Gomologlar haqida taʻlimot. 1840-yildarda gomologlar haqida, moddalar xossalarining bir qatorda oʻzgarishi fanga kiritildi. 1842 yili nemis olimi Ya. Til spirtlarning gomologik qatorini aniqladi va ularning farqini (CH2, u davrda uglerodning atom massasi 12 emas, 6 deb qabul qilingan edi) deb hisobladi. Uning fikricha har bir CH2 guruhi spirtlarning qaynash haroratini 18°C ga oshiradi deb hisobladi. 1844-45-yillarda gomologiya barcha organik moddalar uchun umumiy qonuniyat ekanligini Jerar aniqladi. "Jerarning organik moddalarni sinflashi fanda juda katta taʻsir etdi. Keyingi barcha tizimlarga gomologik qatorlar kirdi", deydi nemis olimi A. Kekule (1829-1896- yy.). 1858-yili A. Kekule gomologik qatorning matematik formulasini chiqardi: N(4-2)+2=2n+2 yaʻni, molekulada har bir uglerod atomi qoʻshilganda uning valentligi ikki birlikka oshadi va barcha vodorod atomlarining soni 2n+2 boʻladi.
Jerarning tiplar nazariyasi.Organik moddalarni tizimlashtirish va sinflash Jerarning urinar va tiplar nazariyasini yaratilishiga olib keldi. Jerarning oʻsha paytdagi tushunchasiga koʻra, molekula bir qancha atomdardan emas, balki yaxlit bir tizimdan iborat deb qabul qildi. Jerarning kimyoviy tiplar nazariyasi paydo boʻlishida Vyurs va Vilyamsonlarning ishlari asosiy bosqich sanaladi. 1852-yili Jerar oʻzining "Organik kislota angidridlari haqida" maqolasida tiplar nazariyasini eʻlon qildi. "Organik moddalar 3 yoki 4 tiplarga boʻlinishi mumkin", — deb yozgan edi Jerar.
H2O tipi: Bu nazariyaga koʻra organik molekulaning bir qoldigʻi radikal sifatida suvdagi vodorod joyini olib yangi modda hosil qiladi deb tushuntiradi. Jerarning 1839-yili yaratgan "qoldiqlar nazariyasi" kimyoviy tiplar nazariyasi tarkibiga singib ketdi. 1854-yili A. Kekule Jerarning H2O tipiga oʻxshatib H2S tipini taklif etdi. Odlingdan keyin Kekule "Botqoqlik gazi" (CH4) tipini taklif etdi, 1857-58- yillarda asosiy va qoʻshimcha tiplarni yaratib ularning farqini koʻrsatdi:
A) asosiy tip H H NH3 H2O
B) Qoʻshimcha tip HCl PH3 H2S