177
Bundan xulosa shuki IS-LM modeli fiskal va monetar siyosatning
iqtisodiyotga birgalikda ko‗rsatadigan ta‘sirini baholash imkonini
beradi. Davlat xarajatlarining o‗sishi yoki soliqlarning kamayishi IS
egri chizig‗ini o‗ngga siljitadi. Davlat xarajatlarining
kamayishi va
soliqlarning oshishi esa bu egri chiziqni chapga siljitadi. Xuddi
shuningdek pul taklifining oshishi LM egri chizig‗ini o‗ngga, kamayishi
esa chapga siljitadi. IS-LM modeli ma‘lum makroiqtisodiy natijalarga
erishishning turli variantlarni ko‗rib chiqish imkoniyatini
beradi
Agar modelda muvozanati LM egri chizig‗ining gorizontal (keyns)
kesmasida yuzaga kelsa pul massasining ko‗paytirilishi investitsiyalar,
ishlab chiqarish va bandlilikning o‗sishiga olib kelmaydi. Bunda pul
taklifining o‗sishi tovarlar bozoriga ta‘sir ko‗rsata olmaydi,
chunki pul
bozorida foiz stavkasini kamaytirish imkoniyati qolmaydi. Bunday
vaziyat likvidlilik tuzog‗i nomini olgan.
Agar IS egri chizig‗i vertikal ko‗rinishda bo‗lsa, ya‘ni
investitsiyalarga talab foiz stafkasi o‗zgarishiga ta‘sirchan (elastik)
bo‗lmagan, masalan investorlar kelajakdagi bozor konyukturasining
noaniqligi sababli o‗z investitsiyalari istiqboliga
tushkun baho bersalar
investitsion tuzoq yuzaga keladi. Investitsion tuzoq shuni anglatadiki IS
egri chizig‗i vertikal bo‗lganda LM egri chizig‗ining siljishlari real
daromad miqdorini o‗gartirmaydi. Bu holatda pul-kredit siyosati yalpi
talalab va milliy daromad hajmiga hech qanday ta‘sir ko‗rsatmaydi,
fiskal siyosat esa samarali bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: