207
3. Valyuta
bozorining ishlash tartibini;
4. Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartib va qoidalarini;
5. Valyuta yordamida tartibga solish va nazorat qilish tizimini;
6. Valyuta munosabatlarini tartibga solib turuvchi va jahon valyuta
tizimining barqaror faoliyatini ta‘minlovchi
xalqaro tashkilotlar tizimi
(Xalqaro valyuta fondi, Umumjahon banki,
Yevropa tiklanish va
taraqqiyot banki).
Xalqaro valyuta yoki xalqaro to„lov
-hisob va kreditlash
vositalariga javob berishi kerak bo‗lgan talab ularning konvertirlashuvi
hisoblanadi
Davlat valyuta kurslarini barqororlashtirish
uchun valyuta
bozorining amal qilishiga bevosita yoki bilvosita aralashishi zarur.
Buning bir qator usullari mavjud:
1. Zahiralardan foydalanish- valyuta kursini mustahkamlash uchun
rasmiy zahiralar bilan bozorda manipulyasiya qilish hisoblanadi
2. Savdo siyosati- savdo va moliyaviy oqimlar ustidan to‗g‗ridan-
to‗g‗ri nazorat qilish. Masalan, AQSh dollarining yetishmasligi
sharoitida valyuta kursini tegishli darajada importni cheklash hisobiga
ushlab turish mumkin.
3. Valyuta nazorati- milliy eksportyorlar olgan barcha tegishli chet
el valyutalarini davlatga sotish talabi bilan
ularning yetishmasligi
muammosini hal qilishi va chet el valyutasining bu zahirasini turli
milliy importyorlar o‗rtasida taqsimlash.
4. Ichki makroiqtisodiy tartibga solish- ichki soliq yoki pul-kredit
siyosatidan tegishli chet el valyutasining yetishmasligi
bartaraf qilish
maqsadida foydalanish. Masalan, cheklovchi soliq va pul kredit siyosati
tadbirlari mamlakat milliy daromadini boshqa bir davlat milliy
daromadiga nisbatan pasaytiradi
Dostları ilə paylaş: