O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxus ta`lim vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo`limi



Yüklə 196,81 Kb.
səhifə20/27
tarix05.02.2023
ölçüsü196,81 Kb.
#82974
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
25 05 2022 uzb лот Диссертация Дусматова Н 2

2.1.2. Leksik vositalar


Yuqorida ironik birliklarni o`rganish davomida berilgan misollardan ko`rinadiki, ingliz va o`zbek tillarida asosan leksik birliklar ironik mazmun ifodalashda muhim rol o`ynaydi. Quyida ingliz tilidagi badiiy asarlardan olingan bir qancha misollarni ko`rib chiqamiz.

  1. His face is red at first and then it goes white and his eyes stare as if they’ll pop out of his head.

  2. “Just pop into the scullery and get me something to stand this on”.

  3. There is a fish and chip shop up on the main road. I thought you might show your gratitude by popping up for some.

  4. “I’ve no need to change or anything then”.

      1. “No, just pop your coat on and you are fine”.

  5. Actually Mrs. Swallow is out. But she won’t be long. She is popped up

      1. the road to the shops.”

  6. Would you like me to pop downstairs and make you a cup of cocoa?

  7. «How nice!» she said when I told her I had to work all weekend. (Verbal Irony).

  8. A traffic cop gets suspended for not paying his parking tickets. (Situational Irony).

  9. The Titanic was said to be unsinkable, but it sank on its first voyage. (Situational irony).

  10. We named our tiny Chihuahua «Brutus» (Verbal irony) .

  11. The audience knows the killer is hiding in a closet in a scary movie, but the actors do not. (Dramatic Irony).

Quyida Teodor Drayzerning “Amerika fojiyasi” romanidan olingan bir qancha ironik birliklarning leksik vositalar bilan ifodalanishiga guvoh bo`lamiz.
1. Onasi missiyadagi og`ir ishi va oiladagi tashvishi og`irligiga qaramay quvnoqligini yo`qotmas yoki, jilla qursa, tetiklikni qo`ldan bermasdi. U, ayniqsa, oilaning holi tanglashgan paytlarda tez-tez chuqur ishonch bilan: ,,Xudo bizni tashlab qo`ymaydi’’ yoki ,, Xudo bizga yo`l ko`rsatadi’’,- deb qo`yardi. Shunday bo`lsa ham, oilaga qo`l cho`zish juda-juda zarur bo`lib qolgan taqdirda ham xudo buning chorasini ko`rsatib berolmasligi bolaga ham,boshqalarga ham ayon edi.
2. Otasi har qanday suhbatni ,,xudoga shukur’’ deb boshlar va yetti yoshdan beri u yashayotgan uyga qo`shni bo`lgan bolakaylar otasiga ko`zlari tushdi deguncha:
- Ana keksa ,,xudoga shukur’’ Grifits kelayapti! – deb baqira boshlashardi.
Yoki bolaning ketidan:

  1. Anavining opasi organcha chaladi! Yana nimani chalarkin? – deb qishqirishardi.

  2. Otasi nega hadeb, ,,hudoga shukur’’, deyishini qo`ymas ekan-a?! Boshqalar bunaqa qilshmaydi-ku!

3.Klayd boyadan beri o`ziga o`zi bu ishni boshqa qilishni istamayman,o`zim ham, ota-onam, opa-singil, ukam ham hammaga mayna, boshqalarga o`xshamaydi, derdi. Ko`chada majburan ashula aytib yurishgani qanchalar joniga tekkanini mabodo to`kib solish imkoni tug`ilgiday bo`lsa, hammalarini bir qilib, ,,daydi ashulachilar’’, degan bo`lur edi.
4. Jismoniy mehnat-a! Nima, o`ziga o`xshagan bolalar idora hodimlari yoki dorishunoslarning yordamchilari, yoki bank va turli tuman idoralarning buxgalterlari,yoki hisobchilari bo`lishayotganda umri dastgoh yonida o`tsinmi, g`isht tersinmi, duradgorlik, suvoqchilik yoki vodoprovodchilik qilsinmi! Unaqada bundan buyon ham o`ng`almay, ro`shnolik ko`rmay o`taveradi, kiyimiga son tegmay, jismoniy mehnat kishilari qiladigan ishlardan boshi chiqmay yuraveradi!
5. _Hozirgina qo`lida shotlancha qalin jun ro`mol bilan oppoq sochli novcha odamga ko`zingiz tushdimi? - deb so`radi u yordamchisidan kontorka oldida to`xtab.
U bosh irg`adi.

  1. Menga aytishlaricha, U lord Landreyl ekan. U bugun ertalab on to`rtta sandig` va to`rtta xizmatchisi bilan keldi. Buni qarang-a! Shotlandiyaning mo`tabar odami.., u boshqacha nomda sayohat qilib yuribdi. Bizning daftarda ismi janob Blant deb yozilgan. Inglizlar shunaqa, ko`rdingizmi? Ishni juda o`rinlatishadi-a?

  2. Xeglandning aytishiga qaraganda,bu puldan faqat bir dollarni janob Skuayrsga berishi kerak edi. Birgina ajoyib oqshomdagi zo`r va hayratomuz ishqida topgan besh yarim dollari esa uniki edi! Buning rostligiga u arang ishonardi. Nega deganda, bu huddi ,, Ming bir kecha’’ ertaklaridagi narsalarga o`xshardi-da!

  3. Yigit mehmonhonada uch kun turganidan keyin kontoraga kelib: Xotinim Sent-Luisga qaytib ketayapti, endi menga bitta xona bo`lsa ham bo`ladi,sandig`im bilan narsalarimni o`shanga olib chiqib qo`yinglar,xotinim poezdga kechikayapti; - debdi. Sandiq esa mutlaqo yigitga qarashli emas, qizniki ekan, tushungdinglaringmi? Qiz hech qayoqqa bormas, bu narsa hayolida ham yo`q ekan. Ketadigfan yigit ekan. Hammani boplab ketibdi, bildilaringmi? `

  4. Yigit baland bo`yli, ustiga qora va uzun inglizcha palto kiygan,qalpog`ini bostirib olgan,oyog`ida sarg`imtir uzun paypog`I ham ko`rinardi. Uning qo`lida hassachsi bilan aylanib yurganini ko`rsanglar edi! Men uni oldiniga birorta ingliz gersogi bo`lsa kerak, deb o`ylovdim.

  5. – Odam degan umr bo`yi shunday qolavermaydi-da. Bunaqa bo`lmaydi. Senga biror narsa bo`lsa, mana biz turibmiz.

  6. Klayd asabiylashganidan nihoyat jahl bilan ularning gapini bo`ldi:

Ingliz va o`zbek tillarida ironik mazmun ifodalovchi leksik birliklar juda ko`p. Ya`na shuni ta`kidlash lozimki, turli nutqiy vaziyatlarda, turli kontekstlarda turlicha leksik vositalardan foydalaniladi.


Yüklə 196,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin