O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Kimyodan Nobel mukofotining sovrindorlari



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə3/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

Kimyodan Nobel mukofotining sovrindorlari


160



KIRISH

Kimyo tarixi inson madaniyati tarixining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu madaniyat ijtimoiy va madaniy qadriyatlar tizimida moddiy va maʻnaviy inson hayotining rivojlanish tarixi deb tushunmoq lozim.


Hozirgi zamon fani nima uchun va qanday qilib ayni kunlardagi yutuqlarga erishganligini uning rivojlanish tarixidan izlash kerak. Koʻpchilik fanlar ichida alohida oʻringa ega boʻlgan kimyoni juda qadimiy va shu bilan birga moddiy dunyoni anglashda yosh fan deb qarash mumkin.
Kimyo tarixi predmeti - kimyo fanining turli davrlarda rivojlanishini, uning boshqa tabiiy fanlar orasida tutgan oʻrnini va rivojlanish bosqichlarini oʻrganadi. Kimyo tarixi - ham tabiiy, ham gumanitar fan hisoblanadi. Chunki kimyo fanining rivojlanishi insoniyat vujudga kelgandan boshlab uning madaniyatli boʻlishi uchun xizmat qiladi.
Kimyo tarixi fani 60530100 - Kimyo taʻlim yo`nalishi talabalari o`rganadigan zarur fanlardan biridir, chunki kimyo tarixi ilmiy bilim sifatida kimyoviy taʻlimotning har qanday bosqichida ham oʻquv predmetini shakllantiruvchi asosiy vosita hisoblanadi. Kimyo tarixi tabiatshunoslik tarixi va falsafasining bir qismi sifatida fan va texnikaning didaktik modelini shakllantiradi, fundamental va fakultativ bi­lim hissasini aniqlashda asosiy qurol hisoblanadi.
Kimyo tarixi fani ham tarix fanining barcha boshqa sohalari kabi tarixiy manbalarga asoslanadi. Ular esa oʻz zamonining olim va mutaxassislari tomonidan bizga meros sifatida qoldirilgandir. Tarixiy obidalar ham shunday meros va manbalardir. Ularni oʻrganish Sharq va Markaziy Osiyo xalqlarining kimyoning dastlab hunar sifatida paydo boʻlishi va keyinchalik fanga aylanishida tegishli hissalari borligidan dalolat beradi.
Lotinlar “Tarix - hayot muallimi” deyishadi. Bu fikrni davom etdirgan Ostvald haqiqatdan ham, insoniyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini fanlar tarixi beradi, deydi. Demak, fanlar tarixida insoniyatning rivojlanish yoʻlini koʻrish mumkin. Tarixni oʻrganishda albatta jamiyat qanday va qachon boshlangan, qachon tugaydi, degan savol tugʻiladi? 1970-yilda Yaponiyaning “Omron”-firmasi SINLG (sret - don, Innovation - innovatsiya, need-ehtiyoj, impetus - yugurish, cycle – sikl. “Innovatsiyadan- ehtiyojga tomon”) nazariyasini yaratib, unda jamiyat rivojlanishi oʻz navbatida har bir fanning tadqiqot asosini, uning tarixini alohida, texnologiyasini sistemali oʻrganishni talab qilishini koʻrsatdi. Bu tabiat sirlarini tushuntiruvchi fanlardan biri boʻlib qolmasdan, hayotdagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuch hisoblanmish - kimyo faniga ham bevosita taalluqlidir.
Haqiqatdan ham kimyo fani jamiyatimizda fanlar orasida asosiy oʻrinlardan birini egallaydi. Kimyo hayotimizni taʻminlab turuvchi vosita boʻlibgina qolmasdan kundalik yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda asosiy qurol boʻlib ham xizmat qiladi.
Kimyo tarixchilari orasida kimyo taraqqiyotining tarixiy bosqichlari haqida yagona fikr yoʻq, qadimiy kimyogar - amaliyotchilarning yutuq va kashfiyotlari ochilish vaqti aniq isbotlanmagan boʻlib, har bir tarixiy davr oʻziga xos xususiyatlarga ega.
Shuni nazarga tutgan holda mazkur oʻquv-uslubiy majmuada shu vaqtgacha maʻlum boʻlgan bilimlarni umumlashtirib, kimyoning hozirgi vaqtdagi oʻrnini yoritishga harakat qilindi.



Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin