O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Kataliz va katalizatorlar



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə61/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

7.2.4. Kataliz va katalizatorlar
Kataliz – yunonchadan buzish, vayron qilish maʻnosini anglatadi. Ehtimol, bu atamaning kelib chiqishi katalizatorning reagentlar bilan vaqtinchalik kompleks hosil qilib parchalanishiga ishoradir, chunki kataliz hodisasini 1812-yilda kuzatgan G. Kirxgoff bir qator organik birikmalarning kislota ishtirokida parchalanish reaksiyasi tezligining keskin oshib ketishiga, yaʻni “buzilishiga” oʻz eʻtiborini qaratgan edi. 1816-yilda G. Devi kislorod va boshqa organik moddalarga vodorodning birikishini oʻrganib, platina kukuni ishtirokida bu jarayon tezlashuvini aniqladi. Bu reaksiyalar uchun 1835-yilda Y.Y.Berselius “kataliz” atamasini taklif etdi.
V.Ostvaldning 1882-1887-yillarda kimyoviy jarayonlarga katalitik taʻsirlarni oʻrganish boʻyicha erishgan yutuqlari 1887-yilda Leypsigda “Fizikaviy kimyo instituti”ning ochilishiga zamin yaratdi. Uning laboratoriyasida keyingi yillarda fizik kimyo rivojiga oʻz hissalarini qoʻshgan bir qator talantli olimlar: V.G. Nernst, Le Blan, Bodenshteyn, Freyndlix, Drukker, V. Byottger, P. Valden va boshqalar yetishib chiqdilar. Rus kimyogar olimlari: I.A. Kablukov, V.A. Kistyakovskiy, S.N. Reformatskiy, D.N. Turbaba, N.D. Zelinskiylar ham dastlabki ilmiy ishlarini F.V. Ostvald rahbarligida bajargan edilar.
F.V. Ostvald Yevropada birinchi boʻlib fizikaviy kimyo darsligini yozdi, Y.G. Vant-Goff bilan hamkorlikda “Fizikaviy kimyo jurnali”ni (Zeitshchrift fur physikalishe Chemie) tashkil qildi va bu jurnalida J.U. Gibbs ishlarini keng targʻib qildi, uning maqolalarini 1892-yilda nemis tiliga tarjima qilib, olimlar jamoasiga havola etdi. J.U. Gibbs nazariyasini birinchi marta katalitik jarayonlar uchun tadbiq etgan, F. Ostvaldning taʻkidlashicha, reaksiyaga kirishadigan moddalarning energetik nisbatlari oʻzgarmaydi, ammo harorat va katalizator uni tezlashtiradi. Uning fikricha, katalizator reaksiyaga kirishuvchi moddalar bilan dastlab oraliq modda hosil qiladi va reaksiyaning soʻnggi bosqichida oxirgi mahsulot tarkibidan ajralib chiqadi, yaʻni sarflanmaydi va qaytadan reaksiyada ishtirok etadi. Katalitik jarayonning bu sodda tahlili tirik organizm hujayralarida sodir boʻladigan biokimyoviy reaksiyalarning amalga oshish jarayonida fermentlarning rolini va taʻsir mexanizmini ochib berishga asos boʻldi. Shu oʻrinda, katalizatorlar kimyoviy jarayonni faqat tezlashtirmasdan, balki uni sekinlashtirishi ham mumkinligini va bu holda ularni ingibitorlar deb atalishini eslatish lozim.
Yangi fizik kimyoviy tadqiqotlarning natijalariga koʻra, kimyoviy reaksiya borishi faqatgina issiqlik bilan emas, balki umuman olganda energiya bilan uzviy bogʻliq ekanligi aniqlandi. Masalan, 1889-yilda nemis fizigi V. Nernst elektr batareyalarida amalga oshadigan reaksiyalar uchun termodinamika asoslarini qoʻlladi va kimyoviy reaksiya elektr tokini vujudga keltirishi, yoki aksincha, elektr toki yordamida kimyoviy reaksiyalar (oksidlanish-qaytarilish) jarayonlarini boshlab berishini koʻrsatdi.
XVIII asrda olimlar yorugʻlik nuri ham energiya sifatida kimyoviy, biokimyoviy va fizik jarayonlarga taʻsir qilishini oʻrgana boshladilar. Quyosh nuridagi koʻzga koʻrinmas ultrabinafsha (200-400 nm) va koʻrish diapazonidagi (400-700 nm) yorugʻlik energiyasi atrof-muhit va inson organizmida boradigan kimyoviy va biokimyoviy jarayonlarga taʻsir qilishi qonuniyatlarini oʻrganuvchi fotokimyo fani shakllandi va rivojlana boshladi. Koʻpgina tadqiqotlar yorugʻlik taʻsirida modda molekulalari energetik jihatdan faolashib, har xil jarayonlarni boshlanishiga sabab boʻlishini koʻrsatdi. Masalan, fotopolimerlanish, fotosintez, fotoliz, fotoizomeriya, flesh-fotoliz jarayonlari va fotografiya shular jumlasidandir.

Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin