208
Valyuta kursi -
bir mamlakat pul birligining boshqa
mamlakatlarning pul
birliklarida ifodalangan narxi; ularning xarid
qobiliyati va boshqa bir qator omillar (to‗lov
balansining holati,
inflyatsiya
darajasi,
qisqa
muddatli
kapitalning
davlatlararo
migratsiyasi) bilan belgilanadigan turli mamlakatlarning pul birliklari
o‗rtasidagi nisbat.
Valyuta kursini o‗rnatish
kotirovkalash
deb ataladi. U to‗g‗ri va
teskari kotirovkalashga ajratiladi. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi
milliy valyutada ko‗rsatilsa, bunga to‗g‗ri kotirovkalash deb ataladi.
Masalan, 1 AQSh dollari 1600 so‗mga teng.
Teskari kotirovkalashda
milliy valyutaning bir birligiga to‗g‗ri keladigan xorijiy valyutaning
miqdori o‗rnatiladi.
Dunyoning ko‗p
mamlakatlarida, shu jumladan, O‗zbekistonda
ham to‗g‗ri kotirovkalash qabul qilingan.
Turli pul birliklari uchun valyuta kurslarini o‗rnatish
jarayonida
bozor kuchlarining ta‘sir etish darajasi bir xil emas. Bu ta‘sir kuchiga
bog‗liq holda valyuta kurslarini qabul
qilishning bir-biridan farq
qiluvchi ikki varianti mavjud.
1. Talab va taklifga asosan aniqlanadigan egiluvchan yoki erkin
suzib yuruvchi valyuta kursi tizimi.
2. Davlat aralashuvi asosida aniqlanadigan qat‘iy
belgilangan
valyuta kursi tizimi.
Erkin suzib yuruvchi valyuta
kurslari
talab va taklif asosida
aniqlanadi. Masalan, bir o‗zbek so‗mining AQSh dollariga almashishini
qarab chiqamiz. Milliy valyuta kursining pasayishi natijasida dollarga
talab kamayadi va taklif esa oshadi.
Dostları ilə paylaş: