlari tasvir etiladi. Bular shoxlar, viloyat hokimlari, amir-amaldorlar, askar boshliqlar, din va namoyondalari, askarlar, ilm-fan, san’at va adabiyot ahillari, dehqonlar, hunarmandlar, qullar va boshqa ijtimoiy guruhdagi lavozim va kasbkordagi kishilardir. Bobur bularning tasvirlanayotgan voqealardagi roliga qarab birlari haqida keng va batafsil so’zlaydi , ikkinchi birlaari haqida qisqa ma’lumot beradi, boshqa birlarini biron munosabat bilan tilga oladi yoki eslab o’tadi. U voqealarning rivojida muhimroq o’rin tutgan Umarshayx Mirzo , Husayn Bayqoro, Sulton Ahmad Mirzo, Xisravshoh kabi tarixiy shaxslarning faoliyati va sarguzashtlarini bayon etish bilan birga, ularning shakl-shamoili, nasl-nasabi, ma’naviy qiyofasi, hislati, xulq - atvori, kishilarga munosabati, madaniy saviyasi va boshqa jihatlarni ham tasvirlaydi. “Boburnoma “ da ilm-fan, san’at va adabiyot ahillariga katta o’rin berilgan. Bobur Navoiy, Jomiy, Binoiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Sayfi Buxoriy, Mir Xusayn, Muammoniy, Shayxim Suhayli, Yusuf Badeyniy, Ahmad Xojibek, Behzod , Sulton Ali, Hoji Abdulla Marvoriy, Shoh Muzaffar, G’ulom Shodiy, Husayn Uddiy kabi bir qator shoirlar va san’atkorlar haqida ma’lumot beradi, ularni maqtaydi, asarlaridan namunalar keltiradi, ba’zan hayoti, faoliyati yoki shaxsiy sifatlari haqida qiziqarli fikrlar so’zlaydi. “ Boburnoma “ bu kishilarning hayoti va faoliyatini o’rganishda ularning madaniy hayotidagi o’rnini belgilashda juda ahamiyatlidir. Natijada biz Bobur zamonida yashagan va tariximiz, ma’naviyatimizda muhim voqeaga ega bo’lgan davlat va madaniyat arboblari bilan ham tanishamiz.
Xulosa
Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.
“Boburnoma” – adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda oʻz davridagi koʻplab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning koʻplab togʻlari, daryolari, oʻrmon va choʻllari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqidagi maʼlumotlar jamlangan.
Dostları ilə paylaş: |