O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə16/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

Abu Nasr Forobiy

Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Oʻzlugʻ Tarxon Forobiy (873-950-yy.) - jahon madaniyatiga katta hissa qoʻshgan mutafakkir, Oʻrta Osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim. Forobiy oʻz zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa qoʻshganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanishtirgani tufayli Sharq mamlakatlarida ulugʻlanib, “Al-Muallim as-Soniy” (Aristoteldan keyingi “Ikkinchi muallim”), “Sharq Arastusi” deb yuritilgan.14


Ayrim maʻlumotlarga qaraganda Forobiy 70 dan ortiq tilni bilgan. Forobiy barcha bilimlarga oid 160 dan ortiq asar yaratgan. Uning ilmiy ishlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Yunon faylasuflari va tabiatshunoslarining ilmiy meroslarini izohlash, targʻib qilish.
2. Fanning turli sohalariga doir mustaqil original asarlar yaratish.
Forobiy yunon mutafakkirlari - Ptolemey, Platon, Aristotel, Yevklid, Porfiriy asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa, Aristotel asarlarini (“Metafizika”, “Etika”, “Ritorika”, “Sofistika” va boshqalar) batafsil izohlab, qiyin joylarini tushuntirib bera olgan, kamchiliklarini koʻrsatgan, ularning umumiy mazmunini ochib beruvchi maxsus asarlar yarat­gan. Forobiyning sharh yozish faoliyati faqat Sharqnigina emas, oʻrta asr Yevropasini ham yunon ilmi bilan tanishtirishda katta rol oʻynadi.
Forobiyning mustaqil asarlarini mazmuniga qarab 7 ta katta guruhlarga ajratish mumkin. Faqat materiya xossalari va turlarini anorganik tabiatning, hayvonlar va inson organizmining xususiyatini oʻrganuvchi, yaʻni tabiiy fanlar - kimyo, fizika, optika, tibbiyot, biologiyaga bagʻishlangan adabiyotlarning oʻzi quyidagilar: “Alkimyo ilmining zarurligi va uni inkor etuvchilarga raddiya haqida maqola” (“Maqola fi vujub sano-at alkimyo va-r radd ala mubtiluho”), “Fizika asoslari haqida kitob” (“Kitob fi usul ilm al- tabiat”), “Inson aʻzolari haqida risola” (“Risola fi aʻzo al-insoniya”), “Hayvon aʻzolari haqida soʻz” (“Kalom fi aʻzo al-hayvon”) va hokazo.
Forobiy tabiiy-ilmiy fanlar haqidagi qarashlarini “Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi” asarida batafsil yoritgan. Kitobda oʻrta asrda maʻlum boʻlgan 30 dan ortiq fanning taʻrifi, ahamiyatini alohida koʻrsatib bergan. Uning sinflashiga oid barcha fanlar 5 guruhga ajratiladi:
1. Til haqidagi ilm (7 boʻlimdan iborat).
2. Mantiq va uning boʻlaklari.
3. Matematika (arifmetika, geometriya, optika, astronomiya, musiqa, ogʻirliklar haqidagi ilm, mexanika).
4. Tabiatshunoslik va metafizika (ilohiyot) ilmi.
5. Shaharlar haqidagi fanlar.
Fanlarning bu sinflanishi oʻz davrida ilmiy bilimlarni tizimlashtirishning mukammal shakli boʻlib, bilimlarning keyingi rivoji uchun katta ahamiyatga ega boʻldi.
Forobiyning falsafiy qarashlari avvalambor Aristotel taʻlimotini neoplatonizmdan tozalash, sof aristotelizmni tiklash va ilmiy yutuqlar asosida rivojlantirish edi. Borliqning kelib chiqishi haqida Fo­robiyning al-Istiqsot taʻlimoti materialistik mazmundan iborat. Bunga koʻra mavjudot 4 unsur: tuproq, suv, havo, olovdan tashkil topadi; osmon jismlari ham yer jismlari ham shu unsurlarning birikushidan vujudga keladi. Moddiy jismlarning farq qilishiga sabab ularning ibtidosidagi unsurlarning turlicha boʻlishidir. Masalan, olov-issiqlik sababi, suv-sovuqlik va namlik, tuproq - qattiqlik sababi va hokazo. Forobiy butun mavjudotni sabab va oqibat munosabatlari bilan bogʻlangan 6 darajaga boʻladi. Shu oʻrinda buyuk yurtdoshimizning alkimyoga oid bir fikrini eslatib oʻtish lozim: oʻsha paytda maʻlum boʻlgan 6 ta metallarni bir turkumga kiritib, „Ularni bir-biriga aylantirish mumkin, bu metallar bir-biridan qattiqligi, yumshoqligi, rangi, quruq va hoʻlligi bilan ozgina farq qiladi“,- degan alkimyoviy qarashlarni himoya qilgan.
Forobiy bilishning ikki bosqichini-hissiy va aqliy bilish farqini koʻrsatib bergan. Forobiy „Aql maʻnolari haqida“ risolasida aql masalasini chuqur talqin qiladi, u aql bir tomondan ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan tashqi taʻsir - taʻlim-tarbiyaning natijasi deb oʻrgatadi.



Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin