O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Valentlik haqida taʻlimot



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə50/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

Valentlik haqida taʻlimot. Daltonning taʻlimotiga koʻra bir modda atomlari boshqa atomlar bi­lan bogʻ hosil qiladi. Uning fikricha, bir modda atomlari oʻzaro bogʻ hosil qilishi mumkin emas. 1841-42-yillar Jerar "Juft qismlar qoidasini" yaratdi, yaʻni organik molekulada C atomlari soni 4 ga karralanadi, kislo­rod - ikkiga, bularning soni molekulada juft va toq boʻlishi mumkin, ammo H atomlari soni doimo juft boʻlishi kerak. 1849-yilda E. Frakland ruxning organik moddalar bilan birikmasini oldi, 1850-51-yillar davomida boshqa metallar hosilasini ham oldi. Bu ishlar kimyoda atomlar bir-biri bilan maʻlum tartibdagina "toʻyinishi" mumkinligini koʻrsatdi. 1857- yili Kekule va Kolbe uglerod atomining 4 valentli ekanligini isbotladilar.
Kimyoviy tuzilish nazariyasi. Jerar va Loran ishlaridan keyin radikallar - birikmalarning oxirgi boʻlagi emas, ularni ham atomlarga ajratish mumkin degan xulosaga kelindi. 1859-61-yillar yozgan darsligida Kekule: "Kimyoviy oʻzgarishlarni oʻrganib formula tuzilishini aniqlash mumkin degan tushuncha juda qiziq molekuladagi atomlarning fazoviy tuzilishini qanday qilib qogʻoz tekisligida koʻrsatish mumkin",- deydi. 1861-yili nemis tabiatshunoslarining syezdida Kekule oʻzining fandagi tiplar nazariyasidan voz kechadi, moddalarning empirik formulalarga oʻtish yoʻli bilan ular tarkibini aniqlash mumkinligini eʻlon qildi. Oʻsha paytda hech kimga tanish boʻlmagan shotland olimi A. Kuper (1831-1892-yy.) "Yangi kimyoviy tuzilish haqida" maqolasi bilan chiqib, element valentligi uning kimyoviy tabiatini belgilaydigan muhim xossasidir deb yozadi. Bu maqola koʻpgina olimlarning qarshi chiqishiga olib kelsa ham, Kekule "oʻzining keng falsafiy ong darajasi, qoʻrqmasligi va qatʻiyati bilan" koʻpchilikni lol qoldirdi va kimyo fani haqidagi oʻz dunyoqarashini oʻzgartirib yubordi. A. Kuper oʻshanda: "Jerarning tiplar nazariyasi hech narsani tushuntirib bermaydi, balki fan rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi"- deb yozgan edi.
Kimyoviy tuzilish nazariyasining yaratilishi. Yangi nazariya yaratilishining asosiy shartlari shuki, uglerod atomining IV valentli ekanligi, "atom", "molekula" haqida maʻlumot, moddalarning atom va molekulyar massalarini aniqlash imkoniyati vujudga keldi. 1859-61-yillarda Qozon universiteti professori A.M. Butlerov( 1826-1886- yy.) bir qator sintezlar qildi. Formaldegid polimeri - dioksimetilen oldi, undan 1859- yilda urotropin - geksametilentetramin sintezini bajardi, 1861-yilga kelib dioksimetilendan birinchi qandsimon modda "metilitan" sin­tezini yoʻlga qoʻydi. Molekuladagi atomlar orasida bogʻlarning tarqalishini 1860-yilda Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasini yaratilishiga olib keldi. 1861-yil 19-sentyabrda Shpeyerda nemis shifokorlari va tabiatshunoslarining syezdida Butlerov oʻzining "Moddalarning kimyoviy tuzilishi" maʻruzasi bilan chiqdi va kimyoviy tuzilishning asosiy tushunchalarini eʻlon qildi: "Har qanday murakkab zarrachaning kimyoviy tabiatini undagi elementar zarrachalar soni va kimyoviy tuzilishi bilan belgilanadi. Har qaysi kimyoviy atom murakkab modda tarkibida oʻzining kimyoviy tabiatiga bogʻliq ravishda qatnashib, uni hosil qilishda ishtirok etadi",- deb aytgan edi. 1865-yilda Belshteynning Butlerovga yozishicha: "Sizning kitobingizni oʻqish shu jihatdan menga qimmatliki, ilgari barcha tuzilish formulalari menga yashirin qiziqish tugʻdirar edi. Endi ularning mohiyatini tushunganimdan men oʻzimni baxtli his qilaman",- deydi. Endi kimyogarlar oldida yangi dunyo ochildiki, u haqdagi tiplar nazariyasi tarafdorlarining barcha shubhalari juda oʻrinsiz ekanligi isbotlandi. A.M. Butlerov nazariyasida tadqiqotlarning aniq dasturi shakllangan boʻlib, ular kimyoviy tuzilish nazariyasining asosiy holatlarini tasdiqlaydilar.
Bu nazariyani har xil olimlar turlicha nomlar bilan oʻz tadqiqotlariga qabul qildilar, uning "ishlash qobiliyati" va "ishonchliligi" yana bir marta 1864-yilda Butlerov tomonidan isbotlandi . U uchlamchi-butil spirtini sintez qildi. Izomeriya, polimerlanish, toʻyinmagan uglevodorodlar tuzilishi bu nazariya bilan tushuntirildi. 1867-yilda uchlamchi-butil spirtidan izobutan va izobutilen Butlerov laboratoriyasida sintez qilindi. Dastlabki 1861-yilgi maʻruzasida Butlerov: "Bir molekula ichidagi bir-biri bilan kimyoviy oʻzaro bogʻlanmagan ikki atomlar oʻzaro qanday taʻsir etadi",- degan vazifani qoʻygan boʻlsa, 1864-yilda "Izomeriya hodisasining turlicha tushuntirilishi" nomli risolasida Butlerov "Mo­lekula ichidagi oʻzaro bogʻlanmagan atomlar bir-biri bilan bilvosita taʻsir etadi",- degan edi.
XX asr organik kimyo fanining asosiy belgisi eksperimental sintez boʻlsa ham, zamonaviy tadqiqot usullari intensiv rivojlandi. Amaliy kimyoning ehtiyojlari shu darajada katta boʻldiki, polimerlar va neft kimyosi oʻzlari maʻlum sohani tashkil etdi, biologiya va anorganik kimyo bilan organik kimyo qayta birikdi va rivojlana boshladi. Birinchi jahon urushi organik kimyo mahsulotlariga juda katta talab mavjudligini koʻrsatdi. Amaliy organik kimyo yuksak rivojining juda tez oʻsishi toʻxtab qoldi. Urush oqibatida Ger­maniya davlati asosiy strategik xom ashyosidan (neft, kauchuk, kolchedan, se­litra), uning dushmanlari esa Germaniya ishlab chiqaradigan kimyo mahsulotlaridan judo boʻldi. Oqibatda barcha mamlakat olimlarining fao­liyati laboratoriya ishlarini sanoatda joriy qilishga qaratildi. Polimerlar kimyosi rivojidan keyingi amaliy organik kimyoning keyingi obyekti fiziologik faol moddalar boʻldi. Bularga bir tomondan vitaminlar, gormonlar misol boʻlsa, ikkinchi tomonni antimetabolitlar (insektisid, fun­gisid, gerbisidlar) kimyosi tashkil etdi, ayniqsa oʻstiruvchi moddalarga eʻtibor kuchaytirildi.
