Uni Isfaxonga qochishi. Ibn Sino hayoti haqida Juzjoniy.G’aznaviylar hukmdori Sulton Mahmud (998-1030) Xorazm yerlarini o’z davlatiga qo’shib olishga harakat qiladi. Unga tobe bo’lishni istamagan Ibn Sino taxminan 1010-1011 yillarda Xorazmdan maxfiy ravishda chiqib, Xuroson tomon yo’l oladi va Kasbiy dengizining sharqi – janubida joylashgan Gurgon amirligiga yetib keladi. Bu yerda u Abu Ubayd Juzjoniy bilan tanishadi, shundan boshlab u yigit Ibn Sinoga eng yaqin va sodiq shogird bo’lib qoladi hamda ustozining oxirgi nafasigacha,undanajralmaydi.
Ko’p o’tmay Ibn Sino Gurgonda o’zining ilmiy ishlari va abiblik faoliyatini yana boshlab yuboradi. Tabobatga oid mashhur asari “Kitob al-qonun fi-tib” (“Tib qonunlari”)ning birinchi kitobini va ba’zi bir boshqa asarlarini yozishga kirishadi. 1014- yili Ibn Sino Gurgonni ham tark etadi va bir qancha muddat Ray va Qazvin shaharlarida turgandan keyin Hamadonga keladi va buvahiylar hukmdori Shams ad-davla (997-1021) xizmatiga kiradi. Oldin saroy tabibi bo’lib ishlaydi, so’ngra vazirlik mansabiga ko’tariladi. Davlat ishlari bilan band bo’lishiga qaramay ilmiy ishlarni davom ettiradi va qator asarlar yaratadi, o’zining yirik falsafiy qomusi “Kitob ash-shifo”ni shu yerga yozishga kirishadi. Yuqoridagi nomi zikr etilgan Juzjoniyning yozishicha, Ibn Sino jismoniy jihatdan ham juda baquvvat kishi bo’lgan. Biroq shaharma-shahar darbadarlikda yurish, kechalari uxlamasdan uzluksiz ishlash va bir necha bor ta’qib ostiga olinib, hatto hibsga yotishlar olimning salomatligiga ta’sir etmay qolmadi. U 28 hijriy yilning ramazon oyida (1037-yilning iyunida) 57 yoshida Hamadonda vafot etdi. Uning qabri hozirgacha saqlanib, qolgan.
Ibn Sinoning 450 dan ziyod asar yozishi.Ibn Sino haqiqiy qomusiy olim sifatida o’z davridagi fanlarning hammasi bilan muvaffaqiyatli shug’ullangan va ularga oid asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan bo’lsa ham, zamonlar o’tishi bilan ularning ko’pi yo’qolib ketgan va bizgacha 242 tasi yetib kelgan. Shundan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi ruhshunoslikka, 23 tasi tabiyot ilmiga, 7 tasi falakiyotga, 1tasi riyozotga, 1tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi odob ilmiga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo’lgan ilmiy yozishmalarga bag’ishlangan.