139
bo‗lgan o‗sish sur‘atlariga erishish muammosi chiqqan davrda paydo
bo‗ldi.
Shu sababli iqtisodiy o‗sish muammosining nafaqat nazariy
asoslari, balki uni tahlil qilishning uslublari ham o‗zgardi. Bu davrda
rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida yirik firmalarning roli keskin o‗sdi.
Bu firmalar o‗z investitsiyalarini strategik rejalashtirish uchun,
iqtisodiy o‗sishning neokeynscha modellariga tayangan holda,
mikrodarajada o‗sishning dinamik modellarini tuza boshlashdi.
Ta‘kidlangan
modellarni
tuzishda
firmalar
chiziqli
dasturlash
uslublaridan va V.Leontyevning ishlab chiqarish funksiyasidan
foydalanishdi.
Yirik firmalarning mustaqil iqtisodiy siyosat yuritishga va
iqtisodiy o‗sishga erishishga intilishlari neoklassik yo‗nalish vakillarini
iqtisodiy o‗sishning neokeynscha modellariga muqobil bo‗lgan o‗sish
modellarini yaratishga faol kirishishga undadi.
Bu yo‗nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi R. Solou va ingliz
iqtisodchisi J.Mid hamda boshqalar), bozor raqobati sharoitida yirik
firmalarga o‗z resurslaridan potensial o‗sishga erishish maqsadi to‗laroq
foydalanish imkonini berish uchun, iqtisodiyotga davlat aralashuvini
qat‘iy cheklash lozim degan fikrni olg‗a surishdi.
Ular yaratgan modellarning
metodologik asoslari bo‗lib,
shuningdek, mehnat, kapital va yerni ijtimoiy mahsulotni yaratishning
mustaqil omillari deb qarovchi ishlab chiqarish omillarining klassik
nazariyasi xizmat qildi.
Neoklassik modellarning navbatdagi metodologik asosi bo‗lib
chekli (chegaralangan) unumdorlik nazariyasi hisoblanadi. Ushbu
nazariyaga ko‗ra ishlab chiqarish omillari egalari oladigan daromad, bu
omillarning chekli mahsulotlari (omillarning qo‗shimcha birligi hisobiga
yaratilgan qo‗shimcha mahsulot) bilan belgilanadi.
Neoklassik
maktab
nazariyotchilari
iqtisodiy
o‗sishning
neokeynscha nazariyalarini uch jihat bo‗yicha tanqid qildilar:
-
Dostları ilə paylaş: