210
Har ikkala mamlakatdagi baholar darajasi (indeksi) bir xil bazis
yilga nisbatan berilgan. Real valyuta kursining ko‗tarilishi (pasayishi) bu
mamlakat tovarlari raqobatbardoshligining pasayganligi (oshganligi)
to‗g‗risida guvohlik beradi.
Xarid qobilyati pariteti
konsepsiyasi narxlarning tenglashuvi
nazariyasiga asoslanadi. Ya‘ni, bir xil tovar turli joylarda har xil
narxlarda sotilishi uzoq davom etmaydi. Xarid qobiliyati pariteti
konsepsiyasiga ko‗ra valyuta kursi doimo turli mamlakatlarda baholar
darajasining o‗zgarishi natijasida kelib chiqadigan farqni qoplash uchun
zarur bo‗lgan darajada o‗zgaradi. Ya‘ni:
Pd
r = ——
Pt
Bu yerda: r — xorijiy valyutaning milliy valyutadagi bahosi;
Pd — ichki baholar darajasi;
Pt — chet eldagi baholar darajasi.
Valyuta kurslarining oshishi mamlakatlar eksport imkoniyatlarini
yomonlashtiradi. Valyuta kurslarining beqarorligi tashqi iqtisodiy
aloqalarga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Uning tebranishi xalqaro bitimlarda
noaniqlik va tahlika darajasini ko‗paytiradi. Shu sababli valyuta kursi
ham mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda tartibga solishning
muhim obyekti hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: