O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə57/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

Optik usullar. Analitik kimyoning optik usullari ikki yoʻnalishda rivojlanmoqda. Birinchisi –xususiy analitik jarayonning qoʻllanilishi, ikkinchisi esa asbobiy usullarni mukammallashtirish. Optik usullarga spektroskopiya, spektrografiya, alanga fotometriyasi, spektrofotomertiya, kolorimetriya kabilar kiradi.
Spektroskopiya–qadimgi optik usullardan boʻlib, unga 1666 -yilda Isaak Nyuton asos solgan. U yorugʻlik nuri va ekran orasiga prizma oʻrnatib, quyosh nuri bir qancha yorugʻlik nurlaridan iboratligini, ular sindirish koʻrsatgichi bilan farqlanishi va nurlarning rangi bu koʻrsatgichlarga bogʻliqligini kuzatdi.
Spektroskopiya rivojiga birinchilardan boʻlib hissa qoʻshgan olim S.A. Marggraf boʻlib, u natriy va kaliy alangani turlicha boʻyashini aniqladi. Ishqoriy-yer metallarining alangada yoritishini birinchi boʻlib T. Lovits kuzatdi.
1800-yilda U. Gershel infraqizil, I. Ritter ultrabinafsha nurlarning mavjudligini turli moddalarga taʻsiri yordamida aniqladi. 1802- yilda T.Yung difraksion panjarani qoʻllab tirli spektral chiziqlarning toʻlqin uzunligini hisobladi.
1814-yilda Yozef Fraungofer quyosh spektridagi qora chiziqni aniqladi. U (1787-1826) kambagʻal oilaning uchinchi farzandi boʻlib, oʻn besh yoshigacha oʻqish–yozishni ham bilmagan. U shisha ustaxonada ishlayotib, ustaxona qoʻqqisdan qulab qoladi va Fraungoferni bosib qoladi. Bu toʻgʻrida gazetada oʻqigan oliyjanob bir savdogar uni topib, optika ustaxonasiga ishga qoʻyadi. Shu kundan boshlab u qunt bilan oʻqib oʻrganadi va nihoyat Bavariya fanlar akademiyasiga aʻzo boʻladi. U 39 yoshida olamdan oʻtadi.
Fraungofer turli prizmalar bilan nurning sochilishini oʻrganib, olingan spektrlar yetarli aniqlik, ravshanlikka ega emasligini oʻrgandi. U spektrlarni tadqiq qilish uchun maxsus asbob yasadi va chiziqlar diagrammasini tuzdi.
1822- yilda J.F. Gershel–kichik (U. Gershelning oʻgʻli) boʻyalgan alangadagi turli spektrlarni oʻrganib, bu rangli modda molekulasiga tegishli boʻlishi, modda bugʻ xolga oʻtganda intensiv harakatda boʻlishini taʻkidladi. 1826-yilda U. Telbot alanga spektrini oʻrganish uchun asbob yasadi va nomi fotografiya tarixiga kirdi. U spektral analiz oʻtkazib, kaliy tuzlari oʻziga xos qizil nurlanishini, natriy tuzlari esa sariq nurlanishini aniqladi. Gershel-kichik birinchi boʻlib spektrni suratga oldi (1840). U quyosh yorugʻlik nurini ingichka tirshiq orqali oʻtkazib, bromlangan, nurga sezgir qogʻozga tushirdi.
A. Angstrem gaz va qattiq xoldagi moddalarning spektrlaridagi asosiy farqlarni oʻz maqolasida yoritadi. Unda aytilishicha, metallar xuddi ularning birikmalari kabi spektr beradi.
1854-yilda amerikalik D. Olter alohida elementlarning koʻrinadigan nur sohasidagi spektral chiziqlarini aniqladi.
G. Gelmgols birinchi boʻlib quyosh spektrining ultrabinafsha sohasini tadqiq qilish uchun kvars prizmani qoʻlladi. E. Robike esa birinchi marta spektr olish uchun elektr yoyidan foydalandi.
1859-yilda Y. Plyuker germetik yopiq nayga joylashtirilgan gaz razryadining spektri oʻziga xos ekanligini aniqlab, vodorod spektrining birinchi uchta chizigʻini oldi. V.S. Van der Villigen gaz spektriga elektod materialining, elektrodda bugʻlanadigan metall tuzlarining, elektrodlararo masofaning tasirini oʻrgandi.
1859-yildan boshlab G. Kirxgoff va R. Bunzenlar birinchi spektroskopda olingan tajriba natijalarini eʻlon qilib, analitik kimyoda yangi sohaning bunyodga kelishiga asos soldilar. Bu paytda Kirxgoff fizik professor, Bunzen esa kimyo professori sifatida Geydelburg universitetida ishlar edilar. Bunzen G. Roskoga yozgan xatida, “Biz quyosh va yulduzlarning kimyoviy tarkibini xuddi laboratoriyada xlorid va sulfatlarni aniqlagan kabi yuqori aniqlikka erishish imkoniyatiga ega boʻldik. Biz shunday yuqori aniqlik bilan erdagi alohida elementlarni ham identifikatsyalash imkoniga egamiz”, deb yozgan edi.
1861 -yilda ular alanga spektrini oʻrgana turib rubidiy va seziyni kashf etdilar.
Gustav Kirxgoff 1824- yilda Kyonigsberg (hozirgi Kaliningrad) da tugʻilgan. U universitetni tugatgach privat-dotsent lavozimiga taklif etilib, keyin Breslau universiteti fizika professori unvonini olgan. Bir muncha vaqtdan keyin shu universitetga Bunzen kimyo professori oʻrniga kelgan va ular qalin doʻst boʻlganlar. Bunzen Geydelberg universitetiga ishga oʻtganda Kirxgoffni ham darrov taklif etdilar. Sogʻligʻi yomonlashib, 1887-yilda vafot etdi.
Robert Vilgelm Bunzen analitik kimyo sohasida mashxur olim boʻlib, u 1811-yilda Gyottingen shahrida tavallud topdi. U avval Gyottingen, Margburg universitetlarida ishlab, 1851- yilda Breslau universitetiga, bir yil oʻtgach esa Geydelberg kimyo kafedrasi mudirligiga oʻtdi.
1857- yilda Bunzenning “Gazometrik usullar” kitobi nashrdan chiqib zamonaviy sanoat gaz analizining boshlanishiga asos soladi. Shu yili u oʻzining mashxur gaz gorelkasini, 1868 -yilda esa suv oquvchan nasosni yaratdi. Laboratoriya shtativi va elektrokimyoviy analiz uchun batereyalar ijodkori boʻldi.
Bunzen ajoyib amaliyotchi va pedagog sifatida oʻz zamonasida ham mashxur boʻlgan. U uylanmagan va bunday savollarga doim, vaqtim yoʻq, deb javob berar ekan. Lekin yoshi ulgʻaygach Bunzen xar doim yolgʻizlikdan nolir ekan. 1889 -yilda u istefoga chiqib, 1899 -yilda vafot etadi.
S. Lengli quyosh spektrining infraqizil sohasidagi toʻlqin uzunligini bolometr yordamida oʻlchashni taklif etdi. Fotografiyaning rivojlanishi bilan 1880-yildan boshlab spektrni spektrograflarda qayd qilish uchun fotoplastinkalardan foydalandilar.
Miqdoriy spektral analiz esa XX asrdan boshlab rivojlana boshladi va uning asoschisi U. Xartli boʻlib qoldi. U bilan birga miqdoriy spektroskopiya bilan E. Leonard, J. Pollak, A. De Gramonlar ham shugʻullanganlar. Ularning barchasi analiz qilinadigan element miqdorini aniqlash uchun kuzatiladigan spektr chiziqlari sonidan foydalanishga uringanlar. Lekin modda konsentratsiyasi past boʻlganda chiziqlarning yoʻqolishi, fotoplastinkalar sifatining pastligi kabilar analizni qiyinlashtirar edi.
Rentgenofluoressent analiz Xadding (1923), Xeveshi va Aleksandr (1932) larning ishlaridan boshlandi.
Hozirgi zamon tushunchasidagi alanga fotometriyasiga 1870 yilda Yansen asos soldi. U alangada qoʻzgʻatilgan molekulaning nurlanish intensivligi shu moddaning miqdoriga proporsional ekanligini aniqladi.
Angliyalik kimyogar Louri Tomas Martin (1874-1936) organik birikmalarning faolligini oʻrganib, 1899-yilda yangi tayyorlangan nitrokamfora eritmasi vaqt oʻtishi bilan oʻzining optik faolligini oʻzgartirishini, yaʻni mutarotatsiyani aniqladi. Polyarimetriya usullarini yaratdi. 1928-yilda Y.N. Brensted bilan bir vaqtda kislota–asoslarining protolitik nazariyasini eʻlon qildi.
1928-1932 va 1934-1940 yillarda Nazariy va Amaliy Kimyo Xalqaro Ittifoqi (IYUPAC) ning Vitse prezidenti Sventoslovskiy Voysex Loiziy (1881-1968) kalorimetrik oʻlchovlar, jumladan mikrokalorimetriyaning aniq usullarini yaratdi. 1913 -yilda benzoy kislotani kalorimetrik tizimdagi issiqlik qiymatini aniqlash uchun etalon modda sifatida tavsiya etdi. 1913 -yilda adiabatik kalorimetrni va 1924- yilda molekulyar massalarni tezlik bilan ebullioskopik aniqlaydigan asbob–Sventoslov ebulliometrini ishlab chiqdi. U termokimyogarlar ilmiy maktabining ilmiy asoschisi.
Keyin 1928-yilda Lungard alanga fotometrini yaratdi. 1937 - yilda V. Shuknext shu asbobning monoxromatorini oddiy rangli filtrlarga almashtirdi va shu xoldagi alanga fotometri bugungi kunda ham analitik maqsadlarda ishlatilib kelinmoqda.



Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin