O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxus ta`lim vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo`limi



Yüklə 196,81 Kb.
səhifə21/27
tarix05.02.2023
ölçüsü196,81 Kb.
#82974
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
25 05 2022 uzb лот Диссертация Дусматова Н 2

2.1.3. Grammatik vositalar
Ironik mazmun ifodalovchi grammatik vositalar nisbatan kamroq. Bunda asosan, gaplarda so`z tartibining o`zgartilishi, darak gapni so`roq gapga aylantirish, yoki sintaktik takror kabi grammatik hodisalardan foydalaniladi. Masalan, “Bu kishim universitetga kirarmush, sen o`qishga ketsang mollarga kim qaraydi?”.
“Qo`ysanglar-chi, endi! Masxara qilavermanglar! Mendan ko`p bilganlarinngdan maqtanishlaring kerakmi?”
Jeremy: «Why did you marry him? »
Billy: «Because of the colour of his hair».
(Джереми: Почему вы вышли за него замуж?
Билли: Из-за цвета волос).
Kopincha ironic mazmun ifodalovchi birlikni ajratib ko`rsatish uchun ayni leksik birlik qo`shtirnoq ichiga olinadi:
“Hali uyga kelsang, boshingni silab qo`yaman”. “Imtihonga juda “yaxshi” tayyorlanib kelibsiz, qizim, bahongiz “ikki” dedi o`qituvchi.
O`zbek tilida kop`lik shaklini ifodalovchi morfologik shakl bilan ham beriladi. Masalan: “Janobi oliylari kelsinlar. Qilg`ilikni qilib qoyib, bemalol yurishlarini qarang”.
“Sabohat xonaga sinchkov ko`z yugurtirarkan, nimagadir xursand bo`lganday og`zini tanobi qochib, istehzo bilan iljayardi.
– Nega aqalli qizlaringizni yo`qlab bormaysiz, desam turishlaringiz shohona ekanda, – dedi nihoyat kesatiq bilan”.
Ingliz va o`zbek tillarining grammatik qurilishi turlicha. Ushbu tillarda ironik mazmun ifodalovchi grammatik vositalarda ham farqlar uchraydi. Masalan o`zbek tilida ingliz tlida bo`lgani kabi quyidagicha ironiya turlari uchramaydi:
“I like parliamentary debate”.
“Perticularly, when `tis not too late”74.
Ushbu misolda Grammatik shakl o`zgarganligini ko`rish mumkin.


2.2. Ingliz va o`zbek tillarida mazmun ifodalovchi usullar


Ironik mazmun – bu manfiy, inkor xarakterga ega bo‘lgan sub`yektiv baho modalligi asosida beriladigan ziddiyatli fikrlar yig`indisidan iborat bo‘lgan bir butun matnning – predikativ-relyativ kompleksning mazmunidir.
«Ironik mazmun» deb, muallifning bu usul vositasida o‘zining maqsadini, shaxsiy munosabatini yashiringan formada ifodalashga aytiladi75.
Birinchi bobning keyingi bo‘limlarida ironik mazmun ifodalash jarayoni va uning bosqichlari hamda o‘zbek tilida ironik mazmun ifodalashning asosiy usullari tahlil etilgan.
Ironik mazmun jarayonini aniqlash uchun quyidagi ikki asosiy aspektga murojaat qilish talab etiladi. Unnng birinchisi kontekstga taalluqlidir. Bu o‘rinda X.Vaynrayxning mazkur masala yuzasidan bildirgan fikrini eslatib o‘tishni joiz deb topdik: «Ironiyani lingvistik nuqtai nazardan tadqiq etishda bu xodisani til yoki metatil hodisasi sifatida kontekst bilan bog‘lash katta ahamiyatga ega. Uni kontekstdan ajratib talqin etish aslo mumkin emas»76.
Ironik mazmun hosil bo‘lishining ikkinchi omili birinchi aso­siy omil bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u fikrning kommunikativ yo‘nalishiga taalluqlidir. Yozma matn maqsadni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib bersa xam, hamisha pragmatik xarakterga ega bo‘lavermaydi.
Matnda iro­nik mazmun muallifning asosiy niyati, rejasiga asosan yuzaga chiqariladi. Ironik mazmun matnda, asosan, nutq muallifi tomonidan reallashtiriladi, har ehtimolga qarshi, oldindan mo‘ljallab tuzilgan reja asosida aktuallashadi, shuning uchun ham u matnni shakllantiruvchi vositalar bilan aniqlanadi.
Yozma nutq matnida ironiya umumiy mazmun va yetakchi mavzu bilan boshqariladi va bu mavzuning har bir nuqtasini, qirrasini alohida ochishga, rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, matnning «ironik mazmun» strukturasi kontekst va uning kommunikativ yo‘nalish topshirig‘i – vazifasidan tashkil topadi.
Olib borilgan izlanishlar ironiya hosil qilishning asosiy ikki turini aniqlash imkonini berdi:
Situativ (vaziyatli) ironiya.
Assosiativ (darajali) ironiya.
Har bir tur yoki tip ma`lum rejalashtirilgan kontekstlarda amalga oshiriladi, shu orqali ularning parametrlarini aniqlash imkoniyati tug‘iladi. Ironiyaning mazkur ikki ko‘rinishi ma’lum ma’noda bir-biridan farqlanadi.
1. Situativ ironiya – emosional jihatdan bo‘yalgan munosabat ko‘rinishi bo‘lib aniq, ravshan ironiya xisoblanadi. Uning bu turini tezdagina anglash mumkin. So‘z, gap yoki so‘z birikmasining to‘g‘ri ma’nosi bilan kontekstdagi ma’no orasidagi farq – ziddiyat darxol seziladi. Ironiyaning bu tipi mikro va makrokontekstlarda xam ba’zan-ba’zan hosil bo‘lishi mumkin.
Situativ (vaziyat) ironiya badiiy asar doirasida ko`pirtirib, tasodifiy sub’yektiv munosabatlarni erkin ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ironiyaning bu turi ko‘proq dialogik nutq ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Masalan,
Yo‘lda ketayotgan mulla unga qarab xangrayotgan eshakni ko‘rib, uning egasiga:
Ikkinchi, eshaging meni ko‘rganda hangrasa, ustingdan yozib, kovushingni to‘g‘rilab qo‘yaman, — debdi.
Afandi uning ig‘vogarligini bilib bo‘sh kelmabdi:
Ha, endi, eshak eshakni ko‘rganda xangraydi-da!
(M.Darveshov)
Keltirilgan nutq parchasida ironik munosabat nutq egalari orasida kutilmagan bir xolatda sodir bo‘lgan. Ya`ni, afandi suxbatdoshining niyatini tezda tushunib, unga nisbatan ustalik bilan xazil orqali javob qilgan va uning ustidan kulgan — o‘z munosabatini bildirgan.
2. Assosiativ ironiya. Badiiy asar tizimida o‘zining ifodalanish usuli, vositalari jihatidan murakkab xususiyatga ega bo‘lgan ironiya ko‘rinishi, bu — assosiativ ironiyadir. Assosiativ ironiya shunday bir usuldirki, unda shaxsiy munosabat anchagacha yashirin, asta-sekinlik bilan ifoda etiladi. Bunda til yoki nutq birliklari ko‘chma ma’noda qo‘llangan bo‘lib, so‘zlovchining asosiy maqsadi, sekin-asta, darajalangan xolda oshkor etiladi.
Ironik mazmun ifodalashning bu usulini darajali (gradual) ironiya deb ham atash mumkin. Gradual (darajali) ironiya, ko‘pincha, megokontekst (makromatn ko‘rinishlari) da kuzatiladi. Bunday xollarda megokontekst vazifasini bir necha super sintaktik butunliklar (SSB lar birikmasi), bir butun asar yoki uning biror tarkibiy qismidan iborat bo‘lgan yozma nutq ko‘rinishlari bajarishi mumkin.
Ironiyaning bu turi badiiy asarning butun bir sistemasini yaratishga yordam beradi. Masalan:

Yüklə 196,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin