O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Murakkab radikallar nazariyasi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə48/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

Murakkab radikallar nazariyasi. Berselius Lavuazye xulosalarini tasdiqlab, organik moddalar C, H, O lardan tarkib topgan deydi, organik birikmalarni CH+O yoki C+HO tarzida qabul qiladilar. Olimlarning fikricha, radikallar nazariyasida ham organik moddalarni qutblangan deb hisoblaydilar: O - elektromanfiy qism, K - elektromusbat qism. Koʻpgina olimlar erkin radikallarni aniqlagan boʻlsalar ham, ular olinmagan va oʻrganilmagan edi. 1840-yilga kelib radikallar va elektrokimyoviy dualizm nazariyalari orasida qarama - qarshi faktlar yigʻildi.
Metalepsiya hodisasi. Metalepsiya termini oʻrin olish, almashiiish degan maʻnolarni anglatadi. 1834-yilda Dyuma etanolga xlor taʻsir etib xloral (C2H3Cl3O) olindi, ammo buni tezda hech kim eʻtirof etmadi. Bu Berseliusning elektrokimyoviy nazariyasiga qarama-qarshi edi, vodorod oʻrniga xlorning almashinishi mumkinligi hali hech kimning xayoliga kelmas edi. 1838- yilda Dyuma CH3COOH dan CCl3COH oldi va uning fizik xossalaridagi ayrim oʻzgarishlarini aniqladi. 1842-yilga kelib Melzens teskari reaksiyani amalga oshirdi, yaʻni trixlorsirka kislotasidan oddiy sirka kislotasini sintez qildi.
Koʻp asosli kislotalar nazariyasi. XIX asr 30-yillarigacha kislotalar - metallmas oksidi, asoslar- me­tall oksidi, tuzlar esa kislota va asos birikmasi deb qarashar edi. Bu reaksiyalarda suvning roliga hech kim ahamiyat bermagan edi. 1838-yili Libix "Organik kislotalar haqida" asarida kislotalar bir-, ikki-, uch asosli boʻlishi mumkinligini koʻrsatdi. Libix kislotalarning kislorodli naza­riyasiga qarshi vodorod nazariyasi barcha kislotalarni xossalariga koʻra birlashtiradi, deb aniqlik kiritdi.
Izomeriya. Dastlabki tahlillar organik moddalar tarkibi ularning kimyoviy xossalarini belgilashini koʻrsatdi. Moddalarning xossasi ikki xil boʻlsa, ularning tarkibi ham boshqacha ekan degan xulosaga kelindi. 1817-yilda aniqlangan faktlar bu qoidaga boʻysunmay qoldi. 1830-yilda esa Berselius uzum kislota va vino kislotalarning tarkibi bir xil, ammo xossalari farq qilishini isbotladi. Bu hodisa moddalarda atomlarning turlicha bogʻlanishi mumkinligi haqidagi fikr tugʻilishiga olib keldi. Buni Berselius shu yili izomeriya deb eʻlon qildi. Moddalar bir xil sifat va miqdoriy tarkibga ega, ammo molekulyar massalari har xil boʻlishi ham mumkin ekan. Bularga polimerlar deyildi.

Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin