Abu Ali ibn Sino yashagan davrga xaraktеristika. Ibn Sinoning dastlabki saboq olishlari. Ibn Sinoning Ma`mun Akadеmiyasidagi faoliyati.Jahon fani, xususan tabobat ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan Abu Ali ibn Sino O’rta Osiyo tuprog’idan yetishib chiqqan vatandosh allomalarimizdan biri hisoblanadi. U 370 –hijriy yili safar oyining boshida (980 – yil avgust oyining ikkinchi yarmida) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida dunyoga keladi, besh yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi poytaxt — Buxoroga ko’chib keladi va uni o’qishga beradilar. Ibn Sino avval Qur’on, til va adabiyot darslarini o’qiydi va o’n yoshga yetar – yetmas bu darslarni to’la o’zlashtirib oladi. Ayni vaqtda u mantiq, hisob, aljabr, handasa va falakiyot bilan ham shug’ullanadi. Shu bilan birga Ibn Sino tabiiy fanlarni, xususan sevib o’rgnadi. U o’zining tug’ma iste’dodi va favqulotda mehnatsevarligi tufayli darslarini osonlik bilan o’zlashtirar va hatto muallimlariga noma’lum bo’lgan narsalarni ham kitobdan mustaqil o’qib o’rganardi. Ibn Sino o’n yetti yoshidayoq Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida dong chiqardi22. O’sha kezlarda Somoniylar davlatining boshlig’iNuh ibn Mansur kasal bo’lib, saroy tabiblari uni davolashda ojiz edilar. Buxoroga yangi chiqqan yosh tabibning ovozasi saroga ham yetib borogan edi, uni amirni davolashga taklif qiladilar va uning nazoratida davolangan bemor tez fursatda oyoqqa turadi. Buning evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu kutubxona o’sha vaqtda butun ‘rta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Bir necha yil davomida kecha-kunduz tinmay mutolaa qilish natijasida Ibn Sino o’z bilim doirasini mislsiz darajada kengaytiradiki, u davrda shu qadar bilimga ega bo’lgan boshqa bir kishini topish mushkul edi.
Ibn Sino o’z davridagi olimlar, jumladan, Abu Rayhon Beruniy bilan bo’lgan ilmiy munozaralari taxminan shu yillardan boshlanadi. Ibn Sino Bеruniy bilan xat orqali tanishib, uning va boshqa olimlarning ijodidan xabardor bulgan, fizika, astronomiya, mеxanika va boshqa masalalarda bahslar va munozaralar olib borgan.
999 yilda qoraxoniylar Buxoroni zabt ettach, Somoniylar saltanati inkirozga uchradi va 1003 yilda ibn Sino Buxoroni tark etib, Gurganjga kеtishga majbur buldi. Buyerda mashxur olimlar bilan yakindan tanishdi, dustlashdi x.amda Bеruniyga yirik ilmiy muassasani tuzishda yakindan kumaklashdi. O`zining mashHur "Tib qonunlari" asarining dastlabki ikki kitobini shu yerda, Ma`mun Akadеmiyasida nihoyasigayetkazdi. Lеkin Maxmud G`aznaviy taqibidan qo`rqib, Xorazmdan chiqib kеtdi hamda darbadarlik hayoti boshlandi.