XX asr amaliy organik kimyosining asosiy xususiyatlaridan biri shuki, sanoatda geterogen-katalitik sintezning joriy qilinishi boʻldi. Bu sohadagi yangiliklar juda koʻp boʻlsa ham, ulardan eng muhimlari vitamin va gormonlarning oʻsimlik va hayvonot dunyosidan emas, balki sanoatda olinishi hisoblanadi. F. Fisher (1877-1947-yy.) va G. Tropsh (1889-1935-yy.) tomonidan yoʻlga qoʻyilgan va Fisher-Tropshning katalitik sintezi (1926-y) - is gazi va suv bugʻi aralashmasidan (CO+H2O, sintez gaz) uglevodorodlar olinishi juda katta yutuq sanaladi: 1935- yili Germaniyada bu usul bilan "Rurxemi" firmasiga qarashli 8 ta zavodda 600 000 tonna benzin ishlab chiqarildi. Hozirgi kunda bu usul va 1928- yilda sanoatda joriy qilingan Dils-Alderning diyen sintezi eng koʻp amalda ishlatiladigan jarayonlar hisoblanadi. Nemis kimyogarlari O. Dils (1876-1954 -yy.) va K. Alder (1902-1958-yy.) diyen sintezi borasidagi ishlari uchun 1950-yilning Nobel mukofotiga sazovor boʻlishgan. 1963-yilga kelib nemis olimi K Sigler (1898-1973-yy.) va italiyalik olim J. Natta (1903-1979-yy.) 1954-yilda amalga oshirgan kashfiyotlari "Oddiy toʻyinmagan uglevodorodlardan kata­litik polimerlanish natijasida organik makromolekulalar sintezining fundamental usuli" uchun Nobel mukofoti sohibi boʻlishdi. Bu olimlar tomonidan yaratilgan katalizator (TiCl3+Al(C2H5)2Cl) past bosimda (20 atm.) polietilen olish imkoniyatini yaratdi. Ilgari bu jarayon 2000 atm. bosimda joriy qilinar edi. Keyinchalik bu usul bilai stereoregulyar polimer olish mumkinligini isbotladilar va bu sintezni ham sanoat miqyosida amalga oshirdilar.
Organik kimyoning nazariy konsepsiyalari organik kimyoning nazariy rivojlanishining hozirgi zamon bosqichida fizika oʻz gʻoyalari, texnik imkoniyatlari bilan muhim rol oʻynamoqda. Kimyoda elektron tushunchalarining kiritilishi nazariy jihatdan organik kimyoni yanada boyitdi. Kovalent bogʻ nazariyasining asoslanishi organik kimyoning juda koʻp muammolarini yoritishga imkon berdi. Kimyoviy tuzilish va stereokimyoviy klassik nazariy tushunchalar (valentlik kimyoviy bogʻ, atomlarning oʻzaro taʻsiri) oʻz mohiyatini elektron haqidagi taʻlimot bilan boyitdi. Ham statik holat, ham kimyoviy reaksiya paytidagi dinamik oʻzgarish jarayonida elektron bulutlarining oʻzgarishi va qayta taqsimlanishi elektron nuqtai nazaridan organik reaksiyalar mexanizmini asoslashga imkoniyat yaratdi. Bu sohadagi keyingi yutuqdar kvant mexanikasining kimyoga kirib kelishi – kvant-kimyoviy usullarni yaratdi. Kimyoviy bogʻ yarim empirik molekulyar orbitallar usuli va valent bogʻlar nazariyasi asosida tushuntirildi. Olimlarning bu kashfiyotlari eksperimental usullar nazariyasini yaratdiki, yangi nazariy gʻoyalar har xil yuqori mukammallikdagi apparaturalarda kuzatilayatgan kimyoviy reaksiyalar bosqichlarini oʻrganish jarayonida shakllana bordi. Organik molekula va uning ayrim fragmentlarinining elektron va energetik xarakteristikalari asboblar yordamida oʻrganildi va bu asosida yangi ilmiy, nazariy va amaliy kashfiyotlar yaratildi.

Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin