1. XIX asrning muhim voqeasi atomistik taʻlimotning shakllanishi edi, bu kimning amalga oshirgan ishlari natijasida paydo boʻldi?
2. Atom haqidagi I. Nyutonning yangi fikrlarini aytib bering.
3. I.Nyutonning gʻoyalari XIX asr olimlari dunyoqarashiga qanday taʻsir koʻrsatdi?
4. Peterburg Fanlar akademiyasi olimlari L. Eyler va M.V. Lomonosovlar atom tuzilishi haqidagi taʻlimotining mohiyatini bilasizmi?
5. M. Lomonosovning fikricha, kimyo fanini oʻrganish uchun fizika fani maʻlum ahamiyat kasb etadi. Nega olim shu fikrga keldi?
6. Nega kimyo fanini M. Lomonosov "fizikaviy kimyo" va "texnikaviy kimyo" sohalariga boʻlib oʻrganishni tavsiya etdi?
7. Parsial bosim qonuniyatini kim ochgan edi?
8. Karrali nisbatlar qonuni mohiyatini ochishda Dalton qanday tushunchalardan foydalandi?
9. Murakkab moddalar massasini aniqlash uchun Dalton qanday umumiy qoidalarga amal qilishni taklif etdi?
10. Dalton atomistik taʻlimotiga amal qilgan olimlardan Berselius qanday ishlarni amalga oshirgan?
11. Nemis olimlaridan kimlar Dalton ishlariga shubhali qarab, uning fikrlarini maʻqullashmadi?
12. Jismlarning issiqdik sigʻimi va atom massasi haqida nimalarni bilasiz?
13. Hajmiy nisbatlar qonuni qachon kashf etiddi?
14. Hajmiy nisbatlar qonuni va atomistik taʻlimot bir-biriga zid emasmi?
15. Elementlarni guruhlashda olimlar qanday yutuqlarga erishdilar?
16. Elementar moddalarning oʻxshashligiga qarab guruhdash kim tomonidan birinchi marta amalga oshirildi?
17. Elementlarning triadalari nimani anglatadi?
18. Moddalar nisbiy zichligiga koʻra ularning massasini aniqlash mumkinmi? Buni kim birinchi marta oʻrgandi?
19. Avogadro qonunining universalligini kim tushuntirdi?
20. Karlsrue kongressi qachon oʻtkazildi va unda kimlar ishtirok etdi?
21. Kimyogarlarning Karlsrueda boʻlib oʻtgan kongressida qanday masalalar koʻrib chiqildi?
22. Organik va anorganik kimyo fanlari ajralguncha tabiat qanday boʻlimlarga ajratilgan edi?
23. Organik kimyo fanining dastlabki taraqqiyoti davomida qanday gipoteza va nazariyalar yaratiddi?
24. Valentlik haqidagi taʻlimot asoschilari kimlar?
25. Organik moddalarning tuzilish nazariyasi yaratilguncha qanday yangi tushunchalar fanga kiritildi?
26. A.M.Butlerov kimyoviy tuzilish nazariyasini qanday yaratdi va olimlarning u haqidagi qarashlarini bilasizmi?
27. A.M.Butlerov izomeriya hodisasini dastlab sanday tushuntirdi va keyinchalik unga boʻlgan munosabati oʻzgardimi?
28. Amaliy organik kimyo va uning asosiy yutuqlari haqida nimani bilasiz?
29. Fisher-Tropshning katalitik sintezi sanoat mщyosida nimani olish uchun katta imkoniyat yaratdi?
30. Dils-Alderning diyen sintezi nima maqsadda va qanday amalga oshiriladi?
31. Past va yuqori bosimda olingan polietilen farqini koʻrsata olasizmi?
32. Organik kimyoning nazariy konseshshyalari nimadan iborat ekanligini aytib bering?
33. Kvant kimyosi tadqiqotlari natijasida qanday yutuqlar qoʻlga kiritildi?
34. XX asr boshlarida tabiatdan ajratib olinadigan va sanoat usulida sintez qilinadigan organik moddalar orasidagi farqlarni yoʻqotish uchun olimlar qanday ishlarni bajarishdi?
35. Tadqiqotning fizik-kimyoviy usullari organik sintez uchun qanday sharoitlarni yaratdi?
36. Rentgeno-strukturaviy tahlil XX asr organik kimyo fani uchun qoʻl keldimi?
37. Gormonlar, fermentlar va nuklein kislotalari kabi biofaol organik moddalarning tuzilishini kim aniqlagan?
38. Oksil moddalari va ularning tuzilishini aniqlash uchun XX asr olimlari nimaga oʻz eʻtiborlarini karatishdi?
39. Organik sintezni sanʻat darajasiga koʻtargan olim kim ekanligini aytib bering.
40. Siklopentadiyenil hosilasi ferrosen organik moddami yoki koordinasion birikmami? Fikringizni asoslang.
41. Dinamik stereokimyo tushunchalarini shakllanishiga nima turtki berdi?
42. Vudvord bilan Xoffman birgalikda yaratishgan orbital simmetriyasining saqlanish qoidasi nimani tushuntiradi?
43. “Immobillashgan ferment” va uning qoʻllanish sohalarini koʻrsating.
44. Transuran elementlar sintezi dеgan nomning kеlib chiqish tarixi va uning mohiyatini yoriting.
45. Yadroning butun yaxlitligini belgilaydigan zarracha haqidagi qarashlarni tahlil qiling.
46. Yangi elementlarning kashf qilinishida faoliyat koʻrsatgan olimlar haqida maʻlumotga bering.