Buzoqning yugurgani somonxonagacha;
Mushukbekorga oftobga chiqmaydi;
Bunday «paremalar, asosan, frazeologik birliklardan tashkil topib, so‘zlashuv, ommabop xamda badiiy nutq uslublarida juda keng qo‘llaniladi va hazil-mutoyiba, askiya-payrovlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, personajlarning nutqiy tavsifida, umuman olganda, nutqiy uslubiy ta`sirchanligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi»
Ma`lum bir grammatik ma’no va vazifaga ega bo‘lgan so‘z formani maxsus qo‘llash ekspressiv-emotsionallik ifodalashning morfologik usuli hisoblanadi. O‘zbek tilida so‘z turkumlaridan ot va fe`l o‘zining turli qo‘shimchalarga boyligi bilan ajralib turadi.
Mazkur formalar yordamida biror narsa yoki xodisaga nisbatan sub`yektning qandaydir munosabati ifodalanadi:
Ungacha moshinchani haydab yuraveraymi?
Yo`q, mumkin emas. O‘zingiz o‘ylab qarang, bordi-yu, bu kishi, ya`ni «jiyanchangiz» Qo‘rqmasvoycha pravacha olmasdan moshinchani haydasalaru avariyachaga uchrasalar, o‘zlariyu yonidagilar yaradorcha bo‘lib qolsa, — jiyanchamiz turmachaga ham tushib qolishlari mumkin.
Yana bir misol:
Kechiradilar... So‘raganning aybi yo‘q... o`zlari kuyov qilganmilar?
Yo‘q, — dedi Saida.
Kuyov qilish niyatlari bormi o‘zi?
Saida hijolat bo‘lib, nima deyishini bilmay qoldi va kulib:
Qaydam... — dedi.
Ko‘rinib turibdiki, yuqoridagi nutq parchalarida berilgan moshincha, pravacha, avariyacha, turmacha; «kechiradilar», «o‘zlari kuyov qilganmilar», «niyatlari bormi», «kuyov qilsalar», «o‘zlaridan», «kuyovlaridan» kabi so‘z va so‘z birikmalari ironik mazmun ifodalashning morfologik usuli (-cha va -lar affikslari yordamida) uchun berilgan yorqin misollardir.
O‘zbek tilida ironiya ifodalashning sintaktik vositalari orasida attributiv va relyativ birikmalar alohida xususiyatga ega. Chunki bunday birikmalarning tobe komponentlarida baholash xarakteri kuchli bo‘ladi. Masalan:
“Menga qarang, bek yigit, – dedi. Otabek unga qaragach, siz kim bo‘lasiz? – deb so‘radi. U xanuz boyagi masxara holatda edi.
Men Otabek!
Dunyoda Otabekdan ko`pi bormi, siz qanday Otabek?
Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li!
Ha-a-a shundog deng-chi... Toshkentlik Yusufbek hojikim, Azizbegimizning gumashtasi bo‘lgan zoti sharifning o‘g‘illari?” (A.Qodiriy).
Misolimizdagi «bek yigit», «Azizbekning gumashtasi», «zoti sharif» birikmalarining musbat ma’no ifodalashdan inkorga o‘tish jarayoni natijasida modallik hosil kilingan. Yuqoridagi birikmalar tarkibidagi ot leksemalar ironik mazmunni kuchaytirishga yordam bergan.
Umuman olganda, o‘zbek tili ironik mazmun ifodalash usul xamda vositalariga juda boy desak, mubolag`a bo‘lmaydi.
«Ironik mazmun ifodalashning usul-vositalari» mavzusi yuzasidan olib borgan kuzatishlarimiz natijasida quyidagi umumiy xulosalarga keldik:
Tilshunoslikda ironiya nutqning ma`lum bir niyat – maqsadini yo‘naltirishga xizmat qiluvchi salbiy-sub`yektiv munosabat ifodalovchi uslubiy vosita hisoblanib, nutqning effektivligini oshirishga xizmat qiladi.
Ironik munosabat biror fikr yoki maqsadning til birliklari vositasida to‘g‘ri ochiq aytilmasdan, yashirin holda, teskari, ko‘chma ma’noda qandaydir bir ishora yordamida tushuniladigan mazmuni bo‘lib, u tilshunoslik fanida «tagmatn» tushunchasi bilan bog‘liq.
Salbiy xususiy munosabatni vulrgar so‘zlar bilan emas, balki oddiy muomaladagi so‘zlarning ko‘chma ma’nosi bilan bayon qilish katta natija beradi. Bu xolat uslubshunoslikda «ironik effekt» nomi bilan yuritiladi.
Ironik effektning kontekst bilan bog‘liq bo‘lishi esa, mazkur nutqiy xodisani o‘rganish ko‘lamini yanada kengaytirish lozimligini ko‘rsatadi.
Har qanday ironik mazmun realizasiyasi quyidagi uch bosqich realizasiyasi asosida amalga oshiriladi:
a) muallif intensiyasi – ironik mazmun yaratish g‘oyasi;
b) nutq me’yorlariga mos holda harakatga keluvchi kontekstni konstruksiyalash – nutq parchasini shakllantirish;
v) matn mazmuni ko`rilishi komponent hisoblangan ironik mazmunning yuzaga chiqishi
O‘zbek tilida ironiya hosil qilishning ikki asosiy ko‘rinishi mavjud:
a) situativ ironiya;
b) assosiativ ironiya.
Situativ ironiyada tasodifiy, kutilmagan sub`yektiv munosabatlar yorqin detallar asosida «tez» ifoda etiladi.
Assosiativ ironiyada esa so‘zlovchining asl maqsadi sekin-asta, darajalanib amalga oshadi. Shuning uchun ham uni gradual-darajali ironiya deb xam atash mumkin.
O‘zbek tilida salbiy sub`yektiv munosabat ifodalash usullari xilma-xil bo‘lib, ular bir-biridan ironik mazmun ifodalashning darajasi bilan, ya`ni salbiy xususiy munosabatning eng yuqori, me’yordan ortiq, o‘rtacha, shunchaki ifoda etilishi bilan farqlanadi (kinoya, kesatiq, piching, uchuruq kabi).
Ironiya nutqda barcha til vositalari yordamida sodir bo‘lish xususiyatiga ega. O‘zbek tilida ironik mazmun ifodalovchi lisoniy vositalarni quyidagi tartibda o‘rganish maqsadga muvofiqdir:
Ironik mazmun ifodalashda intonasiyaning o‘rni muhimdir.
Ironiya manfiy va musbat mexanizmlarning o‘zaro zidlanishi natijasida yuzaga chiqadi. Lisoniy vositalarning asl ma’nosiga qarama-qarshi ravishda xosil bo‘lgan implisit ma’nosi ularning majburiy komponent — modallik, ya’ni nutq muallifining borliqqa munosabati tarzida ifodalanadi.
Xullas, ironik mazmun ifodalashning lisoniy vositalarini atroflicha va mukammal yoritish muhim ahamiyatga ega. Nutqda ironik mazmun ifodalash vositalaridan o‘rinli foydalanish nutqning ta’sir etish kuchini oshiradi, nutqiy muloqot jarayonining effektivligini ta’minlaydi, unga jonlilik kiritadi.