171
XIII BOB. TOVAR VA PUL BOZORIDA UMUMIY
MUVOZANATLIK. IS-LM MODELI
13.1. IS - LM modelining mohiyati va asosiy tenglamalari
IS - LM makroiqtisodiy muvozanat modeli birinchi bo‗lib J. Xiks
tomonidan A. Xansen bilan hamkorlikda namoyish etilgan va shu
sababli u Xiks-Xansen modeli deb nomlangan.
IS - LM modeliga jamg‗arma (S), investitsiyalar (I), likvidlik (L)
va pul (M) kiradi. Modelning birinchi qismi (IS)
tovarlar bozoridagi
muvozanat holatini, ikkinchisi (LM) pul bozoridagi aks ettiradi. Tovarlar
bozoridagi muvozanatning sharti sarmoyalar va jamg‗armalarning
tengligi (I = S), pul bozorida esa pulga talab va ularning taklifi
o‗rtasidagi tenglik (L = M) belgilaydi. IS - LM modeli qisqa muddatli
davrga ham tovarlar ham pul bozorida birgalikda muvozanat o‗rnatilishi
mexanizmini xarakterlaydi.
Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga
erishish shartlari va
makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta‘sirini
umumlashtirib tadqiq qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi.
IS - LM modeli (investitsiyalar-jamg‗armalar, likvidlilikni afzal
ko‗rish – pul) – yalpi talab funksiyasini belgilovchi iqtisodiy omillarni
aniqlash imkonini beruvchi tovar-pul muvozanatim modeli.
IS - LM modeli iqtisodiyotning real va pul sohalarini birlashtirgan
nazariy qurilishdir.
AD-AS modelida tovar va pul bozorlarining aloqasi e‘tiborga
olingan edi. Ya‘ni tovarlar va xizmatlar baholarining ko‗tarilishi
pulga
bo‗lgan talabni oshirishi bu esa o‗z navbatida foiz stavkasining
ko‗tarilishiga olib kelishi, oqibatda investitsiya
xarajatlari va umuman
yalpi xarajatlar kamayishi AD-AS modelida ko‗zda tutilgan edi. IS-LM
modeli AD-AS modelini qisqa muddatli davrga aniqlashtiradi va bu
modelda har ikkala bozor yagona makroiqtisodiy tizimning sektorlari
sifatida namoyon bo‗ladi.
Model bu sektorlarda tarkib topgan sharoitlarga bog‗liq tarzda foiz
stavkasi R bilan daromad darajasi Y
ning muvozanatli darajasini
belgilaydi.
172
Modelning asosiy tenglamalari.
IS-LM (investitsiya -
jamg‗armalar, likvidlilikning afzalligi - pul) modeli foiz stavkasi R bilan
daromadlar Y ning bir vaqtning o‗zida har ikkala bozorda muvozanatni
ta‘minlaydigan kombinatsiyalarini topish imkonini beradi.
Modelning asosiy tenglamalari quyidagilar:
1. Y=C +I + G +Xn — asosiy makroiqtisodiy ayniyat.
2. C = a+b (Y-T) — iste‘mol funksiyasi, bu yerda T = Ta + tY.
3. I = e-dR — investitsiya funksiyasi.
4. Xn = d- m`Y - nR — sof investitsiya funksiyasi.
5. M/P =kY - hR — pulga talab funksiyasi.
IS-LM
modelida
ko‗rilgan
barcha
tenglamalar
bajarilsa
muvozanatga erishiladi.
Modelning endogen o„zgaruvchilari
Y, C, I, Xn va foiz stavkasi R.
Modelning ekzogen o„zgaruvchilari
G, Ms va chegaraviy soliq stavkasi
t.
Eempirik koeffitsiyentlar
a, b, c, d, m, n, k va h bo‗lib
musbat va
nisbatan barqarordir.
Y haqiqiy < Y potensial bo‗lgan qisqa muddatli davrga muvozanat
ko‗rib chiqilayotganda, modelda, baholar darajasi o‗zgarmas, foiz
stavkasi R va daromad Y o‗zgaruvchan deb olinadi.
Y haqiqiy = Y potensial bo‗lgan, ya‘ni to‗liq bandlik sharoitida
baholar darajasi R o‗zgaruvchan, Ms nominal kattalik va boshqa barcha
o‗zgaruvchilar real kattaliklardir.
Dostları ilə paylaş: