O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

Davlat byudjeti xarajatlari. 
Davlat byudjeti xarajatlarining 
tarkibiga ijtimoiy soha, ijtimoiy himoya, iqtisodiyotga xarajatlar, 
markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari, davlat 
hokimiyati organlari, boshqaruv va sud organlari, davlat hokimiyati 
organlari, boshqaruv va sud organlari xarajatlari va boshqa xarajatlar 
kiradi. 
Davlat byudjeti xarajatlarining yarmidan ko‗pi quyidagilarga 
yo‗naltirildi: 


103 
– byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, 
barcha turdagi pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalarning 
miqdorini inflyatsiya darajasidan yuqoriroq darajada oshirish. Bundan 
ko‗zlangan maqsad, respublika aholisining turmush darajasini yanada 
oshirish va fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirishdan iborat; 
Bundan tashqari mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo‗jaligining 
tutgan o‗rniga e‘tibor qaratilib va iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan 
tuzilmaviy o‗zgarishlar talablaridan kelib chiqib byudjet mablag‗lari, 
eng avvalo quyidagi masalalarni yechishga: qishloq xo‗jaligida iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirish; sug‗oriladigan yerlarni suv bilan yetarlicha 
ta‘minlash; fermer xo‗jaliklarini rivojlantirish; qishloq joylarda ishlab 
chiqarish munosabatlarini takomillashtirish; bozor prinsiplariga mos 
ravishda qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarishning uyushgan boshqaruv 
tizimini 
joriy 
etish; 
qishloq 
xo‗jaligi 
mahsulotlarini 
ishlab 
chiqaruvchilarning erkinligini oshirishga qaratilgan. 
Byudjet daromadlariga
quyidagilar kiradi: soliqlar (to‗g‗ridan-
to‗g‗ri va bilvosita), kreditlar bo‗yicha foizlar, korxona foydasidan, 
xususiylashtirishdan, qimmatli qog‗ozlardan, davlat bojlaridan, shtamp 
bojidan va boshqalar. Davlat byudjetining asosiy manbai soliqlardir. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